Diversifikatsiya
– (lotinchadan diversus- har xil va facere-qilmoq,
bajarmoq)
–
ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni
sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini
kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko’paytirish.
Dividend
– aktsioner jamiyati sof foydasining bir qismi, aktsionerlarga
daromadlar naqd pul yoki aktsiyalar bilan to’lanadi.
Jahon bozori kon’yunkturasi
–
j
ahon tovar bozorlaridagi sotish sharti,
ushbu bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o’zgarish
tendentsiyalari.
Zararsizlik nuqtasi
– mahsulotni sotishdan tushgan tushumning sotilgan
mahsulot tannarhiga teng bo’lgandagi grafik nuqtani anglatadi. Bunda eng asosiy
maqsad harajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish hajmini
aniqlashdan iborat. Harajatlarni qoplash uchun zarur bo’lgan sotish hajmi maxsus
nuqtani tavsiflaydi, ya’ni u ishlab chiqarish hajmining kritik nuqtasini ifodalaydi.
Bunda korxona foyda ham olmaydi, zarar ham ko’rmaydi, ya’ni mahsulot
sotishdan tushgan tushum mahsulotning to’liq tannarhiga (harajatlarga) barobardir.
«Zararsizlik nuqtasi»dagi sotishdan tushgan tushum o’zini zararsiz sotish qiymati
sifatida namoyon etadi, mahsulot birligi esa bu holatda zararsiz sotish bahosi
hisoblanadi.
Iqtisodiyotning real sektori
– iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar
ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq sohasi bo’lib, u o’z ichiga
sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.
Iqtisodiy inqiroz
– iqtisodiyotning davriy tebranishlaridagi o’zgarish bo’lib,
ular tovar va xizmatlarga bo’lgan yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi
nomutanosiblik, makroiqtisodiy muvozanatning buzilishi oqibatida vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: |