Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


  O‘zgaruvchan tok generatorining tuzilishi va ishlash printsipi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə7/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

2.2. 

O‘zgaruvchan tok generatorining tuzilishi va ishlash printsipi

Avtomobil generatorlari tuzilishi sodda, ishlatilish jarayonidagi chidamlilik va ishonchlilik darajasi 


yuqori, gabarit o‘lchamlari, massasi, tannarxi mumkin qadar kichik va dvigatel aylanishlar chastotasi past
bo‘lgan hollarda ham akkumulatorni zaryad qilinishini ta’minlash kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. 
Uzoq vaqt davomida avtomobillarda elektr
energiyaning asosiy manbai sifatida o‘zgarmas tok 
generatorlari ishlatildi. Avtomobillardagi elektr toki
iste’molchilarining tobora ko‘payishi, katta shahar 
ko‘chalaridagi
transport 
harakati
qatnovining 
nihoyatda
tig‘izlashishi 
natijasida
avtomobil 
dvigatellarining salt ishlash vaqtini ancha ortishiga
olib keldi, va bu generatorlarning quvvatini va 
maksimal aylanishlar chastotasini oshirish ehtiyojini
tug‘dirdi. O‘zgarmas tok generatorining jiddiy 
kamchiliklari va tuzilishining o‘ziga xos tomonlari bu
masalani hal qilish imkonini bermaydi. Xususan:

o‘zgarmas tok generatorida bir fazali 

o‘zgaruvchan tok yakor chulg‘amlarida, ya’ni


generatorning aylanuvchi qismida induktsiyalanadi,
uni iste’molchilarga uzatish katta qiyinchiliklar
tug‘diradi; 

o‘zgarmas tok generatorlarida mexanik 

to‘g‘rilagich


vazifasini 
bajaruvchi
kollektor 
2.2-rasm. O‘zgaruvchan tok generatori
(soddalashtirilgan ko‘rinishi) 
2.1-rasm. Elektr ta’minot tizimining tarkibiy 

sxemasi




11


generatorning aylanishlar chastotasini va quvvatini oshirish imkoniyatini bermaydi, chunki yakorning
aylanishlar chastotasi va undagi tok qiymati oshganda, cho‘tka bilan kollektor orasida me’yoridan ortiq 
uchqun hosil bo‘ladi va ular tez yeyilib, ishdan chiqadi;

o‘zgarmas tok generatorining yuklama toki belgilangan maksimal qiymatidan oshib ketishi tufayli,

hamda akkumulatorlar batareyasini (generator ishlamay turgan holda) generator chulg‘amlari orqali


razryadlanish havfidan saqlash maqsadida kuchlanish rostlagichiga qo‘shimcha ravishda tok cheklagich va 
teskari tok relelari o‘rnatiladi. Bu rele-rostlagichlarning konstruktsiyasini murakkablashtiradi va ularning
ishonchliligini pasaytiradi. 
Elektron sanoatning rivojlanishi natijasida tannarxi arzon, o‘lchamlari kichik, yuqori haroratlarga
chidamli va ishonchliligi baland bo‘lgan, kremniy yarim o‘tkazgichlar asosida yasalgan to‘g‘rilagichlarning 
paydo bo‘lishi, o‘zgarmas tok generatorlariga xos bo‘lgan kamchiliklardan holi bo‘lgan o‘zgaruvchan tok
generatorlarini avtomobillarda keng ko‘lamda ishlatish imkonini 
berdi.
O‘zgaruvchan tok generatorlarining tuzilishi o‘zgarmas
tok generatorlariga nisbatan sodda, quvvati bir xil bo‘lgan
holda, gabarit o‘lchamlari va massasi 2-3 marta kichik
chidamlilik va ishonchlilik darajasi ancha yuqori. Ularda
qimmatbaho rangli metall bo‘lgan mis o‘zgarmas tok 
generatoriga nisbatan ~ 3 baravar kam ishlatiladi.
O‘zgaruvchan tok generatorlarida kollektor yo‘q, murakkab
yakor chulg‘ami o‘rniga o‘ralishi oson bo‘lgan stator
chulg‘amlari ishlatiladi. Uyg‘otish chulg‘ami ham yaxlit bitta 
g‘altakdan iborat. O‘zgarmas tok generatorlarining solishtirma
quvvati (ya’ni 1 kg massasiga to‘g‘ri keladigan quvvat) 45 Vt/kg 
dan oshmagan holda, o‘zgaruvchan tok generator-aridagi bu
ko‘rsatkich 150 Vt/kg dan ortib ketdi. 
O‘zgaruvchan tok generatorlarida kollektorning yo‘qligi
hisobiga uning maksimal aylanishlar chastotasini 12000-15000 
min
-1

ga yetkazish, dvigatel bilan generator orasidagi qiyiq 


tasmali uzatmaning uzatish sonini 2,0-2,5 gacha oshirish


mumkin. Bu dvigatel salt ishlagan holda ham generatorning 
50…60 % quvvatini iste’molchilarga berish va akkumulatorni
zaryadlash imkonini beradi. 
O‘zgaruvchan tok generatorlari yuklama tok qiymatini
cheklash xususiyatiga ega bo‘lganligi va ularda to‘g‘rilagich 
sifatida yarim o‘tkazgichli diodlar ishlatilganligi sababli tok
cheklagich va teskari tok relelariga zarurat yo‘qolad. Bu 
generatorning
kuchlanishini 
rostlash
tizimini 
ancha
soddalashishiga va uning ishonchlilik darajasini ortdishiga olib 

keldi.
O‘zgaruvchan tok generatori (2.2-rasm) asosan quyidagi 


qismlardan tashkil topgan: qo‘zg‘almas stator 1, aylanuvchi
rotor 9, kontakt halqalari 13, cho‘tkalar 12, cho‘tkatutqich 14, 
to‘g‘rilagich bloki 7, parrakli shkiv 4 va qopqoqlar 3, 10.
Stator elektrotexnik po‘lat plastinalardan yig‘ilgan bo‘lib uning 
ichki yuzasida stator g‘altaklari o‘rnatish uchun mo‘ljallangan va
2.3-rasm. Uch fazali ikki yarimdavrli to‘g’rilagich sxemasi 
2.4-rasm. Замонавий генераторлар-
нинг тўғрилагич блоки 
2.5-rasm. Faza kuchlanishi U
f
ni

birinchi


U

va
uchinchi 


U
3


garmonika sinusoidalarning yi-g’indisi


shaklidagi ko‘rinishi 



12


oralig‘i bir hil bo‘lgan tishchalari mavjud. Tishchalarni soni 18, 36 yoki 72 bo‘lishi mumkin. Hozirgi
zamon generatorlarida ko‘proq 36 tishchali statorlar ishlatilmoqda. Bu tishchalarga 18 (yoki 36, 72) stator 
g‘altaklari joylashtirilib, ular uch fazaga bo‘linadi. Har bir fazaga oltita ketma-ket ulangan g‘altak kiradi.
Fazalar o‘zaro «yulduz» yoki «uchburchak» sxemasi bo‘yicha mumkin. Stator chul’amlarini «uchburchak» 
sxemasi bo‘yicha ulanganda undagi faza tokining qiymati chiziqli tokga nisbatan
3
martaga kam bo‘ladi. 

«Yulduz» sxemasida esa faza va chiziqli toklar bir-biriga teng bo‘ladi. Bu esa «uchburchak» sxemasi


bo‘yicha o‘ralgan stator chulg‘amlari uchun diametri kichikroq bo‘lgan sim ishlatish imkonini beradi. 
Shuning uchun oxirgi vaqtda generatorlarning zarur quvvatini saqlagan holda uni o‘lchamlarini ixchamroq
qilish maqsadida stator chulg‘amlarini «uchburchak» sxemasi bo‘yicha o‘rash tobora keng qullanilmoqda. 
Xuddi shu maqsadda, ba’zi generatorlarda “qo‘sh yulduz” sxemasi ham ishlatiladi.
Rotor qarama-qarshi qutbli, olti uchli tumshuqsimon po‘lat o‘zak 9 va ular orasidaga po‘lat vtulka 15 ga 
o‘ralgan uyg‘otish chulg‘ami 8 dan iborat. Uyg‘otish chulg‘amining uchlari valdan va bir-biridan
izolyatsiya qilingan mis halqalar 13 ga ulangan. Rotor vali alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangan 
qopqoqlarga o‘rnatilgan zo‘ldirli podshipniklarda aylanadi.
Kontakt halqalar tomonidagi qopqoq 10 ga plastmassadan tayyorlangan, ikkita mis-grafit cho‘tkalar 12 
joylashtirilgan, cho‘tkatutqich 14 va to‘g‘rilagich bloki 7 o‘rnatilgan. Valga shponka yordamida parrakli
shkiv 4 mahkamlangan. Generator rotori harakatni shkiv va tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli
validan oladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə