Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   231
Educational materials

Boshqaruv riski 
– bu ishlab chiqarish riskining bir turi bo’lib, boshqaruvchi 
shaxsning tajriba va malakasini etarli darajada emasligi natijasida ro’y beradi. 
Ayrim hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha faza va 
bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog’liq risklar 
tushuniladi. 
Boshlang’ich narx
- buyurtmachi tomonidan yoki uning buyurtmasi 
bo’yicha jalb etilgan tashkilot tomonidan aniqlanadigan tanlov savdolari 
predmetining hisoblab chiqilgan qiymati; 
Buyurtmachi
- qurilish ishlariga buyurtma beruvchi va tenderni 
chakiruvchi, buyurtmalovchi yuridik shaxs; 
Valyuta riski
- bir valyutaning boshqasiga nisbati bo’yicha kursning 
o’zgarishi bilan bog’liq valyuta yo’qotilishi xavfi sifatida namoyon bo’ladi.
Garov ta’minoti
- kredit summasining 120 foizidan kam bo’lmagan 
miqdorda, hukumat va uchinchi shaxslar kafolatlari, sug’urta polislari, asosiy 
vositalar, bino va inshootlar (baholangan qiymatining 70 foizigacha miqdorida), 
asbob-uskunalar (baholangan qiymatining 60-70 foizi miqdorida) bo’lishi lozim. 
Daromad solig’i
– fuqarolarni bir yil davomidagi yalpi daromadidan 
olinadigan majburiy to’lov (soliq). 
Daromadlilik indeksi (
profitobility index, PI
) –
investitsiya loyihasining 
diskontlangan daromadlarining diskontlangan investitsiya harajatlariga nisbati 
tushuniladi, bu ko’rsatkich investorning 1 so’m sarf qilgan investitsiyalariga necha 
so’m daromad kelishini aniqlab beradi. 
Daromadlilikning pasayishi riski
– qo’yilmalar, kreditlar, portfelli 
investitsiyalar bo’yicha foizlar va dividendlar miqdorining kamayishi natijasida 
yuzaga keladi, daromadlilikning pasayishi risklari o’z ichiga foiz va kredit 
risklarini qamrab oladi. 
Deflyatsion risk
- deflyatsiyaning o’sishi holatida baho darajasining 
tushishi, daromadlarning pasayishi, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun shart-
sharoitning yomonlashuvi sodir bo’ladi.


O’QUV MATERIALLARI 
322 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə