Educational materials


Bank kapitalining etarlilik darajasi



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   231
Educational materials

Bank kapitalining etarlilik darajasi
– jami kapitalning riskka tortilgan 
aktivlarga nisbati bo’lib, u xalqaro Bazel kelishuviga ko’ra kamida 8% ni tashkil 
etishi kerak. 
Banklar likvidligi
– banklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga 
aylanish qobiliyati. Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o’sishini 
moliyalash bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag’lari darajasining pasayishini 
samarali boshqarishni ham bildiradi. 
Bankning o’z kapitali
- bank vaqtinga jalb qilgan qarz mablag’laridan 
farqli o’laroq, bevosita bankning o’ziga tegishli bo’lgan mablag’lardir. 
Bankrot
qarzdorlik, nochorlik, tadbirkorning o’z qarz majburiyatlari 
bo’yicha mablag’i bo’lmaganligi uchun to’lashdan bosh tortishi. 
Bankrotlik riski 
– tadbirkor tomonidan xususiy kapitalini butkul yo’qotish 
xavfi bilan bog’liq risklar. 
Barqarorlik 
– narsa va hodisalarga xos muayyanlikni ifodalaydi. 


O’QUV MATERIALLARI 
321 
Biznes
– ingilizcha so’z bo’lib, foyda olishga qaratilgan (ehtiyoj va 
muhtojlikni qondirish natijasida) tadbirkorlik faoliyatini anglatadi. 
Biznes-reja
– investitsiya loyihasiga oid xujjat hisoblanib, loyihaning 
imkoniyatlarini, xarajat va daromadlarini asoslash va baholashga, loyihaning
moliyalashtirish manbalari va real pul oqimini hisob-kitob kilishga xamda 
loyihaning zararsizligini, o’zini-o’zi qoplashini va boshqa ko’rsatkichlarni 
aniqlashga imkon beradi. Biznes-reja investorni o’zi yo’naltirayotgan 
investitsiyalarni samarali bo’lishiga ishonch hosil qilishiga mo’ljallangan. 
Bosh loyihalashtiruvchi
- bu loyihaning smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi 
tashkilot bo’lib, xalqaro tajribalarda bular arxitektor va injenerlar ham bo’lishi 
mumkin.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə