Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


DINIY ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/99
tarix11.12.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#147362
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

DINIY ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI
ALLOH
(arab. «al-iloh» – ilohiy kuch, turkiy xalqlarda, xususan, o‘zbeklar-
da – Tangri, fors-toj. – Xudo), Alloh – islom dinida butun mavjudotni yarat
-
gan oliy ilohiy kuch; xudoning nomi. Odatda, Allohga 
taolo 
(ulug‘, oliy), 
taboraka va taolo, jalla jaloluhu, karim, buzurg, parvardigori olam
kabi si-
fatlar qo‘shib aytiladi. 
ANAFEMA
– cherkov a‘zoligidan quvilish, cherkovdagi eng oliy jazo.
AQIDA
– arab tilida biron narsani bir-biriga bog‘lash ma’nosini anglatadi. Isti
-
lohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.
ARON­KADESH
(ibr. «Muqaddas sandiq») – sinagoga yoki ibodat uyida 
mavjud bo‘lib, unda «Tavrot» tumorlari saqlanadi. U masjiddagi «mehrob»-
ga o‘xshash vazifani bajaradi va kirish eshigining to‘g‘risida bo‘ladi.
ARVOH
(ar.) – ruhning ko‘plik shakli.
ASH’ARIYLIK
– islom dini sunniylik yo‘nalishidagi ikki aqidaviy maktab
-
ning biri.
ATEIZM
(grekcha 
atheos
— xudosiz) – lug‘aviy ma’nosi Xudodan yuz o‘gi-
rish, Xudoni inkor etgan holda inson aql-idrok kuchini iqror etish demakdir.
BANU ISROIL
(«Isroil o‘g‘illari») – yahudiy xalqining nomlaridan biri. «Ib
-
tido» kitobida keltirilishicha, bugungi kunda barcha yahudiylarga nisbatan 
ishlatiladigan «Isroil o‘g‘illari» nomi Ya’qub payg‘ambarga Xudo tomoni-
dan berilgan.
BIBLIYA
(yunoncha — «kitoblar») – yahudiylik va xristianlik dinlarining asosiy 
muqaddas manbasi. Yahudiylar «Bibliya»si «Kitve kadesh» va «Tanax» ham 
deb nomlanadi. Xristianlar tomonidan tan olinadigan Bibliya «Qadimgi Ahd» 
va «Yangi Ahd»dan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 66 kitobdan tarkib topgan.
BUXORO YAHUDIYLARI
– yahudiylikdagi etnokonfessional va etnolingvis
-
tik jamoa.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə