Educational materials


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   231
Educational materials

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
INVESTITSION LOYIHALASHTIRISH FANIDAN
 
BAKALAVR PORFOLIOSI 
 
 
Talabaning F.I.Sh._________________________ 
 
Boshlanish sanasi “____” ______ 201__y 
 
Tamom bo‘lish sanasi “____” ______ 201__y
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT-2020 


O’QUV MATERIALLARI 
316 
TALABA PORTFOLISINING TARKIBI 
Portfolio tarkibi talabaning semestr yoki o’quv yili davomidagi mustaqil 
ishlaridan iborat bo’lmog’i lozim. Talaba ushbu “portfolio” orqali anjumanlarda 
chiqish qilib, o’zining mustaqil fikrlashga, fan bo’yicha olgan bilimlarini ijodiy 
amalda tadbiq etishga qodirligini namoyish etgan xolda, o’z-o’ziga ushbu bilim 
doirasi bo’yicha shaxsan bahosini beradi. Bu talabaga o’z yutuqlari, olgan 
bilimlari va ijodiy ishlarini mustaqil tahlil qilish va unga o’z bahosini berish, uni 
o’qituvchi yoki hamkorlari bilan baham ko’rish imkonini yaratadi. Bunday 
“portfolio” tarkibi quyidagicha bo’lishi mumkin: 

titul; 

mazmuni; 

har bir materialning qisqacha mazmuni va talaba uchun tushunchalar; 

nima uchun ushbu material yoki bilim sohasi olinganlik sababi; 

portfolio o’qituvchi va talabaning o’zi tomonidan qanday baholanganligi; 

fan bo’yicha yutuqlari tarixi; 

“portfolio”ni yaratish muddati va taqdimot vaqti. 
Muallifga “portfolio”ni yaratishda to’liq erkinlik beriladi.Talabaning 
dunyoqarashlari, fikrlarining mantiqiyligi, nutq va bayon etish madaniyati, o’z 
fikrini isbotlay olishi kabi omillar uning faoliyatini baholashda asosiy 
mezonlardan biri sifatida foydalaniladi. Ayrim hollarda o’qituvchi “portfolio” 
tarkibiga o’z talablarini qo’yishi ham mumkin. Portfolio tarkibi quyidagi 
materiallardan iborat bulishi mumkin: 
Titul varaqa - “portfolio”ni nomi, talaba f.i.sh., fanning nomi, “portfolio”ni 
yuritish davri, boshlanish va tugash sanasi, o’qituvchi f.i.sh. 
“Portfolio” tarkibi: 
-
fan bo’yicha talabaning erishgan yutuqlari (shaxsiy faoliyat natijalari tahlili, 
nimani o’zlashtirish oson, nima qiyin kechmoqda, ushbu kiyinchiliklar mohiyati 
nimada va b); 
-
yozuvlar, ma’ruzalar, uy vazifalari (fanning turli bo’limlari bo’yicha 
kamida 8 ta topshiriq beriladi, albatta bunda mustaqil fikrlash qobiliyati, 
fikrlarning originalligi hisobga olinadi, talaba bitta muammo yoki topshiriq 
yechimining turli hil yo’llarini ko’rsatishi zarur; 
-
nazorat va mustaqil ishlar (kamida 3 ta mavzu bo’yicha 5-6 ta mustaqil ish); 
-
testlar; 
-
axborot 
texnologiyalaridan 
foydalanish 
(axborot 
texnologiyalari 
foydalanilgan kamida 2 ta misol, dasturiy material); 
-
guruhiy loyihalar (talaba ishtirok etgan har bir loyiha batafsil yoziladi); 
-
talaba faoliyati bo’yicha baholar (o’qituvchi, ota-ona va ekspertlar bahosi). 
Portfolio bo’yicha izohlar. Taqdimotga tavsiya etilayotgan “Portfolio” 
materiallari puxta uylangan, “portfolio”da keltirilgan barcha materiallar bo’yicha 


O’QUV MATERIALLARI 
317 
muallifning shaxsiy fikrlari yoritilgan bo’lishi zarur. U talabaning ushbu fan 
bo’yicha olgan bilimlari, bo’sh tomonlari, kelajakdagi rejalarining to’liq 
mazmunini ko’rsatishi lozim. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə