Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/99
tarix11.12.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#147362
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

6–7-§
FAOLLASHTIRISH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Yahudiylikdagi O‘n amr haqida eshitganmisiz?
2. 
Geografiya fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, Sinay (Tur) tog‘i-
ning joy lashgan hududini aniq lang. 
3. Tur tog‘i bilan bog‘liq qanday rivoyatlarni bilasiz yoki eshitgansiz?
YAHUDIYLIK MAROSIMLARI
VA OQIMLARI
YAHUDIYLIK TA’LIMOTI 
Yahudiylik ta’limoti Xudo tomonidan Musoga nozil 
qilingan O‘n amrga rioya etishga asoslanadi. Ular ning 
e’tiqodiga ko‘ra, O‘n amr Muso payg‘ambarga Sinay 
(Tur) tog‘ida ikki marta tushirilgan. 
Yahudiylikda aytilishicha, Muso o‘z qavmining 
qo‘lda yasalgan buzoqqa sig‘inayotganini ko‘rib, bun-
dan g‘azab lanib ketadi va Xudoning amrlari yozilgan 
lavhalarni sindirib tashlaydi, shundan keyin Xudo quyi-
dagi O‘n amrni qayta tushirgan.
1. Dunyoni yaratgan, yakka-yu yagona Yahvedan 
boshqa iloh yo‘qligiga imon keltirish.
2. Yahvedan boshqaga ibodat qilmaslik.
3. Xudoning nomini bo‘lar-bo‘lmasga tilga olaver-
maslik.
4. Shanba kunini muqaddas bilish va shu kuni dam 
olish.
IJODIY FAOLIYAT
O‘n amrda berilgan qoidalarni axloq qoidalari bilan bog‘lab tushuntiring.
Muso O‘n amrni 
olmoqda.


27
5. Ota-onani hurmat qilish.
6. Qotillik qilmaslik.
7. Zino qilmaslik.
8. O‘g‘rilik qilmaslik.
9. O‘z yaqinlari (yahudiylar) haqqiga yolg‘on gu-
vohlik bermaslik.
10. O‘z yaqinlari uyiga, ayoliga, quliga, hayvonla-
riga, umuman, unga tegishli bo‘lgan narsalarga 
ko‘z olaytirmaslik.
Mazkur amrlar yahudiylarning muqaddas manbasi 
hisoblangan Tavrot (Tora) kitobida keltirilgan. Tavrot 
Musoga tegishli bo‘lgan besh kitobni o‘z ichiga oladi:
1) «Borliq» yoki «Ibtido»;
2) «Chiqish»;
3) «Levit»;
4) «Sonlar»;
5) «Ikkinchi qonun».
Tavrot matni ibriy va aramey (eski yahudiy) tillarida 
yozilgan. Unda Isroil xalqining tarixi bayon qilingan.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə