Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Avtomobil elektr jihozlarining umumiy sxemasi va aloxida funktsional



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə4/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

1.2. Avtomobil elektr jihozlarining umumiy sxemasi va aloxida funktsional 

tizimlarning vazifalari. 
Avtomobillarning elektr jihozlarini quyidagi asosiy funktsional tizimlarga bo‘lish mumkin: 

1. Elektr ta’minot tizimi; 


2. Ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish tizimi;
3. Benzinli motorlarni o‘t oldirish tizimi; 
4. Avtomobillarning axborot-diagnostika tizimlari;
5. Yoritish va yorig‘lik darakchilari tizimi; 
6. Avtomobillarning elektron boshqarish tizimlari;
7. Yordamchi elektr jihozlar; 
8. Avtomobil elektr jihozlarining sxemalari. Kommutasiya jihozlari.
Generator, starter, o‘t oldirish tizimiga taalluqli asboblar va nazorat-o‘lchov asboblarining datchiklari

bevosita dvigatelga, qolgan jihozlar esa avtomobil kuzovi va shassisining tegishli joylariga o‘rnatiladi.


Generator va akkumulatorlar batareyasi bir-biri bilan paralel ulangan. Avtomobil harakatlanayotganda 
iste’molchilar tokni generatordan, to‘xtaganda yoki dvigatelning aylanishlar chastotasi belgilangan
qiymatdan past bo‘lganda esa, akkumulatorlar batareyasidan oladi. Iste’molchilarni bir tok manbaidan 
ikkinchisiga almashlab-ulash va generator kuchlanishini belgilangan darajada ushlab turish vazifasini
kuchlanish rostlagichi bajaradi. 
Avtomobilni ishlatish jarayonida doimo ulab qo‘yiladigan (yoritish, o‘t oldirish, nazorat-o‘lchov
asboblari va hokazo) yoki qisqa, lekin tez-tez ishlatiladigan (tormozlanish yoki burilishni ko‘rsatuvchi 
yorug‘lik darakchilari) iste’molchilar tokni umumiy zanjirdan oladilar. Dvigatelni ishga tushirish vaqtida
katta tok (bir necha yuz amper) iste’mol qiladigan starter, kesimi ancha katta bo‘lgan o‘tkazgich bilan 
bevosita akkumulatorlar batareyasiga ulanadi. Qiska vaqt davomida, kam ishlatiladigan, lekin katta tok
iste’mol qiladigan va qulaylik yaratadigan ba’zi asboblar (tovush signali, sigaret tutatqich, magnitola,
soat va hokazo) istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri akkumulatorlar batareyasiga ulanadi.




9


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə