Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


Elektromagnitli kuchlanish rostlagichlarining tavsifnomasini yaxshilash



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə14/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

2.6. Elektromagnitli kuchlanish rostlagichlarining tavsifnomasini yaxshilash 
a) Rostlagich yakorchasining tebranish chastotasini orttirish uchun tezlatuvchi qarshilikli maxsus 

sxemalar ishlatiladi;


b)

Rostlagich kontaktlari orasida hosil bo‘ladigan uchqunning quvvatini kamaytirish maqsadida ikki


bosqichli rostlagichlar qo‘llaniladi
(masalan, RR-380 rusumidagi).
v) R

ostlagich ishlaganda chulg‘amning temperaturasi atrof muhit harorati va undan o‘tayotgan tok


ta’sirida +80
O
C gacha ko‘tarilishi, qarshiligi r


o

esa 25-30 % ga ortishi mumkin. Natijada rostlagich


chulg‘amidan o‘tayotgan tok qiymati kamayadi, o‘zak magnitlanishi susayadi va generatorning 
rostlanilayotgan kuchlanishi belgilangan qiymatdan oshib ketadi. Masalan,14V li generatorning kuchlanishi
belgilangan qiymatdan 3,4-3,8 V ga; 28 V li generatorniki esa - 6,8-7,6 V gacha ortishi mumkin. 
Chulg‘am haroratining ortishini, rostlagich ishiga ta’sirini kamaytirish maqsadida quyidagi
termokompensatsiya usullari ishlatiladi: 
- rostlagich chulg‘amiga ketma-ket nixrom yoki konstantandan tayyorlangan qarshilik R

tk
ulanadi. Bu 
materiallarning qarshiligi temperatura ta’sirida deyarli o‘zgarmaydi, shuning uchun rostlagich chulg‘ami
zanjiridagi umumiy qarshilikning issiqlik ta’sirida ortishi bir necha bor kamayadi. Masalan, chulg‘am 
temperaturasi +80
O
C ko‘tarilganda R

TK
ulangan chulg‘am zanjirining qarshiligi, asosan mis chulg‘amning 


qizishi hisobiga 12,5 % ga ortadi. Demak generatorning rostlanilayotgan kuchlanishi ham taxminan 12,5%
ga oshadi. Shunday qilib, termokompensatsiya qarshiligi - R


tk
hisobiga, temperatura ta’siridan generator 
kuchlanishining ortishini qisman cheklash mumkin
- rostlagich yakorchasi termobimetall plastinaga (TBP) o‘rnashtiriladi. TBP - bir-biriga kavsharlangan 
ikkita plastinadan iborat bo‘lib, plastinalarning biri issiqlikdan kengayish koeffitsienti juda kichik bo‘lgan

invar-36 dan (tarkibida 63% temir, 36% nikel va boshqa metallar bo‘lgan qotishma) va ikkinchisi issiqlikdan
kengayish koeffitsienti yuqori bo‘lgan materialdan, masalan xrom-nikelli yoki molibden-nikelli 
po‘latlardan tayyorlanadi.
TBP ning issiqlikdan kengayish koeffitsienti kichik bo‘lgan plastinasi rostlagichning o‘zagiga 
qaratib (ya’ni pastga ), kengayish koeffitsienti katta bo‘lgan plastina esa yakorchaga ( ya’ni yuqoriga )
qaratib joylashtiriladi. Rostlagich chulg‘amining harorati oshganda TBP ham qiziydi va plastina-larning 
issiqlikdan kengayish koeffitsienti har xil bo‘lganligi tufayli u rostlagichning o‘zagi tomonga egilib,
yakorchani prujinaning tortish kuchiga qarama-qarshi bo‘lgan tomonga tortadi va shuning uchun
temperatura oshganligi sababli o‘zakdagi magnit oqimi kuchsizlansa ham kontaktlar generatorning
belgilangan kuchlanish qiymatida uziladi. YA’ni, o‘zakdagi magnit maydonining susayishi yakorchani 
o‘zak tomonga egib, ular orasidagi tirqishcha

ni kamaytirish yo‘li bilan kompensatsiya qilinadi 


- magnit shunt ishlatiladi, ya’ni chulg‘am o‘zagiga temperature ta’sirida magnit qarshiligini
o‘zgartiruvchi magnit qo‘yiladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə