Boshqaruv riski
– bu ishlab chiqarish riskining bir turi bo’lib, boshqaruvchi
shaxsning tajriba va malakasini etarli darajada emasligi natijasida ro’y beradi.
Ayrim hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha faza va
bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog’liq risklar
tushuniladi.
Boshlang’ich narx
- buyurtmachi tomonidan yoki uning buyurtmasi
bo’yicha jalb etilgan tashkilot tomonidan aniqlanadigan tanlov savdolari
predmetining hisoblab chiqilgan qiymati;
Buyurtmachi
- qurilish ishlariga buyurtma beruvchi va tenderni
chakiruvchi, buyurtmalovchi yuridik shaxs;
Valyuta riski
- bir valyutaning boshqasiga nisbati bo’yicha kursning
o’zgarishi bilan bog’liq valyuta yo’qotilishi xavfi sifatida namoyon bo’ladi.
Garov ta’minoti
- kredit summasining 120 foizidan kam bo’lmagan
miqdorda, hukumat va uchinchi shaxslar kafolatlari, sug’urta polislari, asosiy
vositalar, bino va inshootlar (baholangan qiymatining 70 foizigacha miqdorida),
asbob-uskunalar (baholangan qiymatining 60-70 foizi miqdorida) bo’lishi lozim.
Daromad solig’i
– fuqarolarni bir yil davomidagi yalpi daromadidan
olinadigan majburiy to’lov (soliq).
Daromadlilik indeksi (
profitobility index, PI
) –
investitsiya loyihasining
diskontlangan daromadlarining diskontlangan investitsiya harajatlariga nisbati
tushuniladi, bu ko’rsatkich investorning 1 so’m sarf qilgan investitsiyalariga necha
so’m daromad kelishini aniqlab beradi.
Daromadlilikning pasayishi riski
– qo’yilmalar, kreditlar, portfelli
investitsiyalar bo’yicha foizlar va dividendlar miqdorining kamayishi natijasida
yuzaga keladi, daromadlilikning pasayishi risklari o’z ichiga foiz va kredit
risklarini qamrab oladi.
Deflyatsion risk
- deflyatsiyaning o’sishi holatida baho darajasining
tushishi, daromadlarning pasayishi, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun shart-
sharoitning yomonlashuvi sodir bo’ladi.
O’QUV MATERIALLARI
322
Dostları ilə paylaş: |