Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/99
tarix11.12.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#147362
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

DINIY BAG‘RIKENGLIK 
– xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilar
-
ning bir zamin, bir Vatanda buyuk g‘oya va niyatlar yo‘lida hamjihat, ham-
kor bo‘lib yashashi, faoliyati. 
DINIY SEKTA
– ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib 
chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo‘lmagan 
holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar. 


140
DINIY TASHKILOT
— fuqarolarning dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm–ru
-
sumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli 
birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, 
sinagogalar, monastirlar va boshqalar).
DINLARNI TASNIFLASH
– dinlarni o‘rganishda ularning tarixi, e’tiqodiy 
asoslari, aqidalari, shuningdek, bir–biriga ta’siri kabi jihatlarini e’tiborga 
olish.
ESXATOLOGIYA
– dunyoning oxiri, narigi dunyo, jannat, do‘zax haqidagi ta
-
savvurlar majmuyi.
FAQIH
– fiqh ilmining bilimdoni.
GUNOH
(fors. — jinoyat, ayb; asli shu ma’nodagi arab. 
«junoh»
so‘zidan olin-
gan) — shariat qonunlariga va diniy aqidalarga xilof ish yoki xatti-harakat. 
IBRONIY
(ibr. 
«ever», «avar»
narigi tomonning odami, kechib otgan) – 
yahudiylarning manbalardagi nomlaridan biri. «Ibroniy» atamasi Ibrohim 
(a.s.)ning Mesopotamiyadan Kan’onga ko‘chib o‘tish vaqtida yuzaga kel-
gan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ularning bunday nomlanishlariga 
balki daryoni kechib o‘tib kelganlari sabab bo‘lgandir.
INJILLASHTIRISH
– missionerlik tashkilotlari tomonidan Injilni keng tarqa
-
tish ma’nosida ishlatiladigan atama. Ba’zida bu so‘z missionerlikning sino-
nimi sifatida ham qabul qilinadi.
ISLAMOFOBIYA
(arab. – 
islam
, yunon. 
phobia 
— qo‘rqish, dahshatga tu-
shish) – islom dinini dahshatli suratlarda ko‘rsatish, barcha yomonlik va ji
-
noyatlarni uning nomi bilan bog‘lab, aholi qatlamini islomdan qo‘rqitishga 
qaratilgan harakat.

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə