Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72

102
Odamni o‘rab turgan muhit bilan bog‘liq kasalliklar hozirda
ham uchrab turadi. Ularga bezgak misol bo‘ladi. Bu parazit kasallik
zararlangan bezgak chivinining chaqishi bilan kuzatiladi. O‘tgan
asrning 80-yillarida har yili dunyoda taxminan 2 mln kishi bezgak
kasalligidan nobud bo‘lgan. Bu kasallikka qarshi DDÒ vositasi
keng  qo‘llanilgan.  Biroq  uning  parazitida  bezgakka  qarshi  dori
vositalariga nisbatan chidamlilik paydo bo‘lgan. Bezgakka qarshi
turli  vositalardan  foydalanib  ishlar  olib  borilmoqda.  Jumladan,
dunyoning  40  mamlakatida  265  turdagi  baliqlar,  mikroblardan
foydalanib, chivinga qarshi kurash olib boriladi.
O‘lat va boshqa yuqumli kasalliklar  (vabo, bezgak, Sibir yarasi,
ichburug‘,  bo‘g‘ma,  qizilcha  va  h.k.)  juda  ko‘plab  odamlarning
hayotiga zomin bo‘lgan. XX asrda tibbiyot sohasidagi yutuqlar tu-
fayli  tabiiy  o‘choqli  kasalliklar  miqdori  keskin  kamaydi,  ayrim-
lariga mutlaqo barham berildi.
Urbanizatsiyalashgan  hududlar  yoki
shaharlar  —  inson  tomonidan  yaratil-
gan  sun’iy  muhit  bo‘lib,  tabiatda  uning
muqobili yo‘q.
Ijtimoiy  muhit  odamni  o‘rab  turgan
tabiiy  muhit  bilan  murakkab  aloqadorlikda  bo‘lib,  ko‘p  omilli
«hayot muhiti sifatlari»ni o‘zida aks ettirishga intiladi. Uy, ishlab
chiqarish va transport kabi omillar shahar muhitida odamning
moslashish jarayonlariga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi.
Òibbiy-biologik  nuqtayi  nazardan  shahar  muhitining  ekologik
omillari quyidagi yo‘nalishlarga birmuncha katta ta’sir ko‘rsatadi:
1) akseleratsiya jarayonlari;
2) biologik maromlarning buzilishi;
3) aholining allergik kasalliklarga chalinishi;
4) o‘sma kasalliklari va o‘lishning ko‘payishi;
5) semizlik va ular sonining ko‘payishi;
6)  chaqaloqlarning  vaqtidan  oldin  (chala)  tug‘ilishi;
7)  yuqumli  kasalliklar;
8) odamning turmush tarzi bilan bog‘liq kasalliklar.
Jumladan,  akseleratsiya  jarayonlari  tufayli  ayrim  organizm
yoki  organlar  rivojining  biologik  me’yorlardan  tezlashuvi  (tana
Ijtimoiy-ekologik
omillarning inson
salomatligiga  ta’siri


103
Gigiyena va inson
salomatligi
hajmining ortishi); abiotik omillar ta’sirida biologik maromlarning
buzilishi (yoritilish bilan bog‘liq fotodavrning o‘zgarishi); allergen-
larga  (ayrim mineral va organik moddalarga) organizm sezgirli-
gining buzilishi tufayli yuqumli (mikroblar, viruslar) yoki yuqum-
siz (chang, jun, dori vositalari, kimyoviy moddalar va h.k.) aller-
gik kasalliklarning paydo bo‘lishi; kanserogen moddalar (kimyo-
viy  birikmalar,  ayrim  mahsulotlar)  tufayli  onkologik  kasalliklar
(to‘qimalarning ortiqcha o‘sishi, undagi hosilalar) yuzaga kelishi
kabi holatlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Yuqorida  ta’kidlangan  aksariyat  salbiy
holatlar odamning sog‘lom turmush tarzi va
gigiyenik  me’yorlarga  qay  darajada  rioya
etishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan.
Gigiyena — sog‘lom turmush tarzi haqidagi fan. U muhitdagi
xilma-xil omillarning inson salomatligiga ta’sirini o‘rganadi. Ularga
tabiiy  omillar,  maishiy  sharoitlar  va  ijtimoiy-iqtisodiy  munosa-
batlar  kiradi.  Xususan,  quyidagi  sanitariya-gigiyena  me’yorlariga
amal qilish talab etiladi:
1)  tuproq,  atmosfera  havosi,  oziq-ovqat  mahsulotlari,  joy
havosi, suv bilan ta’minlash manbalari, aholi tomonidan mada-
niy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan suv havzalarini kimyo-
viy, fizikaviy, biologik va boshqacha tarzda ifloslantirmaslik;
2) oziq-ovqat xomashyosi va mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan
talablarga rioya etish, tarkibida inson hayoti va salomatligi uchun
xavfli bo‘lgan radionuklidlar, zaharli, biologik, kimyoviy va boshqa
moddalar va birikmalar belgilangan gigiyena me’yorlaridan yuqori
bo‘lgan mahsulotlarni ovqatga ishlatmaslik;
3) oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab
chiqarish, saqlash, tashish va sotish chog‘ida sanitariya-gigiyena
me’yorlarini  buzmaslik;
4) qishloq xo‘jaligi ekinlari va hayvonlari o‘sishini tezlashtira-
digan  moddalarni,  o‘simliklarni  himoya  qilishning  kimyoviy  va
biologik vositalarini, oziq-ovqat xomashyosi, oziq-ovqat mahsu-
lotlari va dori-darmonlarga tegib turadigan idishlar, boshqa mate-
riallar, yem-xashakka qo‘shib beriladigan oziqa moddalarini eh-
tiyot choralari bilan qo‘llash;


104
?
NAZORAT SAVOLLARI
5) suv havzalaridan ro‘zg‘orda va maishiy maqsadlarda foy-
dalanganda, suvning sifati sanitariya talablariga mos kelishiga alo-
hida e’tibor qaratish;
6) aholi punktlari va hududlarini saqlashning, sanoat, qishloq
xo‘jaligi va xo‘jalik ro‘zg‘or chiqitlarini, shu jumladan, radio-
aktiv  va  zaharli  moddalarni  to‘plash,  saqlash,  tashish  va  qayta
ishlashning sanitariya qoidalarini buzmaslik;
7) atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya qoidalari
va gigiyena me’yorlarini buzmaslik;
8) ta’lim muassasalarida, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
muassasalari,  boshqa  muassasa  hamda  korxonalarda  sanitariya
qoidalariga rioya etish;
9)  yuqumli,  parazitar  kasalliklar  tarqalishining  oldini  olish
va ularni tugatish chora-tadbirlarini bajarish;
10) tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘tib turish va h.k.
Demak,  har  bir  fuqaro  ekologik  qulay  sharoitlarda  yashash,
faoliyat  ko‘rsatish  huquqiga  ega  bo‘lgani  holda  bu  boradagi
mas’uliyatini ham unutmasligi kerak.
1. Ibtidoiy odamning yashash muhitida qanday cheklovchi omillar mavjud
bo‘lgan?
2.  O‘lat,  vabo,  bezgak,  Sibir  yarasi,  ichburug‘,  bo‘g‘ma,  qizilcha  kabi
kasalliklar nima uchun tabiiy o‘choqli kasalliklar guruhiga kiritilgan?
3. Hozirgi kunda sun’iy muhit bilan bog‘liq bo‘lgan qaysi kasalliklar ko‘proq
uchramoqda?
4. Shahar muhitining ekologik omillari qaysi yo‘nalishlarga ko‘proq  ta’sir
ko‘rsatmoqda?
5. Biologik maromlarning buzilishi, allergik va onkologik kasalliklarning
yuzaga kelishi nimalarga bog‘liq?
6. «Gigiyena» nima? Uning mohiyatini izohlang.
7. Shaharlarda aholi zichligining yuqori bo‘lishi qanday salbiy oqibatlarni
keltirib  chiqarishi  mumkin?
8. Odamdan qanday sanitariya-gigiyena me’yorlariga amal qilish talab etiladi?
9. Ekologik qulay sharoit deganda nimani tushunasiz?
10. O‘zingizni gigiyenik madaniyatli odam deb hisoblaysizmi?


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə