Ekonometrika asoslari o'quv qo'llanma



Yüklə 35,31 Mb.
səhifə16/53
tarix25.03.2023
ölçüsü35,31 Mb.
#103198
növüУчебное пособие
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53
Ekonometrika asoslari

yx =a + b1-x1+b2-x2+... + bp-xp ko'p omilli chiziqli regressiyada, л
o'zgaruvchi oldidagi parametrlar "toza" regressiya koeffitsientlar deb ataladi. Ular mos omil bir birlikka o'zgarganda, qolgan omillar o'zgarmagan holda natijaning o'rtacha o'zgarishini tavsiflaydi.
Misol. Faraz qilaylik oilada oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlarning oila a'zolarining soni va daromadiga bog'Hqligi quydagi tenglama bilan ifodalansin:
yx =0,5 +0,35 +0,73-X2,
bu yerda: v - oilalarning oziq-ovqat mahsulotlari uchun bir oylik xarajatlari, ming so'm;
xx - oilaning bitta a'zosiga to'g'ri keladigan oylik daromadi, ming so'm;
x2 - oila a'zolarining soni, kishi. Ushbu tenglamaning tahlili quydagicha mulohaza yuritishga imkon beradi: oilaning bitta a'zosiga daromad 100 ming so'mga oshsa, oila a'zolarining soni o'zgarmagan holda oziq-ovqatga xarajat o'rtacha 350 ming so'mga ortadi. Boshqacha aytganda, oilaning qo'shimcha daromadidan 35 foizi oziq-ovqatga sarflanadi. Daromad o'zgarmaganda oila a'zolarning sonini ko'payishi oziq- ovqatga xarajatni qo'shimcha 730 ming so'mga o'sishiga olib keladi.
Iste'mol masalalarini o'rganganda regressiya koeffitsientlari iste'molga moyillik limitini tavsiflovchi ko'rsatkich deb qaraladi (ya'ni qancha miqdorda iste'mol bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi).
Masalan, Ct - iste'mol funktsiyasi quydagi ko'rinishga ega bo'lsin:
Ct = a + b0 Dt +b,-Dt_x +s, u holda t davrdagi iste'mol o'sha davrdagi /), daromadga hamda undan oldingi davrdagi Dt_x daromadga bog'liq bo'ladi. Mos ravishda \ - koeffitsient /), daromadning bir birlikka o'zgarishi samarasini tavsiflaydi. Odatda b0 - koeffitsient qisqa davrdagi iste'molga bo'ladigan talabga moyillik deyiladi. Joriy va awalgi davrdagi daromadlarning o'sishini umumiy samarasi iste'molni b = b0+b1 ga ko'payishiga teng bo'ladi. Bu yerda b koeffitsient iste'molga uzoq muddatli moillik deb qaraladi. b0 va bx > 0 bo'lgani uchun ite'molga uzoq muddatli moillik
qisqa muddatligidan katta bo'ladi.
Masalan, 1905-1951 yillari iqtisodchi M. Fridman AQSh uchun quyidagi iste'mol funktsiyasini tuzgan:
C, =53 + 0,58 • Dt + 0,32 • Dt_x,
bu funktsiyada iste'molga qisqa muddatli moyillik 0,58ga teng bo'lsa, iste'molga uzoq muddatli moyillik 0,9ni tashkil etgan.
Iste'mol funktsiyasi awalgi davrlarda odatlangan iste'molga bog'liq holda ham qaralishi mumkin, ya'ni iste'molni awlgi darajasi C,, ga bog'liq holda
iste'mol funktsiyasi quyidagicha:
Ct = a+ b0-A +b, ■ + s. Bu tenglamada ham b0 parametr iste'molga qisqa muddatli moyillik limitini, ya'ni o'sha davrdagi Dt daromadning bir birlikka o'sishini iste'molga ta'sirini tavsiflaydi. Bunday holatlarda iste'molga bo'lgan uzoq muddatli moyillik limiti b0 /(l -) ifoda bilan o'lchanadi.
Agar regressiya tenglamasi quyidagicha bo'lsa,
Ct = 23,4 + 0,46 • Dt + 0,20 • Ct_x + гг,
bunda iste'molga qisqa muddatli moyillik 0,46ga teng, uzoq muddatlisi esa 0,575(0,46/0,8)ga teng.

Yüklə 35,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə