Educational materials


Qo’shimcha qiymat solig’i



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   231
Educational materials

Qo’shimcha qiymat solig’i
– qo’shilgan qiymatdan olinadigan soliqlarning 
bir turi hisoblanadi. Tovarlarning realizatsiyasi, xizmat ko’rsatish va boshqa 
ishlarni bajarishdan olinadi. Sotish oborotiga nisbatan mahsulotlarning turlariga 
ko’ra foizlarda belgilanadi. 
Libor -
foiz o’rtacha stavkasi; libor bo’yicha London banklari o’z 
depozitlarini boshqa birinchi darajali banklarga joylashtiradilar, har kuni soat 11 da 
bu jarayon qayd etiladi va boshqa banklar uchun, ayniqsa xalqaro bitimlar tuzishda 
kreditlar bo’yicha foizlar belgilashda mo’ljal bo’lib xizmat qiladi. 
Likvidli mablag’lar -
firmalarning tezda sotish mumkin bo’lgan aktivlari: 
pul vositalari, bank depozitlari, qimmatli qog’ozlar, shuningdek ushbu bozor 
kon’yunkturasida oson sotish mumkin bo’lgan moddiy aylanma mablag’lar. 


O’QUV MATERIALLARI 
327 
Likvidlik -
aktivlardan to’lov vositasi sifatida foydalanish yoki ularni to’lov 
vositasiga aylantirish imkoniyati. 
Likvidlilik riski
– qimmatli qog’ozlar yoki boshqa tovarlar sifatini va 
iste’mol qiymatini baholashning o’zgarishi oqibatida ularni sotishda mumkin 
bo’lgan yo’qotishlar bilan bog’liq bo’ladi. 
Litsenziarlar
- loyiha ishlatilayotgan nou-xauga yoki texnika yutuqlariga 
egalik qiluvchi litsenziyaga ega bo’lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Tijorat 
shartlari bo’yicha shartnoma tuzilgan ilmiy yutuqlarni qo’llash huquqiga ega, 
litsenziar ham loyihaning muhim ishtirokchilaridan bo’lib hisoblanadi.
Loyiha administratori
- bu shaxs menejerning administratorlik vazifasini 
o’zi bajarib, menejerning 50 foizgacha ish vaqtini tejaydi. 
Loyiha injeneri
- injiniring faoliyati bilan shug’ullanish uchun ruxsatnoma 
olgan va loyihaning bajarilishi, ishga tushishi bilan bog’liq bo’lgan barcha 
xizmatlarni amalga oshiruvchi shaxs hisoblanadi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə