Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72

111
0,05 t uglerod oksidi, shuningdek, kam miqdorda qo‘rg‘oshin,
marganes, fosfor, simob kabi xavfli ifloslovchilar, bug‘-gaz ara-
lashmasi tarkibida esa formaldegid, ammiak, fenol, benzol kabi
zaharli moddalar chiqariladi.
Kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarida kam miqdorda bo‘lsa-
da,  eng  zaharli  gazlar  atmosfera  havosiga  chiqariladi,  masalan,
oltingugurt oksidi, ftorli va xlorli birikmalar, ammiak va h.k.
Avtotransport  shaharlar  havosini  ifloslantiruvchi  eng  katta
omillardan biridir. Yirik shaharlarda atmosferaga chiqariladigan jami
moddalarning 70—80 % avtotransport ulushiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumotlarga  ko‘ra,  O‘zbekiston  hududida  atmosfera  ha-
vosini  ifloslantiruvchi  manbalar  chiqindilarining  tarkibi  va  sal-
mog‘i taxminan quyidagicha: uglerod oksidi — 40 %; oltingugurt
dioksidi — 20 %; azot oksidi — 9 %; uglevodorodlar — 20 %;
qattiq moddalar — 6,5 %; boshqalar — 4,5 %.
O‘zbekistonda  antropogen  manbalarning  atmosferani  iflos-
lantirish kuchi tabiiy manbalarga nisbatan ancha kam bo‘lib, yiliga
o‘rtacha  1,3  million  tonnani  tashkil  qiladi.  Òa’kidlash  joizki,
antropogen  chiqindilardagi  qattiq  zarrachalar  ulushi  ham  tabiiy
manbalarga nisbatan ancha kam. Qattiq zarrachali chiqindilar aso-
san  avtotransport,  qurilish  materiallari  va  paxta  sanoati  korxo-
nalari chiqindilari hisoblanadi.
Atmosfera  havosining  ifloslanishi  odam
salomatligi va atrofdagi tabiiy muhitga turli
yo‘llar  bilan  bevosita  va  bilvosita  tahdidlar
ko‘rinishida salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Atmosfera  havosini  mahalliy  ifloslan-
tiruvchi asosiy moddalar, masalan, oltingugurt dioksidi inson va
hayvonlar  organizmiga  fiziologik  salbiy  ta’sir  ko‘rsatib,  nafas
yo‘llari va to‘qimalarda turli kasalliklarni paydo qiladi. Jumladan,
tarkibida kremniy dioksidi bo‘lgan chang og‘ir o‘pka kasalligini,
azot  oksidi  ko‘z  kasalligini,  uglerod  oksidi  (is  gazi)  umumiy
holsizlik, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi holatlarini, og‘ir metall
qoldiqlari onkologik kasalliklarni, qo‘rg‘oshin va simob mutatsiya
o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi.
Atmosfera
ifloslanishining
ekologik oqibatlari


112
Ayniqsa, avtomobilda ishlangan tutunli gaz tarkibidagi zararli
moddalar  (uglerod  va  azot  oksidlari,  qo‘rg‘oshin,  ozon,  og‘ir
metallar) salomatlikka o‘ta xavfli ta’sir ko‘rsatib, odamda fikrlash
qobiliyatini susaytiradi, reflekslarni pasaytiradi, seruyqulik, yo‘tal,
bronxit va pnevmoniyani keltirib chiqaradi; virusli va jinsiy tizim
kasalliklariga yo‘l ochib beradi.
Shaharlar atmosferasida vujudga keladigan smog — havodagi
tutun,  tuman  va  chang  aralashmasi  tufayli  nafaqat  odam  yoki
hayvonlar, balki  o‘simliklar ham qattiq aziyat chekadi. Masalan,
oltingugurt dioksidi 30 km naridagi, ftorli vodorod esa 5 km nari-
dagi daraxtlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
Atmosfera  havosining  umumiy  iflosla-
nishi sayyoramizda bir qator ekologik oqi-
batlarni vujudga keltiradi. Bu oqibatlarga qu-
yidagilar  mansubdir:
1) iqlimning isishi (bug‘li gazlar samarasi);
2)  ozon  qatlamining  buzilishi;
3)  kislotali  yomg‘irlarning  yog‘ishi.
Iqlimning isishi yoki bug‘li gazlar samarasi
Harorat  —  havoning  asosiy  xossalaridan  biri  bo‘lib,  uning
qizish darajasini ifodalaydi. Harorat yer atmosferasining istalgan
nuqtasida uzluksiz o‘zgarib turadi va turli hududlarda bir vaqtning
o‘zida turlicha bo‘ladi. Harorat ob-havo va iqlim tavsifining eng
muhim  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  odamlar,  o‘simliklar  va  hayvonot
dunyosi, tuproq, suv va boshqa ko‘pgina omillarga bevosita yoki
bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Harorat — muayyan hududda kechayotgan iqlim o‘zgarishi-
ning ko‘zgusidir. Bu mezon hududlarda kuzatilayotgan harorat-
ning qizish sur’atini, ya’ni haroratning umumsayyoraviy isishiga
mahalliy iqlimning ta’sirini o‘zida ifoda etadi.
Sayyoramizda iqlimning isishi yoki bug‘li gazlar samarasi at-
mosfera  havosida,  asosan,  karbonat  angidrid  (CO

),  metan
(CH
4
), azot oksidi (NO
2
), ozon (O
3
) va xlorftoruglerodli birikma-
Atmosfera umumiy
ifloslanishining
ekologik
oqibatlari


113
lar  —  freonlar  to‘planishi  bilan  bog‘liq  jarayonlar  bo‘lib,  o‘rta
yillik haroratning asta-sekin ko‘tarilib borishida o‘z ifodasini topa-
yotgan iqlim ko‘rsatkichidir. Bug‘li gazlar bilan to‘yingan atmosfera
go‘yoki issiqxona tomini eslatadi. U, bir tomondan, quyosh nur-
larining katta qismini ichkariga o‘tkazib yuboradi, ikkinchi tomon-
dan, yerdan qaytgan issiqni yuqoriga-tashqariga o‘tkazmaydi.
Dunyo bo‘yicha neft, gaz, ko‘mir kabi qazilma yoqilg‘ilarning
yonishi (yiliga 9 mlrd t shartli yonilg‘i) tufayli atmosferada karbonat
angidrid (CO

) miqdori oshib bormoqda, metan (CH
4
) miqdori
yiliga 1—1,5 % ga, azot oksidi (NO

) esa 0,3 % ga ko‘paymoqda.
Mazkur  gazlarning  atmosferada  ko‘payishi  oqibatida  bug‘li
gazlar samarasi paydo bo‘lib, atmosferada o‘rtacha harorat ko‘-
tarilib bormoqda. Bug‘li gazlar yer atmosferasidagi issiqlikni o‘ziga
yutadi va saqlaydi. Yerning umumiy issiqlik muvozanatiga ta’sir
ko‘rsatishi  bo‘yicha  suv  bug‘i  (36—72  %),  karbonat  angidrid
(9—26  %),  metan  (4—9  %),  ozon  (3—7  %),  azot  oksidlari  va
freonlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Suv bug‘i — tabiiy bug‘li gaz. Haroratning ko‘tarilishi bug‘la-
nishning  kuchayishi  va  atmosferada  suv  bug‘lari  miqdorining
ko‘payishiga olib keladi. Bu bug‘li ta’sirning imkoniyatini oshi-
radi, ya’ni haroratni ko‘taradi.
Karbonat  angidrid  —  qazilma  yoqilg‘ilarining  yonishi,  bio-
massa,  shuningdek,  to‘qaylarning  yonishi,  ayrim  sanoat  ishlab
chiqarishi jarayonlari karbonat angidridning antropogen manbalari
hisoblanadi.  BMÒ  ma’lumotlariga  ko‘ra  (2011),  sayyoramiz
atmosferasida karbonat angidrid miqdori keyingi 100 yil davomida
39  %  ga  oshgan.  Bu  gazning  asosiy  iste’molchilari  o‘simliklar
hisoblanadi.
Metan — unda bug‘ faolligi ko‘rsatkichi karbonat angidridga
nisbatan 21 marta katta. Metan gazining asosiy manbalari chorvachi-
lik, sholichilik, biomassa va to‘qaylarning yonishi, tabiiy gaz konla-
ridan sirqib chiqishi, chiqindilar «ombori»da biogazlarning paydo
bo‘lishi, neft, ko‘mirdan foydalanish va shu kabilar hisoblanadi.
BMÒ ma’lumotlariga ko‘ra (2011), sayyoramiz atmosferasi tarkibida
metanning miqdori keyingi 100 yil davomida 58 % ga oshgan.


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə