Ekonometrika asoslari o'quv qo'llanma



Yüklə 35,31 Mb.
səhifə41/53
tarix25.03.2023
ölçüsü35,31 Mb.
#103198
növüУчебное пособие
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Ekonometrika asoslari

xi = ; = (9-2.4)
2-p1 l-p2
ko'rinishni oladi.
Shunday qilib, har bir tovarga sarf-xarajat iste'molchi umumiy daromadining yarmini tashkil etadi va har bir tovarning zaruriy miqdorini topish uchun shu tovarga sarflanadigan mablag'ni uning narxiga bo'lish lozim.
9.2.3. Tovarlar bir-birining o'rnini bosishi. Kompensatsiya samaralari
/
Agar talab funktsiyasi xi = ko'rinishda bo'lsa, u holda /-nchi tovarga
nPi
talab ixtiyoriy y'-nchi tovar narxiga bog'liq emas. Umuman olganda, narxlarning kesishuvchi talab funktsiyalari tovarlarning bir-birining o'rnini bosish va bir-birini to'ldirish kabi xossalarini tavsiflaydi. Agar /-nchi tovarning narxi oshib, unga talab kamayganda y-nchi tovarga talab oshsa, bu tovarlar bir-birining o'rnini bosadi. Aksincha, agar j- nchi tovarga talab ham kamaysa, ular bir-birini to'ldiradi.
Ta'kidlash joizki, haqiqatdagi bir-birining o'rnini bosish /-nchi tovarning narxi o'sganda farovonlikning umumiy pasayishi tufayli buzilishi mumkin: iste'molda /-nchi tovar /-nchi tovarning o'rnini bosishi mumkin, lekin unga talab oshmasligi mumkin, chunki iste'molchining umumiy farovonligi pasaygan. Bu buzilishni yo'qotish uchun narxning kompensatsiyalangan o'zgarishi, ya'ni iste'molchiga farovonligining awalgi darajasini ushlab turishga imkon beruvchi daromadining oshishini taqozo qiluvchi o'zgarishi tushunchasidan foydalaniladi.
Kompensatsiya samaralarini formal ravishda tahlil qilish uchun ikkita masalani ko'rib chiqaylik.
Avval (9.2.1) - (9.2.3) masalani tovarlarning px 10, p2 = 2 narxlari va
iste'molchining 1 = 60 daromadi bilan echamiz. U holda (9.2.4) formulaga
asosan, x = ^ _ 3 x _ = 15 va и(хл, x,) = 45 bo'ladi. 1 2-10 2 2-2
Endi p2 2 pul birligidan 7 pul birligiga o'zgarsin. Kompensatsiyaning
zaruriy miqdori qanday? Iste'molchiga awalgi optimal to'plamni xarid qilish
uchun qo'shimcha (7-2)-15 = 75 pul birligi zarur. Biroq iste'molning awalgi
tarkibi yangi narxlarda optimal bo'lmaydi, chunki bu holda
60 + 75 60 + 75 ( ч г* Kx, = = 6,75, = » 9,64 va м х, x2) « 65 bo ladi.
1 2-10 2 2-7
Iste'molchining farovonligini awalgi darajasini ushlab turishi uchun unga qo'shimcha M pul birligi berilsin. U holda yangi narxlarda uning birinchi va
ikkinchi tovarga bo'lgan talabi mos ravishda v = + ^ va x = ^+ ^ ga
2-10 2 2-7
teng bo'ladi. x • л"2 maqsad funktsiyasi M) ^ teng bo'lib, bu ifoda
10-7-4
boshlang'ich u(xl, x2) = 45 qiymatga teng bo'lishi kerak. Bu yerdan M « 52,25 kelib chiqadi, bu esa 75 dan ancha kam.
9.3. Ishlab chiqarish modellari
9.3.1. Ishlab chiqarish funktsiyasi haqida tushuncha
Har qanday iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonini hamda butun xalq xo'jaligi, moddiy ishlab chiqarish sohasi, iqtisodiy hudud, ishlab chiqarish birlashmasi yoki alohida korxona bo'lishidan qat'iy nazar har qanday ishlab chiqarish birligining ishlab chiqarish texnologiyasini modellashtirish moddiy ishlab chiqarish qonuniyatlari, taqsimoti va iste'mol asosida amalga oshiriladi. Bu maqsadga erishishda ishlab chiqarish funktsiyalari muhim rol o'ynaydi.
Ishlab chiqarish funktsiyasi ishlab chiqarish faoliyati natijalarining ularni taqozo etgan ko'rsatkich-omillarga bog'Hqligining iqtisodiy-matematik ifodasidir. Iqtisodiy sharoitlarda ishlab chiqarish jarayoni natijasi ko'p sonli turli, ya'ni iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, tabiiy omillarning ta'siri bilan aniqlanadi. Bu omillarning hammasini ham ishlab chiqarish funktsiyasida hisobga olish mumkin emas, chunki omillarning ba'zilari miqdoriy jihatdan ifodalanmaydi, boshqalarining ta'siri esa amalda juda kichik. Shuning uchun ishlab chiqarish funktsiyasi o'rganilayotgan ko'rsatkichga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadigan omillarni o'z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish funktsiyasi deb erkli о' zgaruvchilari
sarflanadigan yoki foydalaniladigan resurslar (ishlab chiqarish omillari) hajmlarining qiymatlarini qabul qiladigan (o'zgaruvchilar soni n resurslar soniga teng), funktsiyaning qiymati esa ishlab chiqarish hajmlari kattaligini anglatadigan
У = f{X, a) = f(xx, ...,xn,a)
funktsiyaga aytiladi. Bu yerda a — ishlab chiqarish funktsiyasi (IChF) parametrlarining vektori.

Yüklə 35,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə