Educational materials


YILLAR BO’YICHA TAYYOR MAHSULOT SOTILISHI



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   231
Educational materials

YILLAR BO’YICHA TAYYOR MAHSULOT SOTILISHI 
Sizning prognozingiz bo’yicha har yili yil oxiriga borib korxonada 
qoladigan tayyor mahsulot zahirasini ko’rsating? 


 (Masalan, yil davomida korxona 1000 ta mahsulot ishlab chiqardi, yil 
oxirigacha 900 ta mahsulot sotildi, qolgan 100 ta mahsulot keyingi yilda sotiladi. 
Shundan kelib chiqib tayyor mahsulot zahirasi yillik ishlab chiqarish hajmining 10 
foizini tashkil etadi). 
Keltirilgan ma’lumotlar va zahira koeffitsentidan foydalangan holda yillar 
bo’yicha mahsulot sotish jadvalini tuzing. Yuqoridagi jadvalda 0 yil keltirilmagan, 
sababi 0 yilda mahsulot sotilmagan. 
18.4. Yirik investitsiya loyihalarini dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash. 
Loyihalar bo’yicha texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqish, kelishish va 
tasdiqlash. 
Investitsiya loyihasining dastlabki tahlili va samaradorligini baholash 
natijalari dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) va texnik-iqtisodiy asoslashni 
(TIA)ni tayyorlashda qo’llaniladi.
Texnik-iqtisodiy asoslash – bu loyihaning samaradorligi va maqsadga 
muvofiqligini ko’rishga imkon beruvchi boshlanYoich ma’lumotlar, shuningdek 
asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, hisob-smeta, baholash va boshqa 
ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlashtiruvchi hisob-analitik hujjatlar to’plami.
Texnik-iqtisodiy asoslashni loyihaning maqsadliligi yuzasidan olib 
boriladigan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar sifatida ifodalash mumkin.
Investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy maqsadi 
investitsiya loyihalarining milliy valyutadagi kabi xorijiy valyutada ham 
qoplanishini aniqlash hisoblanadi.
Investitsiya loyihasining TIAsini bajarish uchun qarz oluvchi loyihaning 
amalga oshirilishining yuridik, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari 
to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni o’zida mujassam etgan hujjatlar to’plamini 
tayyorlashi lozim. 
Bu hujjatlar to’plami quyidagilardan iborat bo’lishi lozim: 
1.
Qarz oluvchining moliyaviy holati va uning kreditga layoqatliligi. 
2.
Xorijlik hamkorning ish faolligi, moliyaviy ahvoli, tashabbuskorligi. 
3.
Qarz oluvchi korxona qanday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi yoki 
ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, mazkur mahsulotlarning asosiy xaridorlari 
kimlar hisoblanadi.
4.
Ichki bozorda qarz oluvchi korxonaning mahsulot ulushi qanday va u 
jahon bozorida qanday ulushga ega, bozorning qanday sektorlarida o’sish yoki 
o’zgarishlar kutilmoqda. 
5.
Raqobatchilar tomonidan qanday risklar mavjud va mahsulot sotilishi 
uchun kim asosiy javobgar hisoblanadi.
6.
Qarz oluvchi korxonaning va kafolat beruvchi tashkilotning yuridik 
maqomi va tashkiliy tuzilishi qanday. 
7.
Qarz oluvchi korxona malakali, yuqori tajribali, etuk mutaxassis va 
ishchilarga egami, agar ular yo’q bo’lsa, xodimlarni o’qitish kim tomonidan tashkil 
etilgan.


8.
Xorijlik hamkorlar va mutaxassislar tomonidan qanday yordamlar 
qancha vaqt mobaynida ko’rsatilishi lozim bo’ladi, xorijiy mutaxassislarning soni 
va malakaviy darajasi, ular tomonidan ko’rsatiladigan yordam xarajatlari qanday.
Loyihani byudjet yoki byudjetdan tashqari fondlar orqali, markazlashtirilgan 
resurslar, davlat korxonalarining o’z mablaYolaridan to’liq yoki qisman 
moliyalashtirish uchun TIAning tuzilishi majburiy hisoblanadi.
Investitsiya loyihalari samaradorligiga, asosan, boshqa manbalar hisobiga 
moliyalashtirishning TIA tuzilishi to’g’risidagi qarorni investorning o’zi qabul 
qiladi.
TIA loyihani amalga oshirishdan oldin injener-konstruktorlik, texnologik va 
qurilish qarorlarini, muqobil variantlarni taqqoslash va loyihani amalga 
oshirishning aniq usulini aniqlashni o’z ichiga oladi. Unda loyihani amalga 
oshirish bosqichida qabul qilingan texnologik, konstruktorlik, tabiatga zarar 
etkazmaslik va boshqa masalalar aniqlashtiriladi, iqtisodiy samaradorlik, ijtimoiy 
natijalar va loyihaning xavfsizligi to’liq baholanadi.
Oldindan hisobga olinmagan ishlab chiqarish va boshqa ob’ektlarni asoslash 
qurilish joyini tanlashning muhim omillarini va tabiiy shart-sharoitlarni baholash 
asosida amalga oshirilishi kerak. Bu esa investitsiya hajmi va ishlab chiqarish 
xarajatlariga ma’lum bir ta’sirini o’tkazadi.
TIA investorga kelgusi korxonaning moliyaviy barqarorligini va to’lovga 
layoqatliligini tasdiqlash uchun qo’llaniladi. TIA loyihachi va buyurtmachi 
o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish 
uchun litsenziyasi bo’lgan loyihachilar tomonidan ishlab chiqiladi.
TIAni ishlab chiqishning boshlanYoich bosqichida investor (buyurtmachi) 
maqsadlar to’g’risidagi deklaratsiyani tayyorlaydi. U quyidagi ma’lumotlardan 
iborat: 
-
investor va uning manzilgohi; 
-
ob’ektga tavsif (nomlanishi, texnik va texnologik ma’lumotlar, belgilangan 
faoliyatning asoslanishi); 
-
ob’ektni qurishda mehnat va boshqa resurslarga bo’lgan ehtiyoj (kadrlar 
soni va ularni ta’minlash manbalarini, moddiy va xom ashyo, suv va energiya 
resurslariga bo’lgan ehtiyoj); 
-
asosiy uskunalar ro’yxati va ularning qurilish tavsifi; 
-
transport ta’minoti; 
-
ishchilar va ularning oilalarini uy-joy va ijtimoiy-maishiy tomondan 
ta’minlash; 
-
atrof-muhitga bo’lgan ta’siri; 
-
loyihani moliyalashtirish manbalari; 
-
qurilish muddati; 
-
tayyor mahsulotdan foydalanish va boshqalar. 
Deklaratsiya tegishli davlat boshqaruv organlariga yuboriladi va ulardan 
ijobiy xulosani olgandan so’ng TIAni ishlab chiqishga kirishiladi. 
TIAning tarkibi va mazmuni buyurtmachi bilan loyihachi tashkilot o’rtasida 
o’zaro kelishilgan holda qabul qilinadi va shartnomada ham o’z aksini topadi. 
TIAda katta va murakkab ob’ektlarning muqobil variantlarini va investitsiyalarni 


moliyalashtirish manbalarini alohida nazarda tutish kerak hamda soliq 
amortizatsiyasi va kredit siyosatini hisobga olish, iqtisodiy hisob-kitoblar (qurilish 
davri, loyiha quvvati va ekspluatatsiya ob’ektini o’zlashtirish) bajarilishi uchun 
aniq davrni belgilash lozim.
TIA investitsiya loyihasi to’g’risida etarli ma’lumotlarni o’zida aks ettirgan 
bo’lishi lozim. Chunki shu asosda investitsiyalashning maqsadga muvofiqligi 
to’g’risida xulosaga kelish mumkin yoki, aksincha, maqsadga muvofiq bo’lmasa, 
ushbu masala oldindan bartaraf qilinadi. Investitsiyalash va ishlab chiqarish 
xarajatlari, moliyaviy va iqtisodiy daromadlarning qat’iy hisobi faqat dastlabki 
TIAda loyiha andozasi aniq bo’lgan holdagina bajariladi. Loyiha andozasi barcha 
mumkin bo’lgan jihatlar va ular bilan boYoliq masalalarni hisobga olishi kerak. 
Sanoat korxonalarining istalgan turi, hajmi va kategoriyasini qamrab oluvchi 
TIAning yagona bir yondashuvi yoki universal modeli amaliyotda mavjud emas. 
Ko’pincha investitsiya loyihalariga keng ko’lamdagi tavsiyalar qo’l keladi.
TIA mazmuniga ko’ra dastlabki TIAga o’xshash bo’lsa ham, optimal 
tavsiflarga tijorat, texnik, tadbirkorlik risklarini qo’shgan holda investitsiya 
loyihasi takrorlanadigan jarayon yo’li bilan puxta ishlab chiqilishi kerak. Agar 
loyihaning puxtaligi yoki uning foydaliligini asoslash ishonchli bo’lmasa, 
ko’rsatkichlar chuqurroq tahlil qilinishi lozim, kerak bo’lsa, loyiha maqsadga 
muvofiq bo’lishi uchun o’zgartirilishi ham mumkin.
Shunday qilib, har bir investitsiya loyihasi TIA bosqichida mumkin bo’lgan 
tijorat, texnik, tadbirkorlik va boshqa risklar nuqtai nazaridan batafsil ishlab 
chiqilishi va takomillashtirilishi kerak. Bundan tashqari, kelgusida korxonaning 
zararlarini yo’qotish yoki hech bo’lmaganda qisqartirish (kamaytirish) uchun 
investitsiya loyihasi chuqur tahlil qilinishi zarur.
Chet el mamlakatlarining tajribasini, xususan, YuNIDO (United Industrial 
Development Organization) tajribasini hisobga olgan holda investitsiya loyihalari 
TIAsining taxminiy tarkibiy tuzilishini keltiramiz: 
-
loyihaning asosiy g’oyasi va shart-sharoitlari; 
-
bozor tahlili va marketing strategiyasi; 
-
resurslar bilan ta’minlanganlik; 
-
investitsiya ob’ektining joylashish joyi, qurilish maydoni va atrof-muhit; 
-
loyihalashtirish va texnologiya; 
-
korxonani tashkil qilish va ustama xarajatlar; 
-
mehnat resurslari; 
-
investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonini rejalashtirish; 
-
moliyaviy tahlil va investitsiyalarni baholash
-
rezyume – TIAning qisqacha mazmuni.
Ammo 
hozirgi 
zamon 
amaliyotida 
tijorat 
banklari 
(kreditorlar) 
tadbirkorlardan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashlarini ishlab 
chiqishni biroz o’zgacha tartibda, keng mazmunda va yuqori sifat bilan 
tayyorlangan bo’lishi lozimligi talab qilmoqdalar.


Mazkur talablar asosida ishlab chiqiladigan TIAlar quyidagi murakkab tartib 
va mazmunda, lekin tushunarli, o’zaro boYoliqlikda (bo’limlardan iborat) bo’lishi 
lozim:
1.
Kirish.
Ushbu bo’limda qarz oluvchi korxona kimga tegishli va u qanday faoliyat 
turi bilan shuYoullanishi, uning boshqarish va moliyaviy ahvoli, bozor segmenti 
qandayligi, kimlar xorijiy hamkorlar hisoblanishi (agar mavjud bo’lsa), korxonani 
kimlar boshqarishi va ushbu sohada ularning boshqarish tajribasi qay darajadaligi, 
korxona ishchilari soni va tarkibi, korxonaning biznes-rejasi mavjudligi va uning 
kelgusidagi strategiyasi, ko’zda tutilayotgan investitsiyalarning qanday ko’rinishda 
va maqsadlarda ishlatilishi, loyihada yana boshqa qanday ishtirokchilar qatnashishi 
va ularning moliyaviy qo’yilmalari qanday ko’rinish kasb etishi kabilar batafsil 
yoritilishi lozim. Bundan tashqari, korxonaning oxirgi ikki yillik hisobot 
ma’lumotlari, sotish hajmi, shuningdek eksport miqdori hamda yaqin ikki-uch 
yillik rivojlanish rejasi o’z aksini topgan bo’lishi kerak.
2.
Loyihadagi operatsiyalar. 
Mazkur bo’limda loyiha muhokamasi, uning faoliyat sohasi va mantiqiy 
ifodasi (asoslanishi), amalga oshirish chora-tadbirlari, loyihaning yangiligi yoki 
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun mo’ljallanganligi, agar ishlab chiqarishning 
kengaytirilishi nazarda tutilgan loyiha bo’lsa, uning chiqaradigan mahsulotlari, 
quvvati, zaif tomonlari, kengaytirishdan ko’zlangan maqsad va boshqalar to’liq 
keltirilgan bo’lishi lozim.
3.
Loyihaning afzalliklari va foydaliligi. 
Bu bo’lim qo’shimcha ishchi kuchini tashkil etish, ekologik ahvolni 
yaxshilash, mamlakat eksport salohiyatini ko’tarish, qimmatli yoqilYoi importiga 
ehtiyojmandligini (boYoliqlikni) kamaytirish, import mahsulotlari o’rnini bosuvchi 
tovarlarni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni kengaytirish va sifatini oshirish, 
yangi texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy boshqaruv tizimini tadbiq etish, 
resurslar va energiyalar sarfini tejash nuqtai nazaridan loyihaning mahalliy ishlab 
chiqarish va iqtisodiyot uchun muhimligi jihatidan samaradorligini ochib berish 
vazifasini o’taydi.
4.
Loyiha ta’sischilari va homiylari. 
Ushbu bo’lim mazmuni qarz oluvchi korxonaning yuridik nomlanishi va 
manzili, bank rekvizitlari, telefon, teleks va fakslari, tashkil etilish vaqti, 
mulkchilik shakli, rahbarlari, xizmatchilar ro’yxati va tajribasi, ta’sischilar va 
homiylar ish faoliyatining tajribalari to’g’risidagi ma’lumotlar, yillik tovar oboroti, 
aktsiyadorlik kapitali, moliyaviy imkoniyatlari, ko’zda tutilgan moliyaviy 
qo’yilmalar va risklar, xorijiy hamkorlarning loyihada ishtirok etishining mantiqiy 
asoslanganligi (agar mavjud bo’lsa) va ta’sischilarning so’nggi ikki yillik 
daromadlari va xarajatlari to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari hamda auditorlik 
firmalari xulosalari bilan ifodalanadi.
5.
Loyiha bo’yicha bitimlar (shartnomalar) qiymati. 


 Tomonlar o’rtasida tuzilgan bitimda uning qiymati, bitim qiymatining 
asosliligi, ya’ni xarajatlarning er, uskuna xodimlarni o’qitish, qurilish-montaj 
ishlari, talab qilingan aylanma kapital va boshlanYoich xarajatlarga bo’linishi 
hamda ularning bahosi, xarajatlarning milliy va xorijiy valyutada qiymati va 
tuzilishi, investitsiya xarajatlari kabilar mukammal tarzda aks ettirilgan bo’lishi 
zarur. 
6.
Loyihaning moliyalashtirish rejasi. 
Moliyalashtirish rejasida moliyalashtirishning tarkibiy tuzilishi to’g’risidagi 
boshlanYoich tasavvurlar, kreditlar, mahalliy va xorijiy qarzlar hamda xususiy 
mablaYolarni olish manbalari, loyihaning likvidliligini ta’minlash uchun talab 
etiladigan muddat va shart-sharoitlar, ya’ni kreditlarning qaytarilishi va qo’yilgan 
mablaYolarning qoplanishi uchun talab etiladigan vaqt va shartlar, moliyaviy 
rejalarda aniqlangan etishmovchiliklar aniq mazmunda va tartibda bayon etilishi 
kerak. 
7.
Loyihadagi xom ashyo va boshqa xarajatlar. 
Loyiha bo’yicha xom ashyo va materiallar xarajatlari va ularning bozori, 
resurslar bozorining joylashuvi va hajmi, xom ashyo va resurslarni etkazib 
beruvchilar, ularning ishonchliligi va sifatli xizmati, xom ashyolarning sifati va 
milliy va xorijiy valyutadagi baholari, xom ashyo va materiallar bilan 
ta’minlashdagi ko’zda tutilgan risklar, ularni etkazib berish sxemasi, shartlari va 
xarajatlari, xom ashyolarning bevosita yoki vositachilar orqali sotib olinishi hamda 
resurslar bozori marketingi tadqiqotlari, asosiy ishlatiluvchi xom ashyolar va 
ularning zahiralari ko’rsatilishi zarur.
8. Loyiha bo’yicha tovar va xizmatlar. Sotish bozorlari. 
TIAning mazkur bo’limi etkazib beriluvchi tovar va xizmatlarning 
raqobatbardoshligi, asosiy sifat ko’rsatkichlari va ularning xalkaro standartlarga 
javob berishi, afzalligi, qadoqlashning o’ziga xos xususiyatga egaligi, tovar 
xizmatini tashkil etish, mahsulotning ichki va tashqi bozorlardagi harakati, korxona 
tovarlari va xizmatlari bo’yicha sotish bozorining holati, bozor joylashuvi, 
iste’molchilar turlari, korxonaning bozordagi ulushi, mahsulotga bo’lgan talabning 
o’sishiga ta’sir etuvchi omillar, raqobatchilar, marketing rejasi, tovarlarning 
bozorda joylashtirilish sxemasi (xususiy do’konlari, ulgurji tijorat tashkilotlari va 
maxsus iste’molchilar), narxni shakllantirish, reklamani tashkil etish va reklama 
xarajatlari, mijozlarga xizmat ko’rsatishni tashkil etish shartlari va imkoniyatlari 
hamda yuz berishi mumkin bo’lgan risklar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan 
boyitilgan bo’lishi lozim.
9.
Loyihaning tashkiliy masalalari. 
Bunda korxonaning tashkiliy sxemasi va tuzilishi, boshqaruv tizimi, ta yyor 
malakali mutaxassis va ishchilarning mavjudligi, agar yo’q bo’lsa, ularni 
o’qitishning tashkiliy ijrosi, xorijiy hamkorlar yoki mutaxassis xodimlar 
tomonidan ko’rsatiluvchi kerakli yordamlar va ularning sifati, muddati va 


xarajatlari, xodimlarning loyihani qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish yo’lida 
samarali va ishonchli ish yuritishlarini tashkil etish uchun kerakli bo’lgan 
dasturlarga boYoliq ma’lumotlar to’plami tahliliy asosda tashkil etilgan bo’lishi 
lozim. 
10.
Loyiha bo’yicha mulk va uskunalarni suYourtalash. 
TIAning ushbu bo’limida loyiha bo’yicha barcha mulk va uskunalarni 
suYourtalash bo’yicha tuzilgan shartnoma shartlari, muddati, shakli, summasi, 
suYourtalovchi tashkilot va uning faoliyati, imidji (obro’si) to’g’risidagi ma’lumot, 
suYourtalanayotgan mulk va uskunalarning to’liq tarkibiy elementlari va shu 
kabilar ifodalangan bo’lishi zarur. 
11.
Loyiha bo’yicha atrof-muhitni muhofaza qilishga doir ma’lumotlar. 
Loyihaga boYoliq holdagi atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari 
ob’ektning joriy va tarixiy holati va uning atrof-muhitga ta’siri, atrof-muhit 
to’g’risidagi ma’lumotlarning mavjudligi, loyiha bo’yicha atrof-muhitga salbiy 
ta’sir ko’rsatishlarni kamaytirish uchun qo’llanilishi ko’zda tutilgan texnologik 
usullar, qarz oluvchining atrof-muhit bo’yicha umumiy siyosati, baxtsiz hodisalar 
va «fors-major» holatlarida atrof-muhit uchun salbiy oqibatlarning kelib chiqish 
risklari kabilar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining loyiha bo’yicha 
ekspertiza xulosalari asosida hal etilgan bo’lishi lozim.
12.
Loyiha bo’yicha qonun va qoidalar. 
Loyihani amalga oshirish va u bo’yicha tegishli shartnomalarni tuzishda 
mavjud qonun va qoidalarga hamda tegishli yuqori tashkilot organlarining 
ruxsatnomalariga va atrof-muhitni muhofaza qilish tartiblariga qat’iy amal 
qilinilishi, agar korxona tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shuYoullanadigan bo’lsa, u 
holda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentlikdan, agar qo’shma korxona bo’lsa, Moliya 
vazirligidan ro’yxatdan o’tganligi, agar korxona faoliyat turi maxsus litsenziyalarni 
talab etsa, unda tegishli litsenziyalarga egaligi kabilar ko’zda tutilgan bo’lishi 
lozim.
13.
Loyiha bo’yicha texnologiya va uskuna. 
Bu bo’limda ko’zda tutilgan uskuna va texnologiyani olish manbasi, etkazib 
beruvchi firma, ixtisoslashgan firma va ular to’g’risida qisqacha ma’lumot 
(manzili, rahbarlari, ish tajribasi, telefon raqamlari va fakslari), etkazib berish 
shartlari va kafolatlari, uskuna va texnologiyaning ishonchliligi, uskuna va 
texnologiyalarni etkazib beruvchi tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar, ularning 
energiya va boshqa resurslarni iste’mol qilishlik darajasi, texnologik 
kommunikatsiyaning saviyasi, ishlab chiqarish sifati va jarayoni, texnologiya va 
uskunaning raqobatbardoshligi va ularning xalqaro standartlarga sifat jihatdan 
mosligi, bahosi, talab etiladigan ishlab chiqarish maydoni va binosi, ularning 
tayyorliligi, texnologiya va uskunalarning mahalliy xom ashyolarga mos kelishi, 
shartnoma mavjudligi holatida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi ekspertizasi 
xulosalari, uskuna va texnologiyaning muqobil variantlari bilan taqqoslanganligi 
va afzalligi asoslanganligi, ularning texnik hujjatlari, kadrlarni o’qitish va «nou-


xau», qurilish-montaj ishlari qiymati, ehtiyot qismlar va tashish xarajatlari qiymati 
kabilar mufassal ko’rsatilishi kerak.
14.
Loyihani kreditlashda banklarning o’rni. 
Mazkur bo’limda loyihani amalga oshirishda uni moliyalashtiruvchi 
bankning o’rni, uning bir o’zi yoki boshqa kreditorlar bilan birgalikda qarz 
oluvchiga kreditni taqdim etishi, bank tomonidan o’rnatilgan shart-sharoitlar, 
talablar va qarz oluvchi bilan tuzgan shartnomasi, kredit uchun taqdim etilgan 
garovlar yoki mulkning suYourtalanganligi, maslahat xizmatlari, uskunaning lizing 
asosida taqdim etilishi, ustav kapitaliga kiritilayotgan investitsiyalar qisqa, lo’nda 
va mukammal ma’lumotlar to’plami asosida tayyorlanishi lozim. 
15.
Loyiha bo’yicha kafolatlar. 
Unda kafolat turlari: mulk, uskuna, tovarlar, kafolat xati, suYourtalangan 
kreditlar va shu kabilar ko’rsatilishi zarur.
16. Loyiha quvvati va uning yillar bo’yicha o’zlashtirilishi.
Bunda loyiha quvvatining nimaga asoslanib baholanganligi va ishonchliligi, 
uning yillar bo’yicha o’zlashtirilish bosqichi va muddati, ishlab chiqariladigan 
mahsulotlarning sotuvchilar bilan birgalikda rejalashtirilganligi kabilar tahliliy 
asosda aks ettirilgan bo’lishi talab tiladi.
17. Loyihadagi tayyor mahsulotning yillar bo’yicha sotilishi.
TIAning mazkur bo’limida mahsulotning ichki va tashqi bozorda sotilish 
tarkibi va tuzilishi, ularning baholari va olinadigan tushumlar, korxonada har 
yilning oxiriga qoldirilishi mo’ljallangan tayyor mahsulot zahiralari (kunlarda), 
sotiladigan mahsulot turlari va mahsulotlarning yillar bo’yicha sotilish hajmi rejasi 
ishlab chiqilgan bo’lishi shart.
18. Loyiha bo’yicha xarajatlar. 
Xarajatlar tarkibi mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo’lgan 
ma’lumotlar tarkibidan tashkil topgan holda ularning xom ashyo va materiallarga, 
ishchilar va ijtimoiy suYourta va boshqa ajratmalarga, elekt energiyasi, gaz, suv va 
shu kabilarga, amortizatsiya ajratmalari, umumishlab chiqarish xarajatlariga, 
zahiralarga, reklama va transport xarajatlariga hamda sotish xarajatlariga ajratilishi 
bilan yillar bo’yicha ketma-ketlikda va o’zaro aloqadorlikda ifodalanishi jadval 
ma’lumotlari asosida bajarilishi lozim. 
19. Loyiha bo’yicha kredit to’lovlari va foizlarning yillar bo’yicha hisob-
kitobi. 
Hisob-kitob ishlaridan avval kreditlash shartlarini, ya’ni kredit taqdim 
etilish muddatini, kreditning davriyligi – qaytarilish shartlari, foizlarning 
qaytarilish shartlari va foiz stavkalari o’zgarishini bilib olish zarur. Shu asosda 
loyihada asosiy qarzlar va ular bo’yicha foizlarning yillar bo’yicha davriy 
hisoblanish va to’lanish rejalari jadval ko’rinishida aks ettirilishi lozim.
20. Loyiha bo’yicha daromadlar jadvali.
Avvalgi hisob-kitob ma’lumotlari asosida daromadlarning yillar 
bo’yicha tashkil topish rejasi jadval ma’lumotlari orqali aks ettiriladi. Daromadlar 
umumiy holda hamda alohida mahsulot turlari bo’yicha ichki va tashqi bozorda 


sotilishi hisobiga hosil qilinishi nuqtai nazaridan ham milliy, ham xorijiy valyutada 
aks ettirilishi zarur. Bunda daromadlar sotishdan tushgan tushumdan umumiy 
xarajatlarni, foizlarni va soliqlarni to’lash ketma-ketligi va ularning natijasi sifatida 
olingan sof foyda ko’rinishida ifodalanishi lozim.
21. Loyiha bo’yicha joriy aktivlar va passivlarning, aylanma kapital 
(ishchi kapitali)ning hisob-kitobi. 
Ushbu ma’lumotlarning barchasi jadvalli ko’rinishda, umumiy holda 
yillar bo’yicha tuzilishi lozim. Bunda ularning alohida bandlari bo’yicha tegishli 
ma’lumotlar tushunarli tarzda aks ettirilishi, ya’ni kelib tushishi kutilayotgan 
tushumlar, debitorlik qarzlari, tayyor mahsulot zahiralari, joriy aktivlar, kreditorlik 
qarzlari, joriy passivlar, sof ishchi kapitali va ularning o’zgarishi o’zaro boYoliqlik 
asosida berilgan bo’lishi shart.
22. Loiyha bo’yicha pul oqimi hisob-kitobi. 
Mazkur hisob-kitob yuqorida olingan ma’lumotlar asosida amalga 
oshiriladi. Unda soliq va foizlarni to’lagungacha daromadlar va amortizatsiya 
ajratmalari, ishchi kapitalidagi o’zgarishlar, faoliyat bo’yicha pul oqimi, 
moliyalashtirish manbalari (kreditlar, o’z kapitali va boshqalar), kredit uchun aosiy 
qarz va u bo’yicha foiz to’lovlari, soliq to’lovlari, taqsimlanmagan foyda, 
investitsiyaga yo’naltirilgan mablaYolar (foydadan ajratilgan), taqsimlash fondlari, 
dividendlar va sof pul oqimi ma’lumotlari ketma-ketlik va tartib asosida, jadval 
ko’rinishida rejalashtirilgan yillar bo’yicha ishlab chiqilishi zarur.
Loyihaning TIAsi yuqorida ko’rsatilgan tartib va bo’limlar asosida amalga 
oshirilishi loyihaning yuqori sifat darajasini ta’minlashga xizmat qiladi va u qarz 
oluvchilarga ham, qarz beruvchilarga ham muayyan iqtisodiy samaraga erishishga 
imkon beradi. 
Lekin shunday hollar ham kuzatilishi mumkinki, qarz oluvchilarning loyiha 
TIAsini tayyorlashdagi bilim va tajribalarining etishmasligi, maxsus investitsion-
konsalting va injiniring kompaniyalari xizmati doirasining torligi sababli 
TIAlarning sifatsiz tayyorlanish hollari kuzatilishi mumkin. Undan tashqari, ayrim 
hollarda TIA bo’yicha hisob-kitoblarning bir tomonlama ishlab chiqilishi 
loyihaning amalga oshirilish imkoniyatlarini qisqartirishi mumkin.
Shu sababdan investitsiya loyihalari bo’yicha TIAlarni tayyorlashda kredit 
muassasalari, loyiha tashabbuskorlari, konsalting va injiniring firmalarining o’zaro 
hamkorlik qilish tizimini takomilashtirish, TIAda loyiha ishtirokchilarining o’zaro 
kelishilgan manfaatlarini ta’minlashga erishish va uning hayotiyligini yuzaga 
chiqarish masalalarini hal etish, nafaqat, TIAlarning sifatida, shuningdek 
investitsiya loyihasining yuqori samaradorlikka erishishida muhim ahamiyatga 
egadir.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə