Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72

114
Ushbu chiqindilar miqdorini oldindan aytish kelgusida kutilayot-
gan salbiy ta’sirlarni chamalash imkonini beradi. Bug‘li gazlar borasida
energetika,  sanoat  ishlab  chiqarishi,  qishloq  va  o‘rmon  xo‘jaligi,
yerdan foydalanish hamda chiqindilar asosiy manba hisoblanadi.
O‘zbekistonda keyingi yillarda bug‘li gazlar chiqindilari miq-
dorining kamayishi kuzatilmoqda. Masalan, azot oksidi chiqindilari
miqdori keyingi yillarda 3—4 marta kamaygan. Shuningdek, havo
haroratining har o‘n yilda isish sur’ati o‘rtacha 0,2°C ni tashkil
qilmoqda. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, 2035—2050-yillarda Orol-
bo‘yi mintaqasi harorati 1,5—2,5°C ga ko‘tarilish ehtimoli bor.
O‘zbekistonda havo harorati mezonidan, asosan, qishloq xo‘-
jaligida  agroiqlim  va  gidrologik  xususiyatlarni  hisoblashda  keng
foydalaniladi.  Haroratga  oid  shart-sharoitlar  hududdagi  tabiiy
o‘simliklar  va  qishloq  xo‘jaligi  ekinlarining  o‘sish  va  rivojlanish
davrini belgilaydi. Korxona, tashkilot va muassasalar hamda xona-
donlarni  isitish  davri,  shuningdek,  tabiiy  gaz,  elektr  energiyasi,
ko‘mir, o‘tin kabi yoqilg‘i turlaridan foydalanish davomiyligi ham
yillik haroratga oid shart-sharoitlar bilan uzviy bog‘liqdir.
Ozon  qatlamining  buzilishi
Ozon — Yer sayyorasini samodan keladigan ultrabinafsha nur-
laridan tabiiy himoya qiladigan (to‘sadigan) atmosferaning yupqa
qatlami bo‘lib, asosan, 20—25 km balandlikda joylashgan. U azot
va uglerod oksidlarining havodagi organik birikmalar bilan quyosh
nuri ta’sirida kimyoviy reaksiyaga kirishishi natijasida paydo bo‘ladi.
Ultrabinafsha nurlari A, B, C toifadagi spektr diapazonlariga
ajratiladi.  C  toifadagi  nurlanish  eng  xavflisi  hisoblanib,  u  mik-
roblar  va  viruslarni  nobud  qiladi.  Mazkur  nur  atmosferaning
yuqori qismidagi ozon qatlami bilan to‘liq yutiladi va yer yuzasiga
yetib kelmaydi. B toifadagi nur ham atmosferaning ozon qatlami
tomonidan yutiladi, lekin uning taxminan 6 % yer yuzasiga yetib
keladi. Aynan mana shu miqdor tirik tabiatga va inson salomatli-
giga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan asosiy xavf hisoblanadi. A toifa-
dagi nur atmosferada deyarli yutilmaydi, lekin uning salbiy bio-
logik ta’siri amalda nihoyatda zaif bo‘lib, sezilmaydi.


115
Ozon  qatlamining  yemirilishi  uning  atmosferaga  chiqarilgan
antropogen moddalar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi natija-
sida yuzaga keladi. Atmosfera tarkibida ozonni buzuvchi  modda-
larning  (galogenli  uglevodorodlarning)  me’yoridan  ortiq  ko‘pa-
yishi mazkur qatlamda o‘nglab bo‘lmas buzilishlarni keltirib chiqa-
radi: V toifadagi nur atmosferada tutilmasdan yer yuzasiga bema-
lol yetib keladi va tirik mavjudotlar hayot faoliyatiga xavf soladi.
O‘zbekistonda ozonni yemiruvchi moddalarni va tarkibida ular
mavjud  bo‘lgan mahsulotlarni hududga olib kirish va olib chiqish
jarayonlari qat’iy tartibga solingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbe-
kistonda ozonni yemiruvchi moddalardan foydalanish 1986-yilga
nisbatan  99,8  %  ga  kamaygan  va  ularning  miqdori  xalqaro  va
milliy talablar me’yorlariga to‘liq javob beradi.
Kislotali yomg‘irlarning yog‘ishi
Eng muhim sayyoraviy ekologik muammolardan biri kislotali
yomg‘irlar — tabiiy muhitning oksidlanishi hisoblanadi. U atmo-
sferaga chiqarilgan oltingugurt dioksidi va azot oksidining havodagi
nam bilan birikib, sulfat va azot kislotalarining hosil bo‘lishi bilan
tavsiflanadi.  Natijada  muayyan  muhitga  yog‘adigan  yog‘in  turi
kislotali muhitga (pH ko‘rsatkichi 5,6 dan past) ega bo‘ladi. Yer
yuzasiga yiliga o‘rtacha 250 mln t miqdorida nordon yog‘in yog‘adi.
Kislotali yomg‘irlar, ular tarkibidagi og‘ir metallar tirik orga-
nizmlar hayotiga jiddiy ziyon yetkazadi. Masalan, agar 1 litr nordon
suv tarkibida 0,2 mg alumin bo‘lsa, bu miqdor baliqlarni nobud
qila oladi. Bugungi kunda Yevropadagi 25 ta (masalan, Norvegiya,
Shvetsiya, Finlandiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va h.k.) mam-
lakat o‘rmonlari kislotali yomg‘irlardan aziyat chekmoqda.
1. Nima uchun atmosfera havosini muhofaza qilish atrofdagi tabiiy muhitni
sog‘lomlashtirishda hal qiluvchi muammo hisoblanadi?
2. «Atmosfera havosining ifloslanishi» nima? Uni izohlang.
3. Atmosfera havosi ifloslanishining qanday turlari farqlanadi?
?
NAZORAT SAVOLLARI


116
4. Orolbo‘yida atmosfera havosining tabiiy ifloslanishini izohlang.
5. Qaysi moddalar atmosfera havosini asosiy ifloslantiruvchilar hisoblanadi?
6. Atmosferaning ifloslanishida turli xo‘jalik tarmoqlarining tutgan o‘rniga
baho bering.
7. Atmosfera ifloslanishining ekologik oqibatlarini odam salomatligi nuqtayi
nazaridan  izohlang.
8. Sayyoramiz iqlimining isishi yoki bug‘li gazlar samarasining mohiyatini
tushuntiring.
9. Havodagi tutun, tuman va chang aralashmasi nima deb ataladi?
10. B toifadagi ultrabinafsha nurlarining necha foizi tirik organizmlarga sal-
biy  ta’sir  ko‘rsatadigan  asosiy  xavf  hisoblanadi?
11. Atmosferada kislotali yomg‘irlar qanday paydo bo‘ladi?
14-bob. GIDROSFERAGA ANTROPOGEN TA’SIRLAR
Suv  resurslari  tabiiy  ekotizimlarning  barqaror  muvozanatini
saqlash  va  istalgan  mintaqaning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishida
eng asosiy omil hisoblanadi. Suvdan foydalanishga qo‘yilgan eko-
logik talablar mahalliy noyob endemik turlar, biologik xilma-xillik,
o‘ziga  xos  landshaft  va  estetik  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  suv
ekotizimlarini himoya qilishni nazarda tutadi.
Hisob-kitoblarga  ko‘ra,  Markaziy  Osiyo  hududida  bir  yilda
havo massalari bilan o‘rtacha 2700 km
3
 suv «suzib» o‘tadi. Uning
taxminan 490 km
3
 yoki o‘rtacha 20 % yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi
suv sifatida yer yuzasiga tushadi. Òog‘li joylarda ushbu yog‘in-
larning bir qismidan o‘rtacha 132 km
3
.ni tashkil etadigan daryo
oqimlari hosil bo‘ladi. Umuman, Orol dengizi havzasining muz-
liklarida o‘rtacha 466 km
3
 suv to‘plangan. Keyingi o‘n yilda Amu-
daryo  oqimi  muayyan  darajada  o‘zgarishlarga  uchrab,  2000—
2001-yillarda Amudaryo etagi va deltasida keskin suv taqchilligi
kuzatilgan. Amudaryo suv resurslaridan u oqib o‘tadigan davlatlar
hamkorlikda  foydalanadi,  bu  esa  suv  xo‘jaligi  muammolarining
transchegaraviy tusda ekanligini bildiradi.
Suv havzalarining ifloslanishi suvga turli za-
rarli  moddalarning  tushishi  bilan  tavsiflanadi.
Suv ifloslanishi uning fizikaviy xossalari (tiniq-
ligi, rangi, hidi, ta’mi) o‘zgarishida, tarkibida sulfatlar, xloridlar,
nitratlar, zaharli og‘ir metallar miqdorining ko‘payishida, kislo-
Gidrosferaning
ifloslanishi


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə