|
Educational materialsEducational materialsKonstruktsion risk
– bu investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga
oshmaslik riskidir. Bu loyiha xujjatlarini ishlab chiquvchilarning xatolari,
xujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo’lgan ma’lumotlarni etarli yoki aniq emasligi
natijasida ro’y berishi mumkin.
Kon’yunktura
– bu bozorda ma’lum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy
holatdir (asosan talab hamda taklif nisbati va u bilan bog’liq bo’lgan narxlar
darajasi orqali yuzaga keladi).
Korporativ loyihaviy moliyalashtirish
- investitsion loyihasining moliya
manbasi kompaniyaning o’z mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
Korxonalarga preferentsiya berish –
milliy iqtisodiyotda faoliyat
ko’rsatuvchi korxonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida ular tomonidan
ishlab chiqarishga chet eldan olib kiradigan xom-ashyo va materiallar, yarim
tayyor mahsulotlar, shuningdek asbob-uskunalarni olib kirishda boj to’lovlari va
boshqa jarayonlar bo’yicha engilliklar (imtiyozlar) berilishi.
Korxonaning innovatsion salohiyati
– korxonaning yangiliklarni joriy
qilish yordamida bozor sharoitlarida faoliyatning samaradorligini oshirish
maqsadida korxonaning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan rivojlanish
qobiliyati. Korxonaning innovatsion salohiyati tashkilotning ichki innovatsiya
jarayonidagi barcha bosqichlarning (ijtimoiy mehnat va resurslarning sarf
me’yorlari asosida) bir maromda kechishiga imkon beradi.
Kredit
– jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo’sh
mablag’larlarini bir joyga jamlab, ularni ma’lum bir tamoyillar asosida berish
jarayonida vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar majmui.
Kredit riski
– bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor
bankka kredit shartnomasi bo’yicha to’lov majburiyatlarini to’liq yoki umuman
to’lay olmaslik riski. Bu risk asosan loyihani moliyalashtirishda loyihani
kreditlovchi bankning riskidir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|