Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə8/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Generator quyidagicha ishlaydi. Elektromagnit uyg‘otish printsipiga asoslangan o‘zgaruvchan tok
generatorlari o‘z-o‘zini uyg‘otish xususiyatiga ega emas. Bunday generatorlarni ishga tushirish uchun 
dastlabki daqiqalarda uning uyg‘otish chulg‘amiga akkumulatordan cho‘tka va mis halqalar orqali tok
beriladi. Uyg‘otish chulg‘amidan o‘tayotgan tok ta’sirida uning atrofida magnit oqimi hosil bo‘ladi . Magnit 
oqimining asosiy qismi rotor 9 ning tumshuqsimon o‘zagining birinchi bo‘lagi orqali havoli tirqishni kesib
stator 1 ning tishchalari va o‘zagiga o‘tadi, so‘ngra havoli tirqishni yana bir bor kesib, rotorning
tumshuqsimon o‘zagining qarama-qarshi qutblangan ikkinchi bo‘lagiga o‘tib, uyg‘otish chulg‘ami vtulkasi
15 orqali tutashadi. Magnit oqimining qolgan qismi o‘zakdan tashqariga taralib ketadi. 
Rotor aylanganda statorning har bir tishchasi ostidan rotorning dam musbat, dam manfiy qutb-langan
tumshuqsimon uchliklari o‘tadi, ya’ni stator 
chulg‘amlarini kesib o‘tayotgan magnit oqimi
yo‘nalishi bo‘yicha ham, qiymati bo‘yicha ham 
o‘zgarib
turadi.

Natijada,


statorning 
faza
chulg‘amlarida o‘zgaruvchan 3 fazali o‘zgaruvchan 

tok induktsiyalanadi.


Generatorning stator chulg‘amlarida hosil 
bo‘lgan o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka
aylantirish uchun uch fazali, ikki yarim davrli
ko‘prikli to‘g‘rilash sxemasi ishlatiladi. Bu sxema
yordamida 
to‘g‘rilangan
kuchlanishning 

pulsasiyasi nisbatan katta bo‘lmaydi va hozirgi


vaqtda

avtomobillarda


juda

keng
ko‘lamda


qo‘llanilayotgan elektron jihozlarni me’yorida
ishlashini ta’minlaydi. 
Zamonaviy generatoralarning ba’zi turlarida,
ularni quvvatini oshirish maqsadida, to‘g‘rilagich 
blokiga ikki dioddan tashkil topgan qo‘shimcha
yelka o‘rnatilmoqda, (2.4-rasmda punktir chiziq 
bilan ko‘rsatilgan).
To‘g‘rilagichning 
bunday
sxemasi stator chulg‘amlarning faqat «yulduz» 
usuli bilan ulangan xolda ishlatish mumkin, chunki
qo‘shimcha yelka generatorning umumiy zanjirga 
«yulduz» sxemasining nol nuqtasidan ulanadi.
To‘g‘rilagichning 
VD7,
VD8

diodlardan


tashkil topgan qo‘shimcha yelkasi generatorning 
faza kuchlanishining o‘zgarish shakli sinusoidadan
farqli

bo‘lgan
xollarda 


ishga
tushadi. 

Kuchlanishning o‘zgarish shakli qanday bo‘lishidan


qat’iy nazar uni ma’lum sinusoidalar yig‘indisi 
2
.6-rasm. BOSCH firmasining kompakt
generatori:

1-shkiv, 2,6-oldingi va ketingi qopqoqlar, 3-

ventilyatorlar, 4-stator, 5-rotor, 7-cho‘tkatutqich-

kuchlanish rostlagichi birlashtirilgan tugun, 8-

himoya qobig’i, 9-kontakt halqalar, 10-to‘g’rilagich 

bloki, 11-mahkamlash qulog’i 




13


ko‘rinishiga keltirish mumkin. Bu sinusoidalar garmonikalar deb yuritiladi. Birinchi garmonikaning
chastotasi faza kuchlanishining chastotasiga mos keladi, uchinchi garmonikaning chastotasi esa 
birinchisinikiga nisbatan uch marta yuqori bo‘ladi. Faza kuchlanishining o‘zgarish shaklini birinchi va
uchinchi garmonikalar yig‘indisi ko‘rinishidagi ifodasi 2.5 - rasmda keltirilgan.
VD7, VD8 diodlar aynan uchinchi garmonika kuchlanishini to‘g‘rilaydi va generatorning nominal
quvvatini taxminan 12…15 % ga oshirish imkonini beradi. 
Zamonaviy avtomobillarda sovitish parraklari ichki qismiga joylashtirilgan generatorlar tobora keng
joriy qilinmoqda. Ular kompakt konstruktsiyali generatorlar deb yuritiladi (2.6-rasm) va an’anaviy tuzilishga 
ega bo‘lgan generatorlardan asosan quyidagilar bilan farqlanadi:
a) ikkita sovitish parraklari generator korpusining ichiga joylashtirilib, ular rotor valining ikkala 
tomoniga o‘rnatiladi. Bu sovituvchi havo oqimini ancha kuchayishiga va generator o‘lchamlarini
o‘zgartirmagan holda quvvatini 10…12% ga oshirish imkonini beradi; 
b) kontakt halqalari, cho‘tkatutqich va cho‘tkalar, kuchlanish rostlagichi va to‘g‘rilagich bloki
generatorning ichki qopqog‘idan tashqariga joylashtiriladi va maxsus himoya qobig‘i bilan berkitiladi. Bu 
generator korpusi o‘lchamlarini, kontakt halqalar diametrini kichraytirish, podshipniklarni sovitish
sharotlarini yaxshilaydi; 
c) kompakt generator yuritmasi elastik poliklin tasma vositasida rotor valiga o‘rnatilgan ko‘p jilg‘ali va
diametri kichraytirilgan shkiv orqali amalga oshiriladi. Uzatmaning uzatish nisbati 3,5 gacha orttirilgan va bu 
dvigatel salt ishlagan hollarda ham akkumulatorlar batareyasini zaryad qilish imkoniyatini beradi .
d) ikkita sovitish parraklari generator korpusining ichiga joylashtirilib, ular rotor valining ikkala 
tomoniga o‘rnatiladi. Bu sovituvchi havo oqimini ancha kuchayishiga va generator o‘lchamlarini
o‘zgartirmagan holda quvvatini 10…12% ga oshirish imkonini beradi; 
e) kontakt halqalari, cho‘tkatutqich va cho‘tkalar, kuchlanish rostlagichi va to‘g‘rilagich bloki
generatorning ichki qopqog‘idan tashqariga joylashtiriladi va maxsus himoya qobig‘i bilan berkitiladi. Bu 
generator korpusi o‘lchamlarini, kontakt halqalar diametrini kichraytirish, podshipniklarni sovitish
sharotlarini yaxshilaydi; 
f) kompakt generator yuritmasi elastik poliklin tasma vositasida rotor valiga o‘rnatilgan ko‘p jilg‘ali va
diametri kichraytirilgan shkiv orqali amalga oshiriladi. Uzatmaning uzatish nisbati 3,5 gacha orttirilgan va bu 
dvigatel salt ishlagan hollarda ham akkumulatorlar batareyasini zaryad qilish imkoniyatini beradi .
Kontakt halqalari va cho‘tkalari bo‘lmagan kontaktsiz (cho‘tkasiz) o‘zgaruvchan tok generatorlari
boshqa turdagi generatorlardan o‘zining ishonchlilik va chidamlilik darajasining yuqoriligi bilan ajralib
turadi. Bu turkumdagi generatorlarning xizmat muddati faqat podshipniklar yeyilishi va chulg‘amlar
izolyatsiyasi eskirishi bilan cheklanadi. Kontaksiz generatorlar og‘ir sharoitda, ya’ni chang - to‘zon ko‘p
bo‘ladigan karerlarda, yo‘lsizlik sharoitida ishlaydigan avtomobillar uchun ayniqsa zarur. 
Kontaksiz generatorlarning induktorli va qisqartirilgan tumshuqsimon qutbli shakllari mavjud. Bu
turkumdagi generatorlarning umumiy tomoni shundan iboratki, ularda uyg‘otish chulg‘ami qo‘z- g‘almas 
bo‘ladi, farqi esa, uyg‘otish chulg‘ami o‘rnatilgan joy bilan bog‘liq. Masalan, induktorli generatorlarda (2.7-
rasm) uyg‘otish chulg‘ami rotorning yon tomonida, qopqoqqa mahkamlangan vtulkaga o‘rnatilgan bo‘lsa, 
qisqartirilgan tumshuqsimon qutbli generatorda (2.8-rasm), maxsus moslamalar yordamida, rotorning ikkita
yarim o‘zagining o‘rtasiga joylashtiriladi. 
2.7. rasm. Induktorli generatorning 

konstruktiv


sxemasi 

2.8-rasm. Tumshuqsimon, qisqartirilgan


qutbli generatorning konstruktiv sxemasi. 





14



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə