Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   231
Educational materials

Diversifikatsiya
– (lotinchadan diversus- har xil va facere-qilmoq
bajarmoq)
 – 
ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni 
sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini 
kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko’paytirish. 
Dividend
– aktsioner jamiyati sof foydasining bir qismi, aktsionerlarga
daromadlar naqd pul yoki aktsiyalar bilan to’lanadi. 
Jahon bozori kon’yunkturasi 

j
ahon tovar bozorlaridagi sotish sharti
ushbu bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o’zgarish 
tendentsiyalari. 
Zararsizlik nuqtasi 
– mahsulotni sotishdan tushgan tushumning sotilgan 
mahsulot tannarhiga teng bo’lgandagi grafik nuqtani anglatadi. Bunda eng asosiy 
maqsad harajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish hajmini 
aniqlashdan iborat. Harajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan sotish hajmi maxsus 
nuqtani tavsiflaydi, ya’ni u ishlab chiqarish hajmining kritik nuqtasini ifodalaydi. 
Bunda korxona foyda ham olmaydi, zarar ham ko’rmaydi, ya’ni mahsulot 
sotishdan tushgan tushum mahsulotning to’liq tannarhiga (harajatlarga) barobardir. 
«Zararsizlik nuqtasi»dagi sotishdan tushgan tushum o’zini zararsiz sotish qiymati 
sifatida namoyon etadi, mahsulot birligi esa bu holatda zararsiz sotish bahosi 
hisoblanadi. 
Iqtisodiyotning real sektori
– iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar 
ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq sohasi bo’lib, u o’z ichiga 
sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi. 
Iqtisodiy inqiroz
– iqtisodiyotning davriy tebranishlaridagi o’zgarish bo’lib, 
ular tovar va xizmatlarga bo’lgan yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi 
nomutanosiblik, makroiqtisodiy muvozanatning buzilishi oqibatida vujudga keladi.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə