Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Yarim o‘tkazgichli kuchlanish rostlagichlari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə15/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

2.7. Yarim o‘tkazgichli kuchlanish rostlagichlari 
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik avtomobillarga elektromagnitli kuchlanish rostlagichlarining yuqorida 

keltirilgan kamchiliklaridan ko‘p jihatidan holi bo‘lgan yarim o‘tkazgichli rostlagichlar o‘rnatilmoqda.


Ularning kontakt-tranzistorli va kontaktsiz-tranzistorli turlari mavjud. 
Kontakt-tranzistorli
rostlagichlar 
bizga
ma’lum bo‘lgan elektromagnit rostlagichlarning

takomillashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, ularga o‘rnatilgan tranzistor generatorning uyg‘otish zanjiriga


ulanadi va u rostlash elementi vazifasini bajaradi. Bu turdagi rostlagichlarda kontaktlar orasida uchqun 
hosil bo‘lishini keskin kamaytirish hisobiga ularning ishonchli ishlash muddati sezilarli darajada oshirilgan.




18


Lekin harakatlanuvchi qismlari saqlanib qolgani
uchun elektromagnit rostlagichlarga xos bo‘lgan 
kamchiliklarning
ko‘pchiligi 
bu
turdagi

rostlagichlarga ham taalluqlidir.


Generator kuchlanishini ishonchli rostlashni 
ta’minlashdagi keyingi bosqich kontaktsiz-
tranzistorli rostlagichlar ishlab chiqilishi va 
avtomobillarga keng ko‘lamda tatbiq qilinishi
bo‘ldi. Bu rostlagichlarda o‘lchov elementi 
vazifasini ham, rostlash elementi vazifasini ham
tranzistorlar 
bajarib,
ularda

kontaktlar


va

prujinaga


ehtiyoj

yo‘q.
Harakatlanuvchi 


qismlarining
yo‘qligi, 
qo‘llanilgan
yarim 

o‘tkazgichlarning


chidamlilik 

darajasining


yuqoriligi va kafolatli xizmat muddatining 
kattaligi, namlikka, chang-loyga, vibrasiyaga ta’sirchansizligi kontaktsiz-tranzistorli rostlagichlarini uzoq
vaqt davomida ishonchli ishlashini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bu turdagi rostlagichlarda generator-ning 
uyg‘otish toki qiymatini sezilarli darajada oshirish imkoniyati mavjud.
YArim o‘tkazgichli kuchlanish rostlagichlarida ishlatiladigan tranzistorlarning tavsifnomasi ma’lum 
darajada temperaturaga bog‘liqligi, ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Atrof muhitning yuqori harorati
yarim o‘tkazgichli rostlagichlarning barqaror ishlashiga putur etkazishi mumkin. Shuning uchun, yarim 
o‘tkazgichli rostlagichlarni ishlatishning chegaraviy temperaturasi elektromagnitli rostlagichlarnikiga
nisbatan kamroq bo‘ladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə