Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72

99
Sanoat-shahar
ekotizimlari
Òabiiy  ekotizimlar  o‘rnida  qishloq  xo‘jaligi
ekotizimlari  —  agroekotizimlarni  vujudga  kel-
tirishdan  asosiy  maqsad  —  inson  faoliyati  so-
hasiga bevosita jalb etiladigan biologik resurs-
lardan oqilona foydalanishdan iborat.
Agroekotizimlar sof avtotrof mahsulotlari — yuqori hosil olish
uchun  inson  tomonidan  yaratiladi.  Agroekotizimlar  tabiiy  eko-
tizimlardan quyidagi xususiyatlari bilan jiddiy farqlanadi:
1.  Agroekotizimlarda  turlar  xilma-xilligi  tabiiy  ekotizimlarga
nisbatan bir necha marta past bo‘ladi, masalan, ekin turlarining
kamayishi (yoki bir xilligi) zootsenozdagi hayvonot turlari xilma-
xilligining bir necha marta  kamayishiga olib keladi.
2. Odam tomonidan madaniylashtirilgan o‘simlik va hayvonot
turlari sun’iy tanlash hisobiga yaratiladi va ular yovvoyi turlar bi-
lan kurashda odamning yordamisiz raqobatbardosh bo‘lolmaydi.
3.  Agroekotizimlar  quyosh  energiyasidan  tashqari  inson  to-
monidan sarflanadigan qo‘shimcha energiya ham oladi.
4.  Sof  mahsulot  (hosil)  ekotizimdan  tortib  olinadi  va  bio-
tsenozning oziqlanish zanjiriga tushmaydi, faqat uning kichik bir
qismi, shuningdek, hosilni yig‘ishtirish jarayonidagi yo‘qotishlar
kushandalar tomonidan o‘zlashtirilishi yoki  tabiiy trofik zanjirga
qo‘shilishi  mumkin.
5. Odam tomonidan qo‘llab-quvvatlab turiladigan dala, bog‘,
yaylov,  poliz  ekotizimlari  kabi  agrotsenozlar  shu  darajada  be-
qaror va o‘z-o‘zidan boshqarilishga noqobil bo‘ladiki, agar odam
ta’siri to‘xtasa, u o‘zining tabiiy holatiga tezda qaytadi.
«Odam  —  atrof-muhit»  ekologik  tizimining
hozirgi tadrijiy rivojlanishida vujudga kelayotgan
zamonaviy  sanoat-shahar  ekotizimlari  sun’iy
modelga asoslangan. Mazkur modelning asosida
urbanizatsiya (shaharlashish) jarayonlari yotadi.
Urbanizatsiya  deyilganda  shaharlarning  ko‘payishi  va  rivoj-
lanishi,  shahar  aholisi  salmog‘ining  ortishi,  shahar  turmush
tarzining kengayishi tushuniladi. Aholi sonining o‘sishi va zichligi
shaharlarga xos bo‘lgan xususiyatdir. 
Qishloq
xo‘jaligi
ekotizimlari


100
Shahar  tizimlari  aholining  turmush  sharoitlarini  yaxshilash,
cheklovchi omillarning oldini olish maqsadida odamlar tomonidan
yaratiladi. Biroq bu odamning tabiiy muhit bag‘ridan ajralishiga va
tabiiy ekotizimlar buzilishiga olib keladi.
Demak,  sanoat-shahar  ekotizimlari  (urbotizimlar)  beqaror
tabiiy-antropogen  tizim  bo‘lib,  ular  sanoat,  arxitektura-qurilish
obyektlari va keskin o‘zgarishga uchragan va buzilgan tabiiy eko-
tizimlarni o‘z ichiga oladi.
Shahar asosan uch hududga bo‘linadi:
1) sanoatlashgan hudud — sanoat ishlab chiqarishi obyektlari
joylashgan  maydonlar;
2)  seliteb  hudud  —  turar  joy  binolari,  ma’muriy  binolar,
madaniyat obyektlari, ta’lim muassasalari joylashgan maydonlar;
3)  o‘rmon-park  hududi  —  ommaviy  dam  olish,  sport,  hordiq
chiqarish kabilarga moslashtirilgan shahar atrofidagi yashil mintaqa.
Urbanizatsiya  jarayonlarining  kuchayishi  shaharlar  infra-
tuzilmasini  murakkablashtiradi.  Bu  borada  shahar  transport  ti-
zimi va transport inshootlari alohida o‘rin tutadi.
1.  «Odam—atrof-muhit»  ekologik  tizimi  qaysi  modellar  asosida  tarixan
rivojlanib  kelgan?
2. Y. Odum barcha ekotizimlarni harakatga keltiruvchi dastlabki kuch —
energiya  nuqtayi  nazaridan  qanday  tiplarga  ajratgan?
3. Òabiiy va antropogen ekotizimlar qanday energiyalar hisobiga faoliyat
ko‘rsatadi?
4. Òabiiy ekotizim va soddalashtirilgan antropogen ekotizimlarning  o‘zaro
qiyosiy  tavsifini  keltiring.
5. Agroekotizimlar tabiiy ekotizimlardan qanday xususiyatlari bilan jiddiy
farqlanadi?
6. «Urbanizatsiya» nima? Uning mohiyatini izohlang.
7. Shaharlarda aholi zichligining yuqori bo‘lishi qanday salbiy oqibatlarni
keltirib  chiqarishi  mumkin?
8. Sanoat-shahar ekotizimlari (urbotizimlar) deganda nimani tushunasiz?
9.  Shaharlar odatda qanday hududlarga bo‘linadi?
10. «Sun’iy model» va «sun’iy muhit» tushunchalarini o‘zaro qiyoslang.
?
NAZORAT SAVOLLARI


101
11-bob. EKOLOGIYA VA INSON SALOMATLIGI
Homo  sapiens  azaldan  ekotizimlar-
dagi  barcha  konsumentlar  kabi  atrofdagi
tabiiy muhitda hayot kechirgan va chek-
lovchi  ekologik  omillardan  amalda  hech
qanday  himoyalanmagan.  Ibtidoiy  odam
hayvonlar kabi ekotizimlarning o‘z-o‘zidan
tartibga solinish omili ta’sirida ekanligi sababli ularning umr uzoqligi
nihoyatda qisqa, populatsiya soni esa juda kam bo‘lgan.
Bu  davrda  asosiy  cheklovchi  omil  giperdinamiya  (haddan
tashqari  ko‘p  harakatchanlik)  va  to‘yib  ovqat  yemaslik  (ochin-
to‘qin yashash) bo‘lgan. O‘lim sabablari ichida patogen (kasallik
chaqiruvchi)  ta’sirlar  birinchi  o‘rinda  turgan.  Ularning  ichida
tabiiy  o‘choqli  kasalliklardan  keskin  farq  qiladigan  yuqumli  ka-
salliklar muhim o‘rin tutgan.
Òabiiy o‘choqli kasalliklarning o‘ziga xos xususiyati shundaki,
ular muayyan tabiiy sharoitda (o‘choqlarda) odamning yashashi
yoki yo‘qligidan qat’i nazar mavjud bo‘ladi. Inson ushbu muhitda
doimiy  yoki  vaqtincha  yashab,  yovvoyi  hayvonlar  tomonidan
kasallikka chalinishi mumkin. Bunday hayvonlarga, odatda, kemi-
ruvchilar,  qushlar,  hasharotlar  mansub  bo‘ladi.
Mazkur  hayvonlar  ekotizimlarning  muayyan  biotopi  bilan
bog‘langan biotsenoz tarkibiga kiradi. Shu sababli, tabiiy o‘choqli
kasalliklar muayyan hududlar, u yoki bu landshaftlar bilan mus-
tahkam bog‘langan bo‘ladi. Òabiiy o‘choqli kasalliklarga o‘lat, bezgak
va boshqa kasalliklar kiradi. Òadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bitta
tabiiy o‘choqda bir necha kasallik bo‘lishi mumkin. Òabiiy o‘choqli
kasalliklar  XX  asr  boshlariga  qadar  odamlar  o‘limining  bosh
sababchilaridan  biri  bo‘lgan.  Ular  ichida  eng  dahshatlisi  o‘lat
hisoblangan.
O‘lat odam va hayvonlardagi yuqumli kasallik bo‘lib, karantin
kasalliklariga mansubdir. O‘lat epidemiyasi bir paytlar dunyoning
ko‘p mamlakatlarini qamrab olgan. Masalan, eramizgacha bo‘lgan
VI asrda Sharqiy Rim imperiyasida bir necha mln kishi o‘latdan
vafot etgan. Bunday hol Rossiyada ham bir necha marta kuzatilgan.
Tabiiy ekologik
omillarning inson
salomatligiga
ta’siri


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə