Educational materials


O’QUV MATERIALLARI  320  3. GLOSSARIY



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   231
Educational materials

 


O’QUV MATERIALLARI 
320 
3. GLOSSARIY 
 
Amortizatsiya
– asta-sekin eskirayotgan asosiy fondlar qiymatini ishlab 
chiqarilayotgan maxsulot qiymatiga o’tkazish. Pul mablag’larining maqsadli 
jamg’arilishi va ularning keyinchalik eskirgan asosiy fondlar o’rnini to’ldirish 
uchun qo’llanilishi.
Amortizatsiya ajratmalari
– bu qiymatli ifodadagi asosiy fondlarning 
eskirish o’rnini sekin-asta to’ldirishdir. Amortizatsiya ajratmalari to’liq va qisman 
tiklanishlarga, ya’ni asosiy fondlarni kapital ta’minlashga ishlatiladi.
Amortizatsiya fondi
– asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda ishga 
tushirishga mo’ljallangan pul mablag’laridir.
Aniq foizlar
- qisqa muddatli foizlar, 365 (366) kunga teng bo’lgan vaqt 
bazasiga asosan hisoblanadi. 
Balans -
korxonaning pul ifodasidagi mablag’larini tarkibi va joylashishi 
(aktiv), shuningdek, ularning tashkil topish negizi, belgilangan yo’nalishi va 
qaytish muddatlarini (passiv) bu kungi holatini o’zida aks ettiruvchi yig’ma xujjat. 
Bank -
pul mablag’larining (milliy va chet el vositalarining) jamg’arilishini 
amalga oshiruvchi, kredit beruvchi, pul hisob-kitoblarini o’tkazuvchi va qimmatli 
qog’ozlarning muomalasini tashkil qiluvchi, yirik investitsiyalar qiluvchi
mamlakatning pul-kredit siyosatini hayotga tatbiq qiluvchi korxona. 
Bank aktivlari – 
banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda 
foydalanuvchi turli moddiy va moliyaviy resurslar majmui. Ular asosan bank 
kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan qimmatli qog’ozlari, investitsiyalari
valyuta boyliklari ko’rinishida bo’ladi. 
Bank depozitlari
– jismoniy va yuridik shaxslarning bank muassasalariga 
ma’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida qo’yilgan bo’sh pul mablag’lari. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə