Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   231
Educational materials

4. Likvidatsion faza.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish oqibatida 
likvidatsiya amalga oshirilishi yuz bergandagi jarayon hisoblanadi. Bu fazada 
investorlar va ob’ektdan foydalanuvchilar asosiy vasitalarning amortizatsiya bilan 
birgalikdagi qiymatini aniqlaydi, uning mumkin bo’lgan bozor qiymatini 
baholaydi, ularni sotish yoki hisobdan chiqarish asoslarini o’rganib chiqadi. 
Likvidatsiyaning kelib chiqishiga investor rejasining o’zgarishi, loyihani 
amalga oshirishda mablag’larning yetishmasligi yoki maqsadsiz ishlatilishi, hisob-
kitoblarning noto’g’ri olib borilganligi va unda yo’l qo’yilgan xatolar, boshqa 


muqobil loyihalarning paydo bo’lishi va boshqa omillar sabab bo’lishi mumkin. 
Agar loyihani yangilash g’oyasi, ehtimolligi, imkoniyati paydo bo’lgan bo’lsa, u 
holda loyihani tugatish, korxonani yopish jarayoni loyihaning tashkiliy 
strukturasini keyingi yangilash va ishni yangidan boshlash imkoniyatlari ko’rib 
chiqilishi lozim. 
Investitsiyalashdan 
oldingi 
va 
investitsiya 
bosqichi 
investitsion 
loyihalashtirishga, ishlab chiqarish bosqichi esa maxsus tashkiliy tartib qoidalariga 
(ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, tahlil, 
menejment va boshqalar) taalluqlidir. 
Sanoatga ta’luqli bo’lgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga 
oshirish yuqorida ta’kidlab o’tilgan uchta bosqichdan iborat jarayon tariqasida 
taqdim etilishi mumkin. Ularning har biri maslahat berish, loyihalashtirish, ishlab 
chiqarish kabi faoliyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. 
16.3. Investitsiya loyihalarini ekspertizasi 
Loyiha tahlili uslubiyoti investitsiya loyihalarini amalga oshirish ehtimoli 
jihatidan ularni identifikatsiyalash, tekshirish, batafsil ko’rib chiqish, ma’qullash 
va kompleks ekspertizadan o’tkazish bosqichlarini nazarda tutadi. Kompleks 
ekspertiza loyiha mahsulotlariga erishish imkoniyatlarini izlashga, loyihani 
cheklangan resurslar bilan belgilangan vaqt mobaynida (zamonda) va makonda 
ta’minlash, shuningdek tegishli texnik vazifalarni hal qilishga qaratiladi. 
Loyiha ekspertizasi bosqichida uni tadbiq etilishining asoslari yaratiladi. 
Ekspertizaning vazifasi — jami ijobiy va salbiy oqibatlarni hisobga olgan holda 
loyihaga baho berishdan hamda tanlovdan iborat bo’ladi Ekspertiza loyihaning bir 
necha muhim jihatlarini taxlil qilishni qamrab oladi. 
Investitsiya loyihasi ekspertizasining texnik jihati g’oyat muhim, chunki 
loyiha muvozanatlangan muhandislik va texnik tamoyillarga asoslanmog’i lozim. 
Ekspertizaning bu bosqichida loyihaning tadbiq etish jarayonlari, loyiha uchun 
etkazib beriladigan materiallar, uskuna-jihozlar va texnika tizimlarining 
ishonchliligi; loyihani joylashtirish o’rnining asoslanganligi, loyiha uchun zarur 
bo’lgan resurslarning mavjudligi va sifati, shu jumladan, ishchi kuchi va rahbar 
kadrlarning 
malakasi, 
loyiha 
foydalanadigan 
mavjud 
infra-tuzilmaning 
ishonchliligi; kontraktlar tuzish tartib-qoidalari va mexanizmlari, ishlab chiqarish 
quvvatlari, xizmatlarni sotib olish usullari; loyihani amalga oshirish jadvali 
muddatlari, fazalari va bajarish mumkinligi, natijalar olish fazalari tahlil qilinadi. 
Texnik ekspertizani o’tkazishda loyihada foydalaniladigan texnologiyaga 
alohida e’tibor berish kerak, bu esa o’z navbatida zamonaviy texnologiyalar 
to’g’risida axborotni yig’ish usullarini izlashni talab etadi. 
Texnik ekspertiza loyihani joriy etishning ish rejasini tekshiradi va 
xarajatlarni tartibga solish tizimini belgilaydi (inflyatsiyani hisobga olgan holda 
o’zgartirishlar kiritadigan xarajatlarni bo’lib chiqish, loyihaning asosiy jismoniy 
elementlari bo’yicha valyuta kurslari o’zgarishlarini inobatga olish). 
Yirik va murakkab loyihalar ekspertizasi risklarni batafsil tahlil qilishni ham 
qamrab olishi kerak. Loyihada risklar darajasini kamaytirishga xizmat qiladigan 
turli o’zgarishlar kiritish mumkinligi ko’rib chiqiladi va sug’urga yo’li bilan ularni 


kamaytirish imkoniyatlari aniqlanadi. Loyiha ekspertizasining tijorat jihati zarur 
resurslar va xizmatlar (ta’minot bo’yicha kontrakt)ni sotib olish va ishlab 
chiqarilgan maqsulotni sotish (marketing) bo’yicha tadbirlarni qamraydi. Ta’minot 
bo’yicha kontrakt muhimroq, chunki samarasi past xarid faoliyati yanada ko’proq 
xarajatlarga olib kelishi va loyihadan olinadigan sof pul daromadi oqimini 
qisqartirishi mumkin. 
Tijorat ekspertizasi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tahlil o’tkazishni talab 
etadi. Resurslarni olish mumkinligi, sifati va ularning kelajakdagi narxlarini 
baholash; mahsulotga talab, marketing bo’yicha tadbirlar va mahsulot birligining 
taxminiy narxi; loyihaning tijorat jihatidan hayotchanligini aniqlash uchun 
xarajatlar va daromadlar. 
Loyihaning tabiatiga qarab, uning samarali ishlashini ta’minlaydigan 
marketing bo’yicha tadbirlarga quyidagilarni kiritish mumkin: xaridorlar va 
sotuvchilar asosli qarorlar qabul qila olishlari uchun talab, taklif, narx bo’yicha 
bozor holati to’g’risida axborot olish, sotib olishni moliyalashtirish uchun 
kreditlarning mavjudligi, mahsulotni tashish, saqlash va sotish. 
O’zbekiston sharoitlarida ekspertizani o’tkazish nuqtai nazaridan 
axborotning aniqligi muhim ahamiyatga egadir. Bu esa tegishli infratuzilmani 
tashkil qilishni talab etadi. 
Loyiha ekspertizasining moliyaviy jihatlari loyihaning moliya rejasini tahlil 
qilishdan iborat bo’lib, unda quyidagi omillar hisobga olinadi: investitsiya 
loyihasining rentabelligi; moliyaviy risklarni baholash; agar loyiha moliyaviy 
jihatan mustaqil bo’lmasa loyihani amalga oshirish va ishlatish uchun fondlarning 
mavjudliligi va ularning tuzilmasi; zarur tashkiliy o’zgartirishlar. Moliyaviy 
ekspertizada quyidagilarga aniqlik kiritiladi: yillik moliyaviy yakunlar; loyiha 
uchun mas’ul bo’lgal tashkilotning istiqbol bahosi, unga ekspluatatsiya 
xarajatlarini ko’rsatadigan foyda va zarar to’g’risida hisobot ham kiradi; ta’mirlash 
bo’yicha xarajatlar; amortizatsiya ajratmalari; qarzlar (zayomlar) bo’yicha foizlar.
Moliyaviy ekspertizada naqd pul harakati istiqbollarini belgilash maqsadlari 
ko’zlanadi. Nakd pul harakati esa kapital qo’yilmalar, aylanma kapital, 
moliyalashtirish manbalari, shu jumladan o’z faoliyatini natijasida olingan 
daromadlar, jalb qilingan qarz kapitali va aktsiyalar shaklidagi kapitalni ko’rsatadi. 
Moliyaviy ekspertizaning asosiy vazifalari moliyaviy istiqbollarning 
nechog’lik asoslanganligi; xarajatlarni kamaytirish yoki ishlab chiqarish faoliyati 
ko’rsatkichlarini yaxshilash mumkinligi; zarur aylanma kapital miqdori; qarzlar 
bo’yicha to’lovlar qoplanishining ta’minlanganligi; boshqa majburiyatlar, masalan, 
loyiha bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlarni moliyalashtirish majburiyatlari 
bajarilishini aniqlashdan iborat. 
Iqtisodiy ekspertiza loyihani tadbiq etishda milliy resurslardan foydalanish 
imkoniyatini aniqlaydi. Ushbu resurslardan foydalanishda, raqobat muhitining 
mavjudligini hisobga olgan holda, foydalanishning to’g’ri yoki noto’g’riligiga 
javob beradi. Bular bilan bir qatorda loyiha rejasini yaxshilash, uning 
samaradorligini ko’tarish imkoniyatlarini aniqlaydi. 
Tarmoqqa oid masalalar va vazifalar loyiha ekspertizasidan ancha oldin 
belgilanadi, chunki yakka investitsiya loyihalariga davlatning tanglikka qarshi 


investitsiya strategiyasining bir qismi tarzida qaralishi lozim. Bu strategiya 
raqobatni yaratishning asoslari tarzida iqtisodiyot tuzilmasini takomillashtirishga, 
kichik va xususiy biznesni rivojlantirishga yo’naltiriladi. 
Loyihani ishlab chiqishdagi navbatdagi bosqich — muzokaralar hisoblanadi. 
Muzokaralar, odatda kredit hujjati loyihasi bo’yicha olib boriladi. Bu hujjat esa 
to’rt bo’limdan tashkil topadi: 
- qarz oluvchi va kreditorning tavsifi; 
- ssuda, uning muddatlari va foiz stavkasi; 
- loyihaning umumiy bayoni va ishlab chiqariladigan tovar yoki 
ko’rsatiladigan xizmatlar (ularning hajmlariga sarflanishi mumkin bo’lgan kreditlar 
ko’rsatilgan holda); 
- kreditlashning boshqa shartlari . 
Kreditor va qarz oluvchi faoliyatni yaxshilashga qaratilgai hujjatlar haqida 
o’zaro kelishib olishlari mumkin (xo’jalik faoliyatini yaxshilash rejasi, nima qilish 
zarur va qaysi muddatlarda, moliyaviy faoliyatning vazifalari, boshqaruv apparati 
vazifalari, ehtimoli bo’lgan tuzilmaviy o’zgarishlar). 
Keyingi bosqich - joriy qilish yoki loyihani amalga oshirishni rejalashtirish. 
Bu 
o’rinda 
rejalashtirish 
va 
tashkiliy 
masalalar 
ko’rib 
chiqiladi 
(muvofiqlashtirishni tashkil etish, boshqarishni va loyihani bajarish bo’yicha 
nazorat tizimini tashkil qilish, loyihani amalga oshirish usullari). 
Loyihaning nazorat bosqichida uch yo’nalish muhimdir. Bular loyihaning 
texnik jihatlari bo’yicha muhandislik-texnika nazorati; moliya resurslari bilan 
ta’minlovchi tomonidan loyiha ijrosining olib borilishining nazorati; loyihani 
tadbiq etish uchun kredit beruvchi, ya’ni kreditor tomonidan olib boriladigan 
nazorat. 
Loyihaning yakuniy bahosi joriy nazoratdan tubdan farq qiladi va loyihani 
retrospektiv qayta rejalashtirilishini iazarda tutadi. Mohiyat jihatdan loyiha rejasi 
qay tarzda amalga oshirilganligi va ekspluatatsiya qilingalligi uning belgilangan 
sharoitlarga qay darajada muvofiq kelishini aniq-ravshan ko’rsatib beradi. 
Loyihaning yakuniy bahosi ikkidan uch yilgacha ekspluatatsiya davri davomida 
o’tkaziladi. Yakunlovchi bahoning muhim vazifasi loyiha muvaffaqiyatli yoki 
barbod bo’lishi sabablarini aniqlashdan iboratdir. Bu esa boshqa loyihalarda 
qo’llanilishi mumkin bo’lgan alohida bir xususiyatlarni topishga, shuningdek 
xatolarga yo’l qo’ymaslik va kamchiliklarni tuzatish uchun o’zgartirishlar kiritish 
imkoniyatini yaratadi. 
Yakuniy bahodan so’ng loyihaning umrboqiyligi (umri uzoqligi) aniqlanadi. 
Loyihaning umrboqiyligi deyilganda uning xo’jalik hayoti davomida umumiy 
foydali natijaning maqbul darajasini saqlab turish qobiliyati tushuniladi. Agar 
loyihadan olingan daromadlar oqimi bir qancha yilgi ekspluatatsiyadan keyin qayta 
hisoblanganda istiqboli aniqlangan foydadan ko’p yoki unga teng bo’lsa loyiha 
umrboqiy hisoblanadi. Agarda qayta hisoblab chiqilgan daromadlar kam chiqsa, 
loyihani chidamsiz (umri kalta) deb e’tirof etishga to’g’ri keladi. Loyihaning 
umrboqiyligiga to’rt guruhga mansub omillar ta’sir qiladi. Ular iqtisodiy 
(moliyaviy), texnikaviy, tashkiliy va strategik omillardir. 


Loyihalarning ekologik ekspertizasi loyihani amalga oshirish joizligini 
aniqlaydi. Bunday ekspertiza quyidagilarni aniqlash maqsadlarida o’tkaziladi: 
istiqboli aniqlangan xo’jalik va boshqa faoliyatning uni amalga oshirish haqida 
qaror qabul qilinishiga qadar bo’lgan bosqichlarda ekologik talablarga muvofikligi; 
ko’zlangan faoliyatning atrof-muhitga va fuqarolar sog’ligiga ta’sir ko’rsatishi va 
ekologik xavfliligi darajasi; atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan 
oqilona foydalanish bo’yicha nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarning etarli 
bo’lishi va asoslanganligi. 
O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Ekologik 
ekspertiza to’g’risida"gi qonuniga ko’ra quyidagilar davlat ekologik 
ekspertizasidan o’tkaziladi. Davlat dasturlari loyihalari, ishlab chiqarish kuchlarini 
joylashtirish va rivojlantirish sxemalari, iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini 
rivojlantirish koptseptsiyalari; barcha turdagi qurilishlar uchun er uchastkalarini 
ajratish qarorlari; loyiha oldi va loyiha hujjatlari; tabiiy resurslardan foydalanish 
bilan bog’liq xo’jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi me’yoriy-texnik va 
yo’riq-uslubiy hujjatlarning loyihalari; texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, 
mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar; atrof tabiiy muhit holatiga 
va fuqarolar sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ishlab turgan korxonalar hamda 
boshqa ob’ektlar va hokazolar. 
Davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish quyidagilarni aniqlashga qaratilgan: 
taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun 
hujjatlariga 
muvofiqligini 
tekshirish; 
rejalashtirilayotgan 
yoki 
amalga 
oshirilayotgan xo’jalik yoki boshqa xil faoliyatning ekologik va ijtimoiy oqibatlari 
to’g’risidagi ma’lumotlarning to’g’riligi va to’liqligi taxliliga; biologik, kimyoviy 
moddalar va texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga ta’sirini baholashning 
asoslanganligiga; rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo’jalik va 
boshqa xil faoliyatni amalga oshirish oqibatlarining ekologik xavfliligi darajasini 
baholashning ishonchliligiga; ekologik normativlar asosida loyihalarning 
asoslanganligiga.
Davlat ekologiya ekspertizasi yakunlari bo’yicha loyihaii amalga 
oshirishning joiz-nojoizligi to’g’risida xulosa beriladi. Davlat ekologiya 
ekspertizasining ijobiy xulosasi loyihani moliyalashtirish va amalga oshirishga 
asos bo’ladi.
Banklarda ham investitsiya loyihalari ekspertiza qilinadi, agar loyihani 
moliyalashtirish uchun bank kreditlariga zarurat tug’ilganda.
Loyihani amalga oshirish strategiyasini dastlabki baholash ijobiy bo’lganda, 
bank boshqaruvining qaroriga asosan, bank mutaxassisi (loyiha menedjeri) kerakli 
mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihani kompleks ekspertiza qilishga kirishadi. 
Kompleks ekspertiza natijasida loyiha menedjeri loyiha bo’yicha barcha 
hujjatlarni va loyiha joylashishi kerak bo’lgan joyni borib o’rgangan holda 
quyidagilarni o’rganib chiqishi kerak: 
- loyihaning moliyaviy jihatlari (loyiha qiymati, moliyalashtirish manbalari, 
rentabelligi, naqd pul oqimi shu jumladan: erkin konvertirlanadigan valyutada, 
korxonaning moliyaviy holati va balans hisobotlarining kelgusidagi prognozi); 


loyihaning texnik jihatlari (qurilishga tayyorgarlik, uskunalarni olib kelish 
va loyiha smeta hujjatlarida ko’zda tutilgan tartibda qurilish-montaj ishlarini olib 
borish uchun shartnomalarning mavjudligi va boshqalar); 
- loyihaning marketing jihatlari (tayyor mahsulotni sotish, yig’uvchi 
materiallar 
va 
xom-ashyoning 
mavjudligi, 
texnologik 
uskunalarning
raqobatbardoshligi va marketingning boshqa jihatlari); 
- loyiha yuridik jihatlari (qarz oluvchining, loyiha boshqa qatnashchilarining 
yuridik statusi, barcha tuzilgan shartnoma, kontrakt, ta’sis hujjatlarining 
qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlarga to’g’ri kelishi); 
- loyihaning iqtisodiy jihatlari (loyihani amalga oshirishdan keladigan foyda 
va zararlar, loyihaning sof keltirilgan qimmati va boshqa jihatlari); 
- loyihaning instituttsional jihatlari (loyihani amalga oshiruvchilarning 
professional tayyorgarlik darajasi, xodimlarni o’qitish va boshqalar); 
Loyiha menedjeri yuqorida ta’kidlab o’tilgan barcha jabhalarni ekspertiza 
qilgandan so’ng quyidagi qarorga kelishi kerak bo’ladi: 
Loyihani ma’qullash va kerakli summani kredit tariqasida berish to’g’risida 
ijobiy xulosa berish. 
Loyihaning kerakli hujjatlariga tegishli o’zgartirishlar kiritish va undan 
keyin loyihani qayta ekspertiza qilish uchun taqdim etish. 
Loyihani texnik iqtisodiy asoslashda ko’rsatilgan tadbirlar bo’yicha loyihani 
amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi to’g’risida xulosa berish. 
Tijorat banklarida investitsiya loyihalari ekspertizasi ijobiy bo’lganda, 
loyihani moliyalashtirish uchun kredit berishga kredit qo’mitasi qarori asosida 
rozilik beriladi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə