Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik


Islom Karimov, «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch»



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/99
tarix11.12.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#147362
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Islom Karimov, «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch»


137
qilganlaringizdir» deb alohida ta’kidlagan. Ali (r.a.) esa: 
«Bu dunyo uchun abadiy yashaydigandek, oxirating 
uchun ertaga vafot etadigandek harakat qil», deb marha-
mat qilgan.
Bugungi kunda ayrim buzg‘unchi kuchlar tomonidan 
zamonaviy dunyoviy qonunchilik asosida hayot kechi-
rish musulmonlar uchun maqbul emasligi haqida soxta 
da’volar tarqatilmoqda. Vaholanki, dunyoviy qonun-
lar haqida islom ulamolarining fikrlarini quyidagicha 
umumlashtirish mumkin: zamonaviy jamiyat talablari-
ga muvofiq chiqarilgan qonunlar shariatga zid kelmasa, 
unday qonunlar shariatdandir. Zero, har bir shariat inson 
manfaati uchun yuborilgan, jamiyatlarning o‘z manfaat-
larini ko‘zlab chiqargan qoidalari garchi shariatdan olin-
magan bo‘lsa-da, lekin shariatga zid kelmasa, ular ham 
shariatga muvofiq (shar’iy) hisoblanaveradi.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinadiki, islom dinida 
dunyo viylikka dinsizlik sifatida baho berilmagan. Dun-
yoviy ishlar shaxs va jamiyat manfaatini ko‘zlar ekan, 
ular din ta’limotlarida doim qo‘llab-quvvatlangan. Din 
dunyoviy ishlarning ma’naviy jihatlarini tartibga solib 
turgan. Masalan, bu ishning savob yoki gunoh, ma’na-
viy jihatdan mumkin yoki mumkin emasligi kabi.
Dunyoviylik tamoyili O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilot-
lar to‘g‘risida»gi Qonuni bilan huquqiy kafolatlangan. 
O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li — dunyoviy de-
mokratik yo‘ldir. Xalqimiz diniy e’tiqodni chuqur hur-
mat qilgan holda dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan bor-
moqda.
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda 
diniy-milliy qadriyatlarning tiklanishi, barcha din va-
killari uchun keng imkoniyatlar yaratilishi yo‘lida islo-
hotlar boshlandi. O‘zbekiston Respublikasining Konsti-
«Tarix va hayot 
tajribasi shun­
dan dalolat be­
radiki, dunyoviy 
va diniy qad­
riyatlar bir­bi­
rini to‘ldirmas 
ekan, bugungi 
kunning og‘ir va 
murakkab savol­
lariga to‘laqonli 
javob topish 
oson bo‘lmaydi».

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə