Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Mavzu 1

:

KIRISH 

Ma’ruza rejasi: 
1.1. Transport vositalarining elektr jihozlarining rivojlanish bosqichlari. 

1.2. Transport vositasi elektr jihozlarining umumiy sxemasi va aloxida funktsional tizimlarning


vazifalari. 
1.3. Elektr jihozlariga qo‘yiladigan
asosiy texnik talablar
.


Tayanch so‘z va iboralar: elektr jihozlar, harakat xavfsizligi, atrof muhit himoyasi, 


ishonchlilik, samarali ishlatish, elektr ta’minot tizimi, generator, akkumulator, rele-rostlagich

ishga tushirish tizimi, startyor, o‘t oldirish tizimi, nazorat-yolchov asboblari, yoritish tizimi, 

elektron boshqarish tizimlari, nominal kuchlanish, bir o‘tkazgichli tizim

1.1.Transport vositalarining elektr jihozlarining rivojlanish bosqichlari 

Mamlakatimiz mustaqillikga erishgan dastlabki kunlardanoq Respublikamiz rahbariyatining tashabbusi 


bilan O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatini yaratishga katta e’tibor berila boshlandi. Qisqa davr ichida
Asakada zamonaviy yengil avtomobillar, Samarqandda esa avtobus zavodlari qurib bitirilda va ishga 
tushirib yuborildi. O‘zimizda chiqarilayotgan Nexia, Matiz, Lasetti va ayniqsa Spark hamda Cobalt
avtomobillari eng zamonaviy va ancha murakkab elektr va elektron asboblar bilan jihozlangan bo‘lib, 
bo‘lajak avtomobilchi-muxandislar ularning tuzilishi va ishlashini yaxshi bilishlari zarur.
Transport vositalarining elektr va elektron jihozlari ishchi jarayonlarni avtomatlashtirish, harakat va 
ekologik xavfsizlikni oshirish, haydovchi va yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish kabi vazifalarni bajaruvchi
murakkab tizim bo‘lib, avtomobillarning samarali ishlatish darajasi ko‘p jihatdan aynan elektr jihozlarning 
ishonchliliga bog‘liqdir.
Avtomobillarda elektr energiya dastlab, benzinli ichki yonuv dvigatellarida ishchi aralashmasini o‘t 
oldirish uchun ishlatilgan. Ishchi aralashmasining yuqori kuchlanishli elektr uchquni yordamida yondirilishi,
o‘t oldirish daqiqasini nisbatan aniq belgilash, ichki yonuv dvigatellarining (IYOD) quvvati va 
tejamkorligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Shuning uchun yonilg‘ini elektr uchqun vositasida
o‘t oldirish boshqa usullarni siqib chiqardi va hozirgi kunda karbyuratorli dvigatellar uchun yagona tizim 
hisoblanadi.
Elektr energiya iste’molchilar sonining ko‘payishi, ularning quvvatini ortishi avtomobillarda elektr 
ta’minot, ishga tushirish, o‘t oldirish, yoritish tizimlarini shakllanishiga olib keldi. Avtomobillarda turli xil
nazorat-o‘lchov asboblari keng ko‘lamda ishlatila boshlandi. 
Elektr ta’minot tizimi generator, kuchlanish rostlagichi va akkumulatorlar batareyasidan iborat. Juda
uzoq muddat davomida avtomobillarda asosan o‘zgarmas tok generatorlari ishlatildi. elektron sanoatning
rivojlanishi va bu sohada erishilgan muvaffaqiyatlar avtomobillarda yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarga
ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlarini ishlatish imkonini berdi. O‘zgaruvchan tok generatorlari 
o‘zgarmas tok generatorlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, xususan ularning ishlatish
jarayonidagi ishonchlilik va chidamlilik darajasi ancha yuqori, o‘lchamlari nisbatan kichik bo‘lgan holda 
katta quvvatga ega, tannarxi ancha past va hokazo.
Avtomobil dvigatellarining ishga tushirish tizimi akkumulatorlar batareyasi, starter, kommutasiya 
jihozlari, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalardan tashkil topgan. Akkumulatorlar
batareyasi avtomobil elektr jihozlarining zarur qismlaridan biriga aylandi. Avtomobillarda dizel dvigatellari 
qo‘llanilishi ishga tushirish tizimining quvvati ancha oshirilishini talab qildi. Bu, o‘z navbatida, sig‘imi
200…240 A

soat bo‘lgan, takomillashgan, quvvati 10…15 kVt gacha bo‘lgan starterlarni zarur tok bilan 

ta’minlay oladigan akkumulator batareyalarni ishlab chiqishga olib keldi.


Hozirgi zamon avtomobil dvigatellarida siqish darajasi, aylanishlar chastotasining o‘sishi bilan birga 
tejamkorligini oshirish, chiqindi gazlar zaharliligini kamaytirish masalalariga bo‘lgan talabning kuchayishi
o‘t oldirish tizimlaridagi yuqori kuchlanish qiymatini 1,5-2 baravar oshirish zaruratini tug‘dirdi. Kontaktli o‘t 
oldirish tizimining imkoniyati cheklanganligi sababli bu muammoni hal qilish uchun o‘t oldirishning yangi
turlari ishlab chiqildi, xususan kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli, mikroprotsessorli o‘t oldirish 
tizimlari shular jumlasidandir.
Avtomobillarning yoritish tizimi bir tomondan harakat havfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan haydovchi va yo‘lovchilarga ma’lum qulaylik yaratish vazifasini ham bajaradi.




8
Avtomobil transporti vositalari sonining ortib borishi va ular harakatining tobora tig‘izlashishi, yo‘l-


transport hodisalarining keskin ko‘payishiga olib keldi. Davlat avtomobil nazorati to‘plagan ma’lumotlarga


ko‘ra bu noxush hodisalarning 60% dan ortiqrog‘i ko‘rinish yaxshi bo‘lmagan sharoitlarda (ya’ni tun, 
tuman, kuchli yomg‘ir va qor) sodir bo‘ladi. Bu, avtomobillarda gomofokal va elipssimon faralar, yoritishni
avtomatik rostlovchi tizimlar, yorug‘lik diodlariga asoslangan faralar, galogen va ksenon lampalarning joriy 
qilinishiga olib keldi. YAqin kelajakda avtomobillarning yoritish tizimida suyuq kristallar va boshqa
turdagi yangi yorug‘lik jihozlarni ishlatish mo‘ljallanmoqda. 
Avtomobil va uning asosiy qismlarining ishonchli ishlashini ta’minlashda nazorat-o‘lchov asboblari
alohida ahamiyatga ega. Nazorat-o‘lchov asboblari avtomobilning eng qimmatbaho va mas’uliyatli agregat
va qismlari ( dvigatel, generator, tormoz, yoritish-darak berish tizimlari va hokazo) holatini va me’yorida
ishlashini nazorat qilib turish imkoniyatini beradi. Avtomobillarda elektr va elektron jihozlari 
rivojlanishining keyingi bosqichlari elektron texnikaning taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u asosan
avtomobillarning harakat havsizligini yanada to‘laroq ta’minlashga, dvigateldagi ishchi jarayonlar 
samaradorligini, tormoz tizimi ishonchliligini oshirishga yo‘naltirilmoqda. Masalan, haydovchi holatini
uzluksiz kuzatib, zarurat bo‘yicha avtomatik ravishda harakat havfsizligini ta’minlovchi choralarni amalga 
oshiruvchi diagnostika asbobini yaratish borasida izchil ish olib borilmoqda.
Elektronika va mikroprosessor texnikasining qo‘llanishi dvigatel va transmissiya ishini avtomatik 
boshqarish tizimlarini ishlab chiqish imkonini berdi. Xususan, hozirgi zamon avtomobillarida o‘rnatilgan
elektron antiblokirovkali tormoz tizimi, dvigatelga yonilg‘i miqdori aniq me’yorda uzatilishini 
ta’minlovchi elektron boshqarish tizimlari shular jumlasidandir.
Shunday qilib, zamonaviy avtomobillarining elektr jihozlari, malakali xizmat ko‘rsatilishni talab 
qiluvchi, doimo rivojlanuvchi murakkab tizimga aylandi. Avtomobillar me’yorida va daromadli (rentabelli)
ishlatilishi ko‘p jihatdan elektr jihozlarning sozligiga bog‘liq. Hozirgi zamon avtomobillaridagi elektr 
jihozlarining narxi ancha baland bo‘lib, avtomobil to‘la qiymatining 25-30% ni tashkil qiladi. Elektr
jihozlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatishga ketadigan mablag‘ ham tahminan shu ko‘rsatkich 
doirasida bo‘ladi. Demak, avtomobillarning to‘g‘ri va daromadli ishlatilishini ta’minlash uchun ularning
elektr va elektron jihozlari tuzilishini, ishlash printsipini, tavsifnomalarini, ishlatilishining o‘ziga xos 
tomonlarini har tomonlama va chuqur o‘rganish juda muximdir.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə