Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə5/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

1.3. Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar 
1. Nominal kuchlanish . Elektr energiya iste’molchilarining nominal kuchlanishi - 12, 24 V. Asosiy 

tok manbai – generator qurilmaisning nominal kuchlanishi 14, 28 V qiymatida belgilanadi. Avtomobil


harakatlanayotganda ishlaydigan elektr energiya iste’molchilari, kuchlanish belgilangan nominal qiymatidan 
95-125% doirasida o‘zgarganda ham o‘z ish qobiliyatlarini yo‘qotmasliklari kerak.
2. Elektr o‘tkazgichlarning ulanish sxemasi . Avtomobillarda bir o‘tkazgichli sxema joriy
qilingan, ya’ni barcha iste’molchilarga bitta o‘tkazgich ulanadi, tok manbai va iste’molchilarning ikkinchi
qutbi esa "massa"ga (avtomobil kuzoviga yoki shassisiga) ulanadi. Elektr jihozlarga taalluqli ba’zi 
asboblarini ikki o‘tkazgichli sxema bo‘yicha tayyorlashga yo‘l qo‘yiladi. 3940-57 raqamli Davlat standarti
bo‘yicha "massa"ga tok manbai va iste’molchilarning manfiy qutbi ulanadi. 
Avtomobil elektr jihozlarining nominal ko‘rsatkichlari (quvvati, tok kuchi, kuchlanishi va hokazo) ,
atrof muhitning harorati 25

10


C, nisbiy namligi 45-80%, atmosfera bosimi 870-1060 gPa bo‘lgan 


sharoitda belgilanadi.
Avtomobil elektr jihozlarining chulg‘amlari va tok o‘tkazuvchi boshqa past kuchlanishli zanjir 
elementlarining korpusga nisbatan izolyatsiyasi shikastlanmasdan 1 min davomida 50 gs chastotali 500 V
kuchlanishga bardosh berishi kerak. 
Avtomobil elektr jihozlaridagi chulg‘amlarning qizish temperaturasi atrof muhit harorati 40 -50

C va 

havo bosimi 870-1060 gPa bo‘lganda, ishlatilgan izolyatsiya materiallarning toifasiga ko‘ra, 100-135



C dan 

oshmasligi kerak.


Elektr mashinalar, o‘t oldirish tizimining taqsimlagichlari salt ishlash sharoitida kattalashtirilgan 
aylanishlar chastotasi bilan sinalganda 2 min davomida shikastlanmasdan ishlashi lozim. Starter esa bunday
sinovga 20 sekund davomida bardosh berishi zarur. 
Elektr jihozlarining ishi jarayonida vujudga keladigan radioxalaqitlar, Davlat standarti tomonidan
belgilangan qiymatlardan oshmasligi kerak. Bu talablarni qondirish uchun elektr jihozlar ekranlangan yoki 
qisman ekranlangan holda tayyorlanadi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə