Educational materials



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   231
Educational materials

Investitsiya jarayoni
- pul taklif qiluvchilar (vaqtincha bo’sh mablag’larga 
ega bo’lganlar) ni pul talab qilayotganlar (ularga ehtiyoj sezayotganlar) bilan 
uchrashtirish mexanizmidir; 
Investitsiya jarayoni ishtirokchilari.
Investitsiya jarayonining bosh 
ishtirokchilari – davlat, kompaniyalar va xususiy shaxslar bo’lib, ularni har biri 
investitsiya jarayonida talab tomonida, yoki hamda taklif tomonida turib ishtirok 
etishi mumkin; 
Investitsiya institutlari – 
bu qimmatli qog’ozlar bilan o’z faoliyatini asosiy 
faoliyat sifatida amalga oshiruvchi qimmatli qog’ozlar bozorining professional 
ishtirokchilaridir; 
Investitsiya kompaniyasi -
qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan shaxsiy 
qog’ozlarni bosib chiqishni tashkil etuvchi, ularni joylashtirish, oldi-sotdisini o’z 
nomidan va hisobiga amalga oshiruvchi yuridik shaxs. 
Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholash usullari – 
bu uzoq muddatli kapital qo’yilmalarni kelajakda qoplanishini va foydaliligini 
baholash maqsadida turli ob’ektlarga ularni kiritishning maqsadga muvofiqligini 
aniqlash yo’llaridir. 
Investitsiya loyihasi (loyiha)
- iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko’rish 
maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida 
amalga oshiriladigan o’zaro bog’liq tadbirlar va ishlar kompleksi;
Investitsiya sub’ektlari
- investitsiya faoliyatida ishtirok etuvchi mulkiy va 
intellektual boyliklarga ega bo’lgan jismoniy, huquqiy shaxslar va davlatdir;
Investitsiya faoliyati - 
bu iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga 
resurslarning kapitallashuvini ta’minlash va foyda (daromad) olish maqsadida 
investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni turli shakllarda qo’yish bilan 
bog’liq bo’lgan barcha amaliy harakatlari yig’indisidir.


O’QUV MATERIALLARI 
324 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə