Ekonometrika asoslari o'quv qo'llanma



Yüklə 35,31 Mb.
səhifə42/53
tarix25.03.2023
ölçüsü35,31 Mb.
#103198
növüУчебное пособие
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
Ekonometrika asoslari

9.3-misol. f IChFni f (x, a, b) = axb ko'rinishda olaylik, bu yerda x — sarflanayotgan resurs (masalan, ish vaqti) miqdori, f(x, a, b) — ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi (masalan, jo'natilishga tayyor bo'lgan muzlatgichlar soni). <2>0va0 kattaliklar — / IChFning parametrlari, parametrlar vektori ikki o'lchovli (<2, b) vektor bo'ladi.
у — axb funktsiyaning xossalaridan sarflanayotgan resurs miqdori x o'sganda ishlab chiqarish hajmi у ning o'sishi, biroq bunda resursning har bir qo'shimcha birligi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi у ning tobora kamroq o'sishiga olib keladi. Ushbu holat (x miqdor o'sganda у hajmning o'sishi va у hajm o'sishining kamayishi) iqtisodiyot nazariyasining kamayuvchi samaradorlik qonuni deb ataluvchi asosiy qoidasini aks ettiradi. у = axb IChF bir faktorli ishlab
chiqarish funktsiyalari keng sinfining tipik vakili.
IChFlar turli sohalarida qo'llanilishi mumkin. «Xarajatlar - ishlab chiqarish» tamoyili ham mikro-, ham makroiqtisodiy darajada amalga oshirilishi mumkin.
Alohida korxona (firma), tarmoq, tarmoqlararo ishlab chiqarish majmuasi mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqarish sistemasi sifatida qatnashishi mumkin. Bu holda ishlab chiqarish funktsiyalari asosan tahlil va rejalashtirish masalalarini, shuningdek prognozlash masalalarini yechish uchun quriladi va ishlatiladi.
Makroiqtisodiy darajada esa ishlab chiqarish sistemasi sifatida hudud yoki butun mamlakat (aniqrog'i, hudud yoki mamlakatning xo'jalik sistemasi) qatnashadi. Bu holda ishlab chiqarish funktsiyalari uchchala ko'rinishdagi (tahlil, rejalashtirish va prognozlash) masalalarni yechish uchun quriladi va faol ishlatiladi.
Ishlab chiqarish funktsiyalari statik i dinamik ishlab chiqarish funktsiyalariga bo'linadi. Statik ishlab chiqarish funktsiyalari da vaqt o'rganilayotgan bog'lanishning asosiy tavsiflarini o'zgartiradigan omil sifatida hisobga olinmaydi. Dinamik ishlab chiqarish funktsiyalari vaqt omilini o'z ichiga oladi: ularda vaqt natijaga ta'sir qiluvchi mustaqil o'zgaruvchi sifatida qaralishi mumkin; parametrlar va ko'rsatkich-omillar vaqtning funktsiyalari sifatida qaralishi mumkin.

Yüklə 35,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə