Educational, natural and social sciences



Yüklə 84,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix22.03.2024
ölçüsü84,37 Kb.
#182380
1   2   3   4   5   6   7
Xavfsizlik

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
O‘simliklar yoki hayvonlarni ishlab chiqaradigan barcha korxonalar ishlab 
chiqarilgan, qayta ishlangan, import qilingan yoki tarqatilgan oziq-ovqat 
mahsulotlarining oziq-ovqat xavfsizligi talablariga muvofiqligi uchun javobgardir. 
Belgilangan shartlarga mos kelmaydigan mahsulotlarni bozordan olib chiqib ketishi 
va ushbu masala bo‘yicha rasmiy hokimiyatni xabardor qilishi kerak. Barcha oziq-
ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar ishlashga ruxsat olishlari, 
shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va 
chorvachilik vazirligidan ishlab chiqarishga ruxsat olishlari shart. Ishlab chiqarilgan 
har qanday oziq-ovqat mahsulotlari oziq-ovqat xavfsizligi talablariga javob berishi 
kerak. Bundan tashqari, korxonalar izlanishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan 
yozuvlarni yuritishi, HACCP Xavfni tahlil qilish va muhim nazorat punktlari 
tizimining asosiy talablarini amalga oshirishi, xodimlarni gigiena bo‘yicha o‘qitishi, 
mahsulotlarning oziq-ovqat xavfsizligi va sifatiga muvofiq ishlab chiqarilishini 
ta’minlashi kerak, qisqasi iste’molchiga xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini taklif 
qilishi kerak.
Oziq-ovqat korxonalarida mahsulot xavfsizligi va sifatini boshqarish tizimiga 
yagona xalqaro talablaring mavjud emasligi ISO 22000 seriyali “Oziq-ovqat 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1068 
w
uz
www.oriens.
March
2022
 
mahsulotlarining xavfsizlik menejmenti tizimi. Yetkazib berish zanjirining 
barchasiga talablar”ni ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi va u 2005-yilning 
sentabridan amalga kiritilgan. ISO 22000 HACCP va ISO 9001:2015 standartini 
birlashtiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini boshqarish tizimini bayon etib, 
bir vaqtning o‘zida GMP (yaxshi ishlab chiqarish tajribasi) dastlabi shartlar dasturini 
birlashtiradi va tushunchalariga izoh beradi. Ushbu standartda asosiy e’tibor oziq-
ovqat mahsulotlari xavf-xatar chiqaruvchi, xavf-xatarlarni samarali boshqarish va 
tizim jarayonlari modernizatsiyalash yo‘li bilan xaridorlarni qanoatlantirishga 
qaratilgan. Ayni paytda hujjatlarning tuzilmasi bu tizimni sifat menejmenti va atrof 
muhitni himoyalash tizimlarga qulay birlashtirish imkonini beradi. Oxirgi tadqiqotlari 
shuni ko‘rstadiki, ISO 22000 seriyali standart juda ommabop bo‘lib, oxirgi 2 yilda bu 
standart bo‘yicha sertifikatlashtirilgan korxonalar 3 martaga ko‘paygan. Sifat 
menejment tizimini joriy qilgan korxonaning ko‘rsatkichlari o‘sishi quyidagi jadvalda 
keltirilgan. 
№ 
Komplekslar nomi 
Ishlab chiqiladigan standartlar soni 
Jam

2016-

2017-

2018-

2019-

Jami 
174 
76 
42 
21 
35 

Qishloq xo‘jaligi va qayta 
ishlash 
71 
63 
19 



Mashinasozlik 
43 
13 
13 



Ijtimoiy soha 
10 





Kommunal 
soha 
va 
transport 






YEK (TEK) 
28 
14 




Ta’lim, madaniyat va sport 






AKT 





Hozirgi kunda O‘zbekistonda sifat menejmenti tizimiga talablarni o‘rnatuvchi 
O‘z DSt ISO 22000:2010 “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejementi tizimi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish zanjirida qatnashuvchi tashkilotlarga talablar” 



Yüklə 84,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə