Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə13/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

2-bob. Organizm va muHit O‘RTASIDAGI munosabatLAR

Яшаш муҳити ва экологик омиллар ҳақида тушунча
YAshash muhiti – organizmlar hayotining abiotik va biotik shart-sharoitlari majmui. YAshash muhitining xususiyatlari doimo o‘zga-rib turadi va har bir organizm yashab qolishi uchun bu o‘zgarishlarga moslashadi.
Er biotasi uchta asosiy yashash muhitini o‘zlashtirgan: suv muhiti, quruqlik-havo muhiti va litosfera­ning yuza qismida joylashgan tup­roq muhiti. Ba’zan tanasida parazit va simbioz organizmlar o‘rnashib olgan tirik orga­nizmlar to‘rtinchi yashash mu­hiti sifatida ajratib ko‘rsatiladi.
Barcha tirik organizmlar muhit ta’sirini ekologik omil deb ata-luvchi vositalar orqali qabul qiladi.
Ekologik omil – organizmning moslashishga munosabatini belgi-laydigan, ya’ni moslashish reaksiyasini idora qiladigan tabiiy muhit omili; yashash muhitining organizmga qandaydir ta’sir ko‘rsatuvchi xususiyatlari (masalan, mineral moddalar mavjudligi, tuproq namli-gi, tuproq harorati va sh.k.); muhitning organizmga ta’sir ko‘rsatuvchi aniq shartlari (talabi). Har qanday organizm muhit shartlarini ba-jarishi, uning talabiga moslashishi shart, aks holda, ya’ni moslashish chegarasidan tashqarida uni o‘lim kutadi.
Ekologik omillar uchta asosiy guruhga: abiotik, biotik (2.1-rasm) va antropogen omillarga bo‘linadi.
Abiotik omil mikroorganizmlar, o‘simliklar va hay­vonlarning hayoti va tarqalishiga ta’sir ko‘rsatuvchi noorganik muhit omillari







majmui; atrof-muhitdagi fizik, kimyoviy va edafik (tuproq) shart-sharoitlarning tirik organizmlarga ko‘rsatadigan ta’siri.


Abiotik omillar fizik, kimyoviy va edafik omillarga bo‘linadi.
Fizik omillar – manbai fizik holat yoki hodisalar (masalan, ha-rorat, bosim, tovush va shovqinlar, tebranish, nurlanish va sh.k.) bo‘l-gan omillar. Fizik omillar, deylik, harorat, agar u juda yuqori bo‘l-sa – kuyish, juda past bo‘lsa – sovuq urish hodisasi sodir bo‘ladi. Ha-rorat boshqa omillarga ham, masalan, suvda – oqimga, quruqlikda – shamol va namlikka ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə