Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   231
Educational materials

Konstruktsion risk
– bu investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga 
oshmaslik riskidir. Bu loyiha xujjatlarini ishlab chiquvchilarning xatolari,
xujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo’lgan ma’lumotlarni etarli yoki aniq emasligi 
natijasida ro’y berishi mumkin. 
Kon’yunktura
– bu bozorda ma’lum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy 
holatdir (asosan talab hamda taklif nisbati va u bilan bog’liq bo’lgan narxlar 
darajasi orqali yuzaga keladi). 
Korporativ loyihaviy moliyalashtirish
- investitsion loyihasining moliya 
manbasi kompaniyaning o’z mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. 
Korxonalarga preferentsiya berish – 
milliy iqtisodiyotda faoliyat 
ko’rsatuvchi korxonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida ular tomonidan 
ishlab chiqarishga chet eldan olib kiradigan xom-ashyo va materiallar, yarim 
tayyor mahsulotlar, shuningdek asbob-uskunalarni olib kirishda boj to’lovlari va 
boshqa jarayonlar bo’yicha engilliklar (imtiyozlar) berilishi. 
Korxonaning innovatsion salohiyati 
– korxonaning yangiliklarni joriy 
qilish yordamida bozor sharoitlarida faoliyatning samaradorligini oshirish 
maqsadida korxonaning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan rivojlanish 
qobiliyati. Korxonaning innovatsion salohiyati tashkilotning ichki innovatsiya 
jarayonidagi barcha bosqichlarning (ijtimoiy mehnat va resurslarning sarf 
me’yorlari asosida) bir maromda kechishiga imkon beradi. 
Kredit 
– jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo’sh 
mablag’larlarini bir joyga jamlab, ularni ma’lum bir tamoyillar asosida berish 
jarayonida vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar majmui. 
Kredit riski 
– bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor 
bankka kredit shartnomasi bo’yicha to’lov majburiyatlarini to’liq yoki umuman 
to’lay olmaslik riski. Bu risk asosan loyihani moliyalashtirishda loyihani 
kreditlovchi bankning riskidir.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə