Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72

108
1. «Biosferaga antropogen ta’sir ko‘rsatish» tushunchasining mohiyati ni-
mani  ifodalaydi?
2. B.  Kommoner  odam  tomonidan  ekologik  jarayonlarga  ta’sir  ko‘rsa-
tilishining  qaysi  turlarini  ajratib  ko‘rsatgan?
3. Odamning biosferaga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi nimalarda namoyon bo‘ladi?
4.  Odamning biosferaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi nimalarda namoyon bo‘ladi?
5. Antropogen ifloslanishning asosiy manbalarini keltiring.
6. Atrof-muhitning kimyoviy ifloslanishi nima?
7. Atrof-muhitning fizikaviy ifloslanishi mohiyatini izohlang.
8. Atrof-muhitning biologik ifloslanishi nima?
9. Atrof-muhitning mahalliy, mintaqaviy va umumiy ifloslanishiga oid mi-
sollar  keltiring.
13-bob. ATMOSFERAGA ANTROPOGEN TA’SIRLAR
Odamning atmosferaga ta’sir ko‘rsatishi masalasi dunyo eko-
loglari va keng jamoatchiligining diqqat markaziga aylangan.
Zero, hozirgi kunda ro‘y berayotgan sayyoraviy ekologik muam-
molar  —  «parnik  effekti»  (bug‘li  gazlar  samarasi),  ozon  qatla-
mining  buzilishi,  kislotali  yomg‘irlarning  yog‘ishi  kabilar  aynan
atmosferaning antropogen ifloslanishi bilan bog‘liqdir.
Atmosfera  havosini  muhofaza  qilish  —  atrofdagi  tabiiy  mu-
hitni sog‘lomlashtirishning bosh omillaridan biri. U biosferaning
boshqa  tarkibiy  qismlari  ichida  alohida  o‘rin  tutadi.  Atmosfera
havosining tirik organizmlar hayotida tutgan o‘rnini baholash juda
qiyin. Odam ovqatsiz besh hafta, suvsiz besh kun yashashi mum-
kin bo‘lsa, havosiz besh daqiqa yashay oladi, xolos.
Atmosfera havosining ifloslanishi deyil-
ganda havo tarkibi, xossalarining odam va
hayvonlar sog‘lig‘iga, o‘simliklar va ekoti-
zimlar holatiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan
darajada  o‘zgarishi  tushuniladi.  Boshqacha  aytganda,  atmosfera
ifloslanishi  havo  tarkibi  va  xossalaridagi  noqulay  o‘zgarishlardir.
Atmosfera havosi tabiiy va antropogen (texnogen) ifloslanishi mumkin.
?
NAZORAT SAVOLLARI
Atmosfera havosining
ifloslanishi


109
Atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi vulqonlar faoliyati, tog‘
jinslarining  yemirilishi,  shamol  eroziyasi,  o‘simliklarning  yalpi
gullashi, yong‘in tutunlari va boshqalar ta’sirida yuz beradi.
O‘zbekistonda  Qizilqum  sahrosi,  Orol  dengizining  qurigan
qismi  (Orolqum)  kabi  atmosferaga  chiqishi  mumkin  bo‘lgan
aerozollar  (qattiq  zarralar)ning  yirik  tabiiy  makonlari  mavjud.
Uchib yuruvchi bu aerozollarning asosiy tarkibini tuproq va mi-
neral zarrachalar tashkil etadi.
Orol  dengizining  qurigan  qismidan  shamol  ta’sirida  yiliga
o‘rta  hisobda  40—45  million  tonna  tuzli  qum  atmosferaga
ko‘tariladi. Shamol ta’sirida qum-tuzlarning ko‘chishi hozirgi Orol
dengizi  qirg‘og‘idan  o‘rtacha  100  kilometr  uzoqlikda  bo‘lgan
hududlarda  sodir  bo‘ladi.  Ayrim  manbalarga  ko‘ra,  chang-tuz
ko‘chishining  doirasi  sohilbo‘yidan  300  km  oraliqda  kuzatiladi.
Orolbo‘yidan ko‘tariladigan chang-to‘zonlar tarkibida sulfat tuzlari
25—48 % ni, xlorid tuzlari 18—30 % ni, karbonat tuzlari 10—
20 % ni tashkil etadi.
Atmosfera  havosining  antropogen  (texnogen)  ifloslanishi  odam
faoliyati jarayonida turli xil ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi
bilan bog‘liq bo‘ladi. Mazkur ifloslanish o‘z miqyoslariga ko‘ra,
tabiiy ifloslanishdan ancha ustun turadi.
Atmosfera havosining ifloslanishi tarqalish miqyoslariga ko‘ra
mahalliy, mintaqaviy va umumiy bo‘lishi mumkin. Mahalliy if-
loslanish uncha katta bo‘lmagan hududlar (shahar, sanoat mar-
kazi,  qishloq  xo‘jaligi  hududlari)  havosida  ifloslovchi  moddalar
miqdorining  ortishi  bilan  tavsiflanadi.  Mintaqaviy  ifloslanishda
salbiy ta’sir doirasiga birmuncha katta hududlar (masalan, Far-
g‘ona  vodiysi)  atmosferasi  tortiladi,  umumiy  ifloslanish  esa  yer
atmosferasi havosining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi.
Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar agregat holatiga
ko‘ra quyidagicha tavsiflanadi:
1) gazsimon moddalar (oltingugurt dioksidi, azot oksidi, ug-
lerod oksidi, uglevodorodlar va h.k.);
2)  suyuq  moddalar  (kislotalar,  ishqorlar,  turli  tuzlar  erit-
malari va h.k.);


110
3) qattiq moddalar (kanserogen moddalar, qo‘rg‘oshin va uning
birikmalari, organik va noorganik changlar, qurum, yelim va h.k.).
Atmosfera  havosini  ifloslantiruvchi  asosiy  moddalarga  qu-
yidagilar  kiradi:
a) odamning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq holda —
oltingugurt  dioksidi  (SO

),  azot  oksidi  (NO
2
),  uglerod  oksidi
(CO), qattiq zarrachalar va h.k.;
b)  shaharlar  havosi  bilan  bog‘liq  holda  formaldegid,  ftorli
vodorod, qo‘rg‘oshin birikmasi, ammiak, fenol, benzol, uglerod
sulfid va h.k.;
d)  zaharli  moddalar  bilan  bog‘liq  holda  qo‘rg‘oshin,  simob,
kadmiy  hamda  avtomobillar  va  eritish  sexlaridan  chiqariladigan
boshqa og‘ir metallar, uglevodorodlar (C

H
2
), aldegidlar, zaharli
uchuvchan  eritmalar  (benzin,  spirt,  efir),  radioaktiv  moddalar
(radionuklidlar) va h.k.
Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manba-
larga quyidagi tarmoqlar kiradi: issiqlik ener-
getikasi  (issiqlik  va  atom  elektr  stansiyalari,
sanoat va shahar bug‘ qozonlari), qora va rangli
metallurgiya,  neft  qazib  chiqarish  va  neft
kimyosi,  avtotransport  va  qurilish  materiallari  ishlab  chiqarish
korxonalari.
Issiqlik elektr stansiyalari, sanoat va shahar bug‘ qozonlaridan
qattiq yoki suyuq yoqilg‘ining to‘liq yonish jarayonida — uglerod
oksidi,  suv  bug‘lari  hamda  yarim  yonish  jarayonida  —  oltingu-
gurt, azot va uglerod oksidlari, uglevodorodlar  atmosferaga tutun
bilan chiqariladi.
Hisob-kitoblarga  ko‘ra,  5000  t  ko‘mir  yoqilganda  atmosfera
havosiga taxminan 170 t SO
2
  va SO
3
, 30—35 t qattiq zarrachalar
(chang, qurum) va 50 t NO
2
 chiqariladi. Suyuq yoqilg‘i (mazut)
ishlatilganda birmuncha kam, gaz yoqilg‘isi ishlatilganda esa ko‘-
mirga  nisbatan  5  marta,  mazutga  nisbatan  3  marta  kam  zararli
moddalar  chiqariladi.
Qora metallurgiya korxonalarida 1 t po‘lat quyishda atmo-
sferaga  0,04  t  qattiq  zarrachalar,  0,03  t  oltingugurt  oksidi  va
Atmosferani
ifloslantiruvchi
asosiy manbalar


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə