Educational materials


Investitsiya faoliyati ishtirokchilari



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   231
Educational materials

Investitsiya faoliyati ishtirokchilari
- buyurtmachilar, pudratchilar, etkazib 
beruvchilar, banklar, sug’urta kompaniyalari, loyihalovchilar, vositachilar, ilmiy-
maslahat firmalari, o’z mamlakatidagi qonunchilikka ko’ra investitsiyaviy mulk 
egalari (tasarrufchilari) yoki buyurtmalardan foydalanuvchi sifatida qatnasha 
oluvchi xorijiy tashkilotlarni kiritish mumkin. 
Investitsiyalash
. Maxsus tanlangan moliyaviy qurollarga pulni qiymatini 
ko’paytirish yoki ijobiy daromad olish maqsadida joylashtirish jarayonini 
investitsiyalash deb ataladi;
Investor 
- loyihani moliyalashtiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. 
Buyurtmachi va investor bir shaxs bo’lishi ham mumkin, lekin ba’zi hollarda har 
xil shaxslar bo’ladi. Agar har xil shaxslar bo’lsa ular o’rtasida shartnoma tuziladi. 
Investorlar
- xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni 
sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ektlari. Investorlar 
obektlar va investitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish 
huquqiga ega bo’ladi. Investorlar kreditorlar va haridorlar rolini bajarishlari, 
shuningdek investitsiya faoliyatining boshqa ishtirokchilari funktsiyalarini 
bajarishlari mumkin. Odatda investorlar kapital qo’yilmalar sarflanadigan 
sohalarni aniqlaydilar, kontrakt va shartnomalarning shartlarini ishlab chiqadilar va 
investitsiya aktining boshqa tomonlari bilan - kontraktor, hukumat organlari
pirovard mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulotning iste’molchilari bilan 
hisob-kitoblarni amalga oshiradilar. 
Investorlar tipi.
Ikki tipdagi investorlar bor: ular institutsional va yakka 
investorlar; 
Innovatsion texnologiyalar – 
iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish 
bosqichlarida qo’llaniluvchi usul va vositalar majmui bo’lib, o’z ichiga joriy etish
trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini oladi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə