Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72

120
Gidrosfera  ifloslanishining  ekologik
oqibatlari  barcha  tirik  organizmlar,  xu-
susan, odam uchun katta xavf tug‘ilishida
namoyon bo‘ladi.
Chuchuk suv havzalarining antropogen evtrofikatsiyasi bunga
yorqin misol bo‘ladi.  Evtrofikatsiya jarayoni suv havzasiga turli xil
biogen moddalar — azot, fosfor va boshqa moddalarning mineral
o‘g‘itlar,  yuvish  vositalari,  chorvachilik  chiqindilari,  atmosfera
aerozollari  ko‘rinishida  tushishi  bilan  bog‘langan.  Bu  jarayonda
ham  suvning  «gullashi»  kuzatiladi  va  ekotizimning  boshqa  un-
surlariga salbiy ta’sir ko‘rsatiladi.
Dengiz  ekotizimlari  ifloslanishining  ekologik  oqibatlari  qu-
yidagilar orqali namoyon bo‘ladi:
1) ekotizim barqarorligi buziladi;
2) evtrofikatsiya jarayoni kuchayadi;
3) biotada kimyoviy zaharlovchilar to‘planadi;
4) biologik mahsuldorlik pasayadi;
5) dengiz muhitida mutagenez va konserogenez paydo bo‘ladi;
6)  qirg‘oqbo‘yi  hududlarining  mikrobiologik  ifloslanishi
kuzatiladi.
Yerosti  va  usti  suvlarining  kamayishi
muayyan  hudud  doirasida  suv  zaxirala-
rining  qisqarishi  yoki  suv  oqimining  eng
past darajada kamayishida namoyon bo‘-
ladi. Ushbu holatlarda bu jarayonlar ekotizimlar faoliyatiga salbiy
ta’sir  ko‘rsatadi.
O‘zbekistondagi  mavjud  suv  resurslari  miqdori  o‘rtacha
59209 mln m
3
 bo‘lib, shundan o‘rtacha 35104 mln m
3
 Amudaryo
havzasiga tegishlidir. Amudaryo havzasidagi jami suv resurslari-
ning  32493  mln  m
3
  Amudaryoga,  301  mln  m
3
  yerosti  suvlariga
tegishlidir.  Qolgan  2310  mln  m
3
  kollektor-zovur  tarmog‘idan
foydalanish uchun taklif etiladigan suvni tashkil qiladi.
Amudaryo  havzasining  tog‘  qismidagi  suv  to‘planadigan
maydon 230000 km
2
.ni tashkil qiladi. Amudaryo oqib o‘tadigan
Gidrosfera
ifloslanishining
ekologik oqibatlari
Yerosti va usti
suvlarining kamayishi


121
1200  kilometr  uzunlikdagi  tekislik  qismida  suv  oqimini  qabul
qilmaydi va u o‘z suvini sizilish, bug‘lanish hamda xo‘jalik eh-
tiyojlari,  asosan,  qishloq  xo‘jaligida  sug‘orish  uchun  ishlatilishi
natijasida yo‘qotadi.
Respublikamizda  suv  resurslarining  taqchilligi  va  ifloslanishi
ekologik xavfsizligini ta’minlashda eng asosiy muammo hisobla-
nadi.  Zaruriy  suv  miqdorining  bo‘lishi  iqtisodiyotning  barcha
tarmoqlari hamda mavjud tabiiy va antropogen ekologik tizimlarni
saqlab  qolishda  eng  muhim  omildir.  Masalan,  Quyi  Amudaryo
hududidagi tabiiy muhit holati va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqa-
rishi samaradorligi mazkur hududning suv bilan ta’minlanish im-
koniyatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.
Hududda iqlimning keskin kontinentalligi, bug‘lanishning juda
yuqoriligi,  yog‘ingarchilikning  juda  kamligi,  yoz  faslida  havo
haroratining o‘ta yuqoriligi suvsiz dehqonchilik qilib bo‘lmaydi-
gan sharoitni keltirib chiqargan. Òuproqlarda tuzlar miqdorining
tez ko‘payishi iqlimning quruqligi hamda tuproq tabiiy sho‘rla-
nishining  yuqoriligi  bilan  izohlanadi.  Shu  sababli  dehqonchilik
ishlarini  yuritishda  suvdan  nafaqat  ekinlarni  sug‘orishda,  balki
tuproqlarning sho‘rini yuvishda ham foydalaniladi.
Qadim-qadimdan Orol dengizini Marka-
ziy  Osiyodagi  ikki  buyuk    daryo  —  Amu-
daryo  va  Sirdaryo to‘yintirib kelgan. Sobiq
Ittifoq davrida paxta dalalarining kengayti-
rilishi  ikki  daryo  suvlaridan  keng  miqyosda  foydalanishni  ta-
qozo qilgan. 1913-yilda O‘zbekistondagi paxta ekiladigan may-
donlar 441600 gektarni tashkil qilgan bo‘lsa, 1987-yilda bu ko‘r-
satkich 2,1 mln gektardan iborat bo‘lgan. Suv va undan isrofgar-
chilik bilan foydalanish oqibatida Orol  dengiziga kam hajmda
suv quyilgan va natijada u quriy boshlagan. XX asrning 90-yilla-
riga qadar Orol dengizining yuzasi deyarli 2 marta,  suv hajmi
esa 3,5 marta kamaygan.
Orol  dengizining  qurishi  Quyi  Amudaryo  mintaqasi  iqlimi  va
biologik xilma-xilligi  uchun uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib
Orol dengizi
va Orolbo‘yidagi
ekologik vaziyat


122
keldi. Chang bo‘ronlari boshlanib, hudud maydonlari millionlab  tonna
zararli tuzli qumlar bilan qoplandi. Òuproq va suvning sho‘rlanishi
ro‘y  beradi.  Mintaqada  ekologik  vaziyatning  yomonlashishi  Quyi
Amudaryo hududini inson yashashi  uchun noqulay  joyga  aylantirdi.
Orol dengizida suvning to‘xtovsiz bug‘lanishi  va unga daryolar
suvining yetarlicha kelmasligi uni mayda qismlarga bo‘lib yubordi
va suv populatsiyasi halok bo‘lib, dengiz sho‘r suv havzasiga aylandi.
Betakror o‘simliklar va hayvonot olamiga ega bo‘lgan Orolbo‘yi
tabiiy  landshafti  tanib  bo‘lmas darajada tanazzulga uchrab, o‘zining
ilgarigi hayotiy jozibadorligi va tabiiy qadriyatini yo‘qotdi.
Amudaryoda suv oqimining deyarli yo‘qolishi natijasida avvallari
350 ming ga yerni egallagan delta ko‘llaridan asar ham qolmayapti.
Mintaqada  atrof-muhitga,  iqtisodiy va  ijtimoiy  hayotga  ulkan
zarar yetkazildi. Hatto suvning  kamayishi natijasida  aholi ehtiyojlari
uchun yaroqli bo‘lgan chuchuk yerosti suvlari ham qurib qoldi.
Qoraqalpog‘istonda vaqt-vaqti bilan ro‘y beradigan qurg‘oqchilik
va cho‘lga aylanish jarayonlari bilan birgalikda Amudaryo  oqimining
haddan tashqari pasayishi toza suvning o‘ta tanqisligiga olib kelmoqda.
Shuningdek, Orol dengizining pestitsidlar, defoliantlar va mineral
o‘g‘itlar qoldiqlari bilan ifloslangan sobiq tubida ro‘y berayotgan
zaharli chang to‘zonlari, dengiz  sathining  yanada pasayib ketishi
bilan bog‘liq iqtisodiy tangliklar va sizot suvlari sathining barqaror
emasligi muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda.
2007-yilga  kelib  Orol  dengizi  chuqurligi  29  metrga  pasaydi,
suv akvatoriysi maydoni 5,8 baravarga, suv hajmi esa 13,3 marta
pasaydi. Dengiz suvining sho‘rligi g‘arbiy qismda 110—112 g/l,
sharqida esa 280 g/l.ga yetdi. Dengiz dastlabki sohilidan (Mo‘y-
noq shahridan) 120—200 km.ga uzoqlashdi va uning qurib qol-
gan qismida  45 ming km
2
.dan ortiq tuzli cho‘l paydo bo‘ldi.
Orolbo‘yidagi yerusti suvlari tarkibida organik moddalar (ben-
zol, ksilol va fenol) va og‘ir metallar (nikel, qo‘rg‘oshin, simob
va ruh) alohida hududlar bo‘yicha vanadiy, mis, kadmiy, xrom
miqdori ortganligi kuzatilmoqda. Yerosti suvlarining minerallashuvi
10 dan 46 g/l.gacha bo‘lgan keng oraliqda o‘zgaryapti. Mazkur


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə