4. Aholining turmush darajasini oshirish mexanizmi
Turmush darajasini ifodalash uchun mutlaq va nisbiy qashshoqlik
ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Mutlaq qashshoqlik-daromadning umuman
yo’qligi yoki shaxs (oila)ning minimal turmush ehtiyojlarini qondirish uchun
zarur daromadining yo’qligi. Mutlaq qashshoqlik ko’proq daydilar,
boshpanasizlar va shu kabilar orasida uchraydi. O’zbekistonda nisbiy
qashshoqlik yashash minimummidan kam bo’lgan daromad miqdori bilan
aniqlanadi. Jahon amaliyotida esa bu ko’rsatkich mamlakat bo’yicha o’rtacha
daromadning 40-60 foizidan kam bo’lgan daromadlarga nisbatan qo’llaniladi.
Aholi daromadlari-bu aholi yoki uning oila a’zolari tomonidan ma’lum davr
ichida olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va natural mablag’lar yig’indisidir.
Daromadlar pul va natural shaklda bo’lishi mumkin. Aholining pul
daromadlari mehnatkashlar uchu nish haqi hisobidagi barcha pul mablag’lari
tushumi; pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan foiz, dividentlar,
foyda, renta ko’rinishidagi daromadlar; aktsiyalar, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas
mulk; chorva hayvonlari, tomarqa xo’jaligi mahsulotlari, turli buyumlar va
boshqa tovarlari sotishdan tushadigan pul tushumlari, turli xizmatlar ko’rsatish
uchun haqLar va hokazolardan tashkil topadi.
Ish haqi ko’pchilik aholining asosiy daromadi. Rivojlangan mamlakatda jami
daromadlarning 70-80 foizini ish haqi tashkil etadi. Ish haqi –yollanib
ishlovchilarning ishlab topgan daromadi, ishlovchilar va ularning oilasini boqish
uchun ketadigan tirikchilik voistalarini xarid eti shva pul jamg’armasini hosil
qilish uchun ishlatiladi. Ish haqi uch qichmdan tashkil topadi:
1.Asosiy ish haqi.
2.Mukofot tarzidagi (bonus) ish haqi.
3.Belgilangan ish vaqtidan ortiqcha ishlaganlik uchun beriladigan pul to’lovi.
Ishlovchining qo’liga tegishiga qarab, ish haqi brutto (umumiy) va netto (sof) ish
haqiga bo’linadi. Brutto ish haqini yalpi, ishlovchi hisobiga yozilgan ish haqi desa
ham bo’ladi. Netto ish haqi esa yalpi ish haqidan har xil to’lovlar chigirib
tashlagandan so’ng, qoladigan sof ish haqi, ya’ni ishlovchining hamyoniga kelib
tushadigan puldir.
Tayanch iboralaralar: turmush darajasi; umumiy va xususiy ko’rsatkichlar;
iqtisodiy va ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar; obyektiv va subyektiv
ko’rsatgichlar; qiymat va natural ko’rsatgichlar; mutlaq va nisbiy qashshoqlik;
aholi daromadlar; pul daromadlari;ish haqi; vaqtbay va ishbay haqi; ishhaqiga
talab va uning taklifi; mehnat unumdorligi; pensiya; nafaqa; stipendiya; foyda;
divident; foiz; renta; natural daromad; shaxsiy daromad; firma daromadi; davlat
daromadi; istemol savati; oziq-ovqat savati.
Turmush darajasi-bu jismoniy, manaviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish
darajasi, qondirilganlik miqiyosi va ularing qondirish uchun yaratilgan
imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Turmush darajasi to’g’risida to’liqroq malumot olish uchun aholi daromadlari va
ehtiyojlari, istemol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy
buyumlar va boshqalar bilan tabminlanganlik darajasini chuqurroq o’rganish
lozim bo’ladi. Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar turli-tuman bo’lib,
ular quyidagi turkumlarga ajratiladi:
-umumiy va xususiy;
-iqtisodiy va ijtimoiy-demografik;
-obyektiv va subyektiv;
-qiymat va natural;
-miqdo rva sifat;
-istemol proportsiyasi va tarkibi ko’rsatgichlari;
-statistik va boshqa ko’rsatkichlar.
Umumiy ko’rsatgichlar:
1.Milliy daromad
2.Istemol fondi
3.Milliy boyliklar iste’mol fondi kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan
ulushi kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining
umumiy darajasini ifodalaydi.
Xususiy ko’rsatkichlardan:
1.Iste’mol darajasi va usullari.
2.Mehnat sharoitlari.
3.Turar-joy taminoti va maishiy qulayliklar.
4.Ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi
5.Bolalarni tarbiyalash sharoitlari.
6.Ijtimoiy taminot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy imkoniyatlarini
ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (va ha-
iqiy daromadlar, ish bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi
ko’rsatkichlarni iqtisodiy ko’rsotkichlar sirasiga kiritiladi. Ijtimoiy-demografik
ko’rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy tarkibini, ishchi kuchini
jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi.
Obyektiv ko’rsatkichlar obnktiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga,ega
bo’lsa, subyektiv ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning
mehnat,oilaviy munosabatlar, daromadlar,ish, turmush tarzi vash u kabilardan
qoniqish bo’yicha hisobga olinadi.
Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad ko’rsatkichlari va pul
ko’rinishidagi boshqa ko’rsatkichlarni (tovar aylanishi, xizmatlar, tashishlar, pul
jamg’armalari va qo’yilmalari va hokazolarni hajmi) o’z ichiga oladi. Natural
ko’rsatkichlar natural birliklarda (dona,kvm, kubm va hokazolar) o’lchanadigan
muayyan moddiy nematlar va xizmatlar-oziq-ovqat mahsulotlari, energiya
istemoli, mol-mulk, turar-joylar, madaniy–maishiy tovarlar taminotining hajmini
ifodalaydi. Miqdor ko’rsatkichlari muayyan moddiy nematlar va xizmatlar
istemol hajmini aniqlaydi. Sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat
ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat jihatdan baholash imkonini beradi.
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti
sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif
etiladi:
1)umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar;
2)aholi daromadlari;
3)aholi iste’moli va harajatlari;
4)aholining pul jamg’armalari;
5)jamg’arilgan mol-mulklar va turar-joylar;
6)aholining ijtimoiy tabaqalanishi;
7)aholining kam ta’minlangan tabaqalari.
Turmush darajasini ifodalash uchun mutlaq va nisbiy qashshoqlik
ko’rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Mutlaq qashshoqlik-daromadning umuman
yo’qligi yoki shaxs (oila)ning minimal turmush ehtiyojlarini qondirish uchun
zarur daromadining yo’qligi. Mutlaq qashshoqlik ko’proq daydilar,
boshpanasizlar va shu kabilar orasida uchraydi.
O’zbekistonda nisbiy qashshoqlik yashash minimummidan kam bo’lgan
daromad miqdori bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida esa bu ko’rsatkich
mamlakat bo’yicha o’rtacha daromadning 40-60 foizidan kam bo’lgan
daromadlarga nisbatan qo’llaniladi. Aholi daromadlari-bu aholi yoki uning oila
a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va
natural mablag’lar yig’indisidir.
Daromadlar pul va natural shaklda bo’lishi mumkin. Aholining pul
daromadlari mehnatkashlar uchu nish haqi hisobidagi barcha pul mablag’lari
tushumi; pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan foiz, dividentlar,
foyda, renta ko’rinishidagi daromadlar; aktsiyalar, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas
mulk; chorva hayvonlari, tomarqa xo’jaligi mahsulotlari, turli buyumlar va
boshqa tovarlari sotishdan tushadigan pul tushumlari, turli xizmatlar ko’rsatish
uchun haqLar va hokazolardan tashkil topadi.
Ish haqi ko’pchilik aholining asosiy daromadi. Rivojlangan mamlakatda jami
daromadlarning 70-80 foizini ish haqi tashkil etadi. Ish haqi –yollanib
ishlovchilarning ishlab topgan daromadi, ishlovchilar va ularning oilasini boqish
uchun ketadigan tirikchilik voistalarini xarid eti shva pul jamg’armasini hosil
qilish uchun ishlatiladi. Ish haqi uch qichmdan tashkil topadi:
1.Asosiy ish haqi.
2.Mukofot tarzidagi (bonus) ish haqi.
3.Belgilangan ish vaqtidan ortiqcha ishlaganlik uchun beriladigan pul to’lovi.
. Ishlovchining qo’liga tegishiga qarab, ish haqi brutto (umumiy) va netto
(sof) ish haqiga bo’linadi. Brutto ish haqini yalpi, ishlovchi hisobiga yozilgan ish
haqi desa ham bo’ladi. Netto ish haqi esa yalpi ish haqidan har xil to’lovlar
chigirib tashlagandan so’ng, qoladigan sof ish haqi, ya’ni ishlovchining
hamyoniga kelib tushadigan puldir. Bajarilgan ishni o’lchami mezonga qarab ish
haqi vaqtbay va ishbay (donabay) ish haqiga bo’linadi. Vaqtbay ish haqi ma’lum
malaka va tajriba ega bo’lgan xodimning ishlagan vaqtiga, ya’ni necha kun yoki
soat ishlaganiga, vaqt sarfiga qarab to’lanadi. Ishbay ish haqi muayyan malakali
ishchi yaratgan sifati tovar miqdori yoki bajargan ish hajmi uchun oladigan
haqidir. Uning miqdori mehnat unumdorligiga nisbatan to’g’ri mtanosiblikda
o’zgaradi. Masalan, ishchiga bir dona mahsulot uchun 40 so’m ish haqi
belgilangan. U bir ish kunida 5 dona mahsulot yaratsa, 200 so’m, agar ish
unumini oshirib, 6 ta mahsulot yaratsa, 240 so’m oladi.
. Ish haqining miqdori o’zgaruvchan bo’lib, bu o’zgarish asosan uch omil
ta’sirida yuz beradi:
1.Ish haqiga talab va uning taklifi. Ish kuchi tovar bo’lar ekan, uning narxi
bo’lgan ish haqi mehnat bozoridagi talab va taklif nisbatiga bog’liq bo’ladi.
Mehnatga talab oshganda ish haqi ko’payadi, mehnat taklifi oshganda esa ish haqi
kamayadi. Mehnat bozoridagi talab va taklif tenglashgan taqdirda muvozanat ish
haqi yuzaga keladi, ish haqi bir me’yorda saqlanadi.
. Ish kuchiga talab 400 kishini tashkil etadi, uni mehnat bozori qondirdi. Ish
kuchi bozorida talab va taklif tenglashganda ish haqi 4000 so’m darajasida
muvozanatlashadi. Agar talab oshsa, ish haqi 6000 so’m yoki 7000 so’mga yetishi
taklif ko’paysa, 3000 yoki 2500 so’mga tushishi mumkin.
2.Mehnat unumdorligi. Ish haqitalab va taklifdan qat’i nazar, mehnat unumdorligi
ta’sirida ham o’zgaradi. Ish bilan bandlik sharoitida ish haqi mehnat unumdorligi
oshsa ko’payadi yoki aksincha.
3.Bozor uchun ishlay bilish. Ish haqi umuman ishlaganlik uchun emas, balki
bozor talabiga mos ravishda bajarilgan mehnat uchun beriladi. Tovarlar bozorbop
bo’lib, yaxshi sotilsa, ish haqi ko’payadi, ular bozorda o’tmay qolsa, ish haqi
kamayadi. Firmalar tovarlarini sota olmasligi oqibatida ishchilarga ish haqini
vaqtida to’lay olmaydi yoki uni kam to’laydi.
.
Xulosa
Pensiya daromadning maxsus turi bo’lib, u qarilik yoki nogironlik tufayli ishga
yaramay qolganlarga davlat va firmalar tomonidan to’lanadi. Qarilik pensiyasi
ishlab topilgan, lekin berilishi kechiktirilgan daromadga kiritiladi. Har bir kishi
ishlagan kezlarida topgan pulining bir qismini pensiya jamg’armasiga o’tkazib
boradi, bu pul xodim pensiyaga chiqqach, unga ma’lum me’yorda qaytariladi.
Nogironlik pensiyasi ishlab topilgan pul bo’lmay, o’zini-o’zi boqa olmaydigan
kishilarni moddiy ta’minlab turish uchun jamiyat tomonidan ajratilgan puldir.
Pensiyalar miqdori xodim ishlagan kezlarida olgan pul daromadiga, hamda, ishga
yaroqsizlarning qobiliyatini qay darajada yo’qotganligiga qarab tabaqalashadi.
Nafaqa daromadning maxsus turi bo’lib, ijtimoiy yordamga muhtojlarga, odatda
kambag’allarga bir yo’la yoki muqim ravishda davlat, firmalar yoki xayriya
tashkilotlari beradigan puldan iboratdir. Nafaqaning miqdori moddiy
imkoniyatlarga bog’liq.
Foyda tadbirkorlarning pul sarflab tavakkaliga ish qilib, xavf-xatarni zimmasiga
olgani uchun ularga tegadigan pul daromadi hisoblanadi. Tadbirkorning foydaga
ega bo’lishi yoki uni boy berishi boshlagan ishining natijasiga bog’liq. Ish
yurishib ketsa, yaxshi foyda ko’riladi, agar ish o’ngidan kelmasa, foyda o’rniga
zarar ko’rish mumkin. Tabiatan foyda kafolatlanmagan daromad bo’lib, tez-tez
o’zgarib turadi. Aholi daromadlari tarkibida foydaning hissasi katta bo’lmaydi,
chunki tadbirkorlik bilan g’oyat ozchilik shug’ullanadi. Masalan, AQShda
foydaning aholi daromadlaridagi hissasi taxminan 15-18 foizni tashkil etadi.
Divident foydaning aktsiyadorlarga ulush sifatida tegadigan qismi. Divident
aktsiya chiqargan korxonaning rentabel ishlashiga bog’liq. Shu sababdan, turli
firmalarning aktsiyasiga har xil divident beriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan
sari dividentning daromaddagi hissasi ortib boradi, chunki aholining tobora
ko’proq qismi aktsiyadorlarga aylanadi.
Foiz-pul egasi o’z pulini o’zgalarga qarzga bergani uchun oladigan daromadi.
Foiz darajasi kreditga (qarzga) bo’lgan talabga va uning taklifiga bog’liq bo’ladi.
Talab oshsa, foiz qarzga berilgan pul summasiga nisbatan ulush darajasida
belgilanadi. Masalan, foiz qarz puliga nisbatan yuzdan o’n hissa (10%) bo’lsa,
uning egasi har bir so’m puli uchun 10 tiyin oladi, agar yuzdan o’n besh hissa
(15%) bo’lsa, 15 tiyin bo’ladi. Ko’pgina mamlakatlarda banklar aholidan pulni
qarzga oladilar va foiz to’laydilar. Foizning daromadlardagi hissasi ortib boradi,
chunki aholi pulining bir qismi xarajatlardan ortib qolib, daromad ko’rish uchun
banka qo’yiladi.
Renta ko’chmas mulk egalarining o’z mulkini muqobil ishlatishdan olgan
daromadi. Yer, imorat, kvartira, uy va boshqalar ijaraga berilib, undan daromad
ko’riladi. Masalan, uyni ijaraga berib, har oyda 1000 so’m daromad ko’riladi.
Uyga talabgorlar ko’payganda, uni yangidan 1200 so’mga ijaraga beriladi.
Oldingi va keyingi pul tushumi orasidagi farq 200 so’m ( ) renta hisoblanadi.
Renta shaklidagi ortiqcha daromad avtomashina, stanok, kema kabilarni muqobil
ishlatishdan olinib, ularning egasiga tegadi.
Aholining natural daromadlari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining barcha
tushumlari: dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik mahsulotlari, bog’-
qo’rg’on, sabzavot-poliz ekinlari uchastkasi, shaxsiy tomarqa, tabiat
in’omlaridan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi
tushumlardan iborat.
Bulardan tashqarii, daromadning quyidagi turlari ham mavjud:
-shaxsiy daromad;
-firma daromadi;
-davlat daromadi.
Daromadning o’zini ikki guruhga bo’lish mumkin: birinchisi- mehnat bilan
olingan daromad (ish haqi, menejer daromadi, biznida bevosita qatnashgan
tadbirkor daromadi); ikkinchisi esa mulkdan kelgan daromad (foyda, renta,
divident, foiz)
Bozor iqtisodiyotiga daromadning tengsizligi, ularning farqlanishi xosdir.
Daromadlardagi tengsizlik kishilar ishlab topgan pul miqdorida katta farqlar
bo’lishini bildiradi. Tengsizlikni, asosan, to’rt omil paydo qiladi:
1.Kishilarning ish qobiliyatlari bir xil emas, shu tufayli ular iqtisodiy faoliyatda
turlicha natijaga erishganidan har xil daromad ko’radilar. Masalan, AQSHda
Gollividning kino yulduzi bir yilda 20 million dollar topsa, malakali shifokor 80
ming dollar, o’qituvchi 40 ming dollar, qishloqdagi mavsumiy va kelgindi ishchi
esa 15 ming dollar daromad topadi.
2.ishlab turgan kishi bilan ishsizning, garchi qobiliyatlari bir xil bo’lsa-da,
daromadi turlicha bo’ladi. Masalan, AQShda ishlaydigan ishchi bir oyda o’rtacha
2.500 dollar ish haqi olsa, ishsizga 600 dollar ishsizlik nafaqasi beriladi.
3.Tengsizlikni oila tarkibining har xil bo’lishi ham yuzaga keltiradi. Aga roila
tarkibida pultoparlar ko’p bo’lib, boqimandalar oz bo’lsa, uning jami daromadi
ko’p bo’ladi, aksincha bo’lsa,daromad oz bo’ladi.
Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, ya’ni tadbirkorlarga omad kulib boqsa,
katta daromad keladi. Bordi-yu, narxtasodifan pasayib ketsa, kutilgan daromad
ham olinmaydi. Demak, daromadlardagi farqni bozor holati o’zgarishlari ham
yuzaga keltiradi.
Xalqaro iqtisodiyot doirasida umuman olganda, integratsiya savdoning ko’p
darajada erkin bo’lishi tomon qo’yilgan dastlabki qadammi yoki aksincha, savdo
oqimlari yulidagi cheklash ekanligi nuqtai nazaridan baholanishi kerak. Barcha
mamlakatlar milliy xo’jaligini tashkil etadi. Har bir milliy xo’jalik – jahon
xo’jaligining bir qismi hisoblanib, jahon ishlab chiqarish kuchlari va xalqaro
ishlab chiqarish munosabatlari jamlamasidan tashkil topadi. Jahon xo’jaligi
malum stadiyalarda xo’jalik hayotini milliylashtirayotgandek ko’rinsada,
xaqiqatda o’zaro iqtisodiyot munosabatlari asosida birlashgan milliy xo’jaliklar
yig’indisidan iborat. Milliy iqtisodiyot turli darajada o’zaro iqtisodiy
munosabatlarga taalluqli bo’lmasada, xech bo’lmaganda tovar ayirboshlashda
qatnashadi, lekin jahon xo’jaligining bir qismi hisoblanadi. Jahon xo’jaligining
ishlab chiqarish potensiali – bu barcha mamlakatlar (jahondagi) ishlab chiqarish
kuchlarini jamlanmasidan, ularni ishlab chiqarish fondlaridan, tabiiy, mehnat,
moliyaviy resurslari jamlamasidan iborat. Jahon Yalpi Milliy mahsuloti – bu
mamlakatlar Yalpi Milliy Mahsulotlari yigindisidan iborat.
Xo’jalik hayotini milliylashtirish jarayonida bir qancha etaplardan tashkil topadi:
1.Jahon xo’jaligining shakllanishi uchun imkoniyatlar yaratish.
2.Jahon
xo’jaligining
rivojlanishini
iqtisodiyotning
keng
qamrovli
industrlashtirish asosiga va dastlabki ko’rinishlarini transmilliylashtirish asosida
barpo etish.
3.Hududiy xalqaro iqtisodiy integratsiyalarni rivojlantirish va jahon
iqtisodiyotining dastlabki ko’rinishlarini globallashtirish.
4. Xalqaro ishlab chiqarish jarayonini, shu bilan bir qatorda, axborot taminotini
rivojlantirish asosida keng qamrovli iqtisodiy globallashtirishni (batamom
tugatish manosida emas) nixoyasiga etkazish.
U yoki bu integratsiya guruhining tashkil etilishi umuman olganda xalqaro
iqtisodiyotning manfaatlariga qanchalik muvofiq ekanligini baholash uchun
Jahon banki mutaxassislari bir qancha mezonlarni ishlab chiqishgan:
mintaqaviy savdo bitimlari istisnosiz iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qoplab
olishi kerak;
o’tish davri 10 yildan ortiq bo’lmasligi kerak va ayrim sohalarda savdoning
erkinlashtirilishining aniq jadvallarini o’z ichiga olishi kerak;
eng ko’p qulaylik rejimi asosida erkinlashtirishdan oldin ayniqsa, tariflar azaldan
yuqori bo’lsa, istalgan yangi integratsiya guruhi tashkil etilishi yoki bunday guruh
erkinlashtirish bilan bir vaqtda tashkil etilishi kerak;
bojxona Ittifoqi doirasida tashkil etiladigan umumiy bojxona tarifi tarmoqda
mavjud bo’lgan eng past tarifdan yoki hatto, eng ko’p qulaylik rejimi doirasidagi
eng past tarifdan ortiq bo’lmasligi kerak;
integratsiya bitimlariga yangi a’zolarni qabul qilish qoidalari erkin bo’lishi va
azolar soni kengayishiga tusqinlik qilmaslik kerak;
tovarning kelib chiqishi mamlakatini aniqlash qoidalari ochiq-oydin bo’lishi va
guruh ichida proteksionizm vositasiga aylanmasligi kerak;
integratsiyaning eng rivojlangan shakllariga tezroq o’tish zarur, integratsiyaning
rivojlangan shakllari rivojlanmagan shakllariga qaraganda ustun hisoblanadi,
chunki ishlab chiqarish omillarining maqbulroq taqsimlanishi va ulardan
foydalanishni taminlaydi;
integratsiya guruhlari barpo etilgandan keyin dempingga qarshi qoidalar uning
azolari o’rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo’llanilmasligi, uchinchi
mamlakatlarga nisbatan esa ularni qo’llashning aniq qoidalari belgilanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |