Educational materials


Institutsional investorlar



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/231
tarix28.11.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#136976
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   231
Educational materials

Institutsional investorlar
- mutaxassislar bo’lib, ularga begonalarning 
pulini boshqargani uchun haq to’laydilar;
Inflyatsiya – 
pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy 
valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o’sishi. 
Inflyatsiya darajasi – 
ma’lum vaqt ichida (oy, yil) baholar darajasining 
foizdagi o’zgarishi. 
Infratuzilma
– tovar ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab 
chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari kompleksi: yo’llar, aloqa, transport, 
maorif, sog’liqni saqlash. 
Ishlab chiqarish infratuzilmasi – 
ishlab chiqarishning rivojlanishi uchun 
tashqi shart-sharoitlarni ta’minlovchi tarmoqlar majmui bo’lib, o’z ichiga temir va 
avtomobil yo’llari, elektr, gaz va suv ta’minoti, aloqa kommunikatsiyalari, ombor 
xo’jaligi va boshqalarni oladi. 
Ishlab chiqarish riski –
bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni 
yuzaga kelish riski. Bu risk ishlab chiqarish davomiyligining buzilishida, 


O’QUV MATERIALLARI 
325 
ob’ektning loyihaviy quvvatga erishmasligida, qo’shimcha ishlab chiqarish 
harajatlarida namoyon bo’ladi. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash 
– ishlab chiqarishni zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan 
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; 
ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy 
resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini 
pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy 
etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. 
Ishchi loyiha
- cheklangan qiymat va ish hujjatlariga ega bo’lgan asosiy 
texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan tasdiqlanadigan qismdan iborat hujjat. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə