Dunyo dinlari tarixi o‘rta umumta’lim muassasalarining 10-sinflari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darslik



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/99
tarix11.12.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#147362
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)

Islom
Karimov


138
tutsiyasida barcha fuqarolar uchun vijdon erkinligi 
kafolatlandi. Yurtimizda diniy tashkilotlar faoliyatining 
huquqiy asoslari bilan birga davlat va dinning muno-
sabatlari ham belgilab berildi.
Shu bilan O‘zbekiston tarixida birinchi marta fuqa-
rolarning dinga o‘z munosabatlarini, shunga muvofiq 
ravishda e’tiqodini erkin belgilash va ifodalash, dinga 
hech qanday to‘sqinliksiz amal qilish va diniy maro-
simlarni bajarish huquqlarini kafolatlaydigan qonun qa-
bul qilindi. «Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj 
qilish uchun borishi to‘g‘risida», «Diniy bayram «Qur-
bon hayit»ni dam olish kuni deb e’lon qilish haqida», 
«Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risi-
da», «Toshkent islom universitetini tashkil etish to‘g‘ri-
sida», «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-
si huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot 
markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida», «O‘zbekis-
ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazi faoliyatini 
tashkil etish to‘g‘risida» va boshqa bir qator Prezident 
Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bu so-
haga katta e’tibor berilayotganini ko‘rsatib turibdi.
MUSTAHKAMLASH UCHUN 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Dunyoviylik so‘zining mazmunini tushuntirib bering.
2. «Sekulyarizatsiya» tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
3. Mutaassib oqimlar tomonidan dunyoviylikning inkor etilishi sababi ni-
mada, deb o‘ylaysiz?
4. Islom dini manbalarida dunyoviylikka qanday munosabat bildirilgan?
5. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 
bugungi kunda diniy qadriyatlarni e’tiborga olmay ish tutish mumkin 
emasligi haqidagi fikrlarini sharhlang.
1991-yil
14-iyunda va 
1998-yil
1-mayda yangi 
tahrirdagi 
«Vijdon 
erkinligi va 
diniy tashkilotlar 
to‘g‘risida»gi 
Qonun qabul 
qilindi.


139

Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə