Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə11/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Ishchi tavsifnomasi, deb generator salt yoki har xil 
qiymatdagi yuklamalar bilan ishlaganda uning kuchlanishi U

g
ni

aylanishlar chastotasi n ga bog‘liqligiga aytiladi, ya’ni U



g

= f(n).
Generatorning ishchi tavsifnomalaridan ko‘rinib turibdiki (2.13-
rasm), yuklama tokining qiymatidan qat’iy nazar, rotorning
aylanishlar chastotasi ortishi bilan generatorning kuchlanishi o‘sib 
boradi va uning qiymati tok iste’mol-chilari uchun xavfli bo‘lgan
darajagacha ko‘tarilishi mumkin. ( Masalan, 12V li avtomobil tok
tarmog‘i uchun - 28...30 V gacha). Bundan tashqari, generator harakatni dvigatelning tirsakli validan
olganligi uchun, uning aylanishlar chastotasi juda katta chegarada o‘zgarib turadi. Shuning uchun, 
avtomobil generatori beradigan kuch-lanishni avtomatik ravishda rostlab turish zarur. Ishchi
tavsifnomalaridan generatorning unum va to‘la unum bilan ishlash nuqtalari aniqlanadi. 


Unum bilan ishlash nuqtasi  deb generator salt ishlaganda, nominal kuchlanishli tok ishlab chiqish
uchun rotorning zarur bo‘lgan aylanishlar chastotasi n


0
ga aytiladi va u I


yu

= 0 bo‘lgandagi ishchi
tavsifnoma nominal kuchlanish U


N
chizig‘ini kesib o‘tgan nuqta  bilan belgilanadi (2.13- rasm). 


To‘la unum bilan ishlash nuqtasi  deb generator nominal yuklama toki bilan ishlaganida nominal
kuchlanish ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan aylanishlar chastotasi n


N
ga aytiladi va u I


YU

= I

N
bo‘lgandagi ishchi tavsifnoma nominal kuchlanish U


N
chizig‘ini kesib o‘tgan nuqta N bilan belgilanadi 
(2.13-rasm).
Ishchi tavsifnomalarning tahlilidan yana bir muhim amaliy xulosa chiqarish mumkin - generatorning 
yuklama toki ortishi bilan nominal kuchlanish ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan aylanishlar chastotasi
ham oshib boradi. 
Unum bilan ishlash n

0
va to‘la unum bilan ishlash n


N
nuqtalari generatorning texnik holatini 
belgilovchi muhim ko‘rsatkichlar bo‘lib, generatorlarning texnik tavsifnomalarida keltiriladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə