Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə6/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Nazorat savollari: 

1. Elektr jihozlari avtomobillarni samarali va ishonchli ishlatishda qanday rol o‘ynaydi? 


2. Avtomobil va traktorlarning elektr jihozlari qanday funktsional tizimlarga bo‘linadi?
3. Elektronika va mikroprotsessor texnikasining rivojlanishi avtomobilning elektr jihozlari 

tarkibiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?


4. Elektr jihozlarning umumiy sxemasi qanday printsip asosida tuziladi?

5. Elektr jihozlariga Davlat standarti tomonidan qanday asosiy talablar qo‘yiladi?


Mavzu 2: AVTOMOBILLARNING GENERATOR QURILMALARI

1

Ma’ruzalar rejasi:


2.1. Elektr ta’minot tizimining tarkibiy sxemasi. 

2.2. O‘zgaruvchan tok generatorining tuzilishi va ishlash printsipi


2.3. O‘zgaruvchan tok generatorining elektr tavsifnomalari 
2.4. Avtomobil generatorlarining kuchlanishini avtomatik rostlash
2.5. Elektromagnit kuchlanish rostlagichi. 
2.6. Elektromagnitli kuchlanish rostlagichlarining tavsifnomasini yaxshilash
2.7. Yarim o‘tkazgichli kuchlanish rostlagichlari 

1.
1


Tom Denton. Automobile Electrical and Electronic Systems. Linacre House, Jordan Hill, Oxford OX2 8DP 

200 Wheeler Road, Burlington, Third edition, 2012 y., 128-148 p.





10


Mavzuga taalluqli tayanch so‘z va iboralar: o‘zgaruvchan tok generatori, rotor, stator, 

to‘g‘rilagich bloki, ventilyator, o‘yg‘otish chulg‘ami, o‘yg‘otish toki; unim va to‘la unim bilan 

ishlash nuktalari, induktorli va qisqartirilgan tumshuqsimon qutbli generatorlar, elektromagnit

kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli va integral rostlagichlari. 

2.1. Elektr ta’minot tizimining tarkibiy sxemasi.
Elektr ta’minot tizimi avtomobildagi barcha iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlash uchun 

xizmat qiladi va uning tarkibiga asosan generator, kuchlanish rostlagichi, akkumulatorlar batareyasi kiradi.


Generator avtomobildagi elektr energiyaning asosiy manbai bo‘lib, dvigatel o‘rta va katta aylanishlar 
chastotasi bilan ishlab turganda hamma iste’molchilarni elektr toki bilan ta’minlaydi va akkumulatorni
zaryad qiladi. Akkumulatorlar batareyasi yordamchi elektr energiya manbai bo‘lib, u asosan ichki yonuv 
dvigatelini ishga tushirish jarayonida starterni tok bilan ta’minlash hamda generator ishlamayotganda yoki
uning aylanishlar chastotasi me’yoridan past bo‘lgan hollarda iste’-molchilarni elektr toki bilan ta’minlash 
vazifasini bajaradi.
Generator tasmali uzatma orqali dvigatelning
tirsakli validan harakat olganligi sababli uning
aylanishlar chastotasi va demak, ishlab chiqarayotgan 
kuchlanishi juda keng doirada o‘zgarib turadi.
Generator 
kuchlanishining
belgilangan 
qiymat
darajasida avtomatik ravishda ushlab turish xizmatini 
kuchlanish rostlagichi bajaradi.
Elektr ta’minot tizimining tarkibiy sxemasi 
quyidagi ko‘rinishga ega (2.1-rasm) . Bu sxemadan
generator beradigan kuchlanish va akkumulatorlar 
batareyasidagi EYUK ning o‘zaro munosabatini, ularning toklari qay tarzda sarf bo‘lishini kuzatish mumkin:
agar U


g

> E

b
bo‘lsa, u holda I


g

= I

bz

+ I

yu
;

agar U



g

< E

b
bo‘lsa, u holda I


g

+ I

br

= I

yu
;

agar U



g

= 0 bo‘lsa, u holda I

br

= I

yu
.

Bunda


U

g
- generator kuchlanishi, 


E

b
– akkumu-latorlar batareyasining EYUK, 


I

g
- generator toki,


I

bz
-

akkumulatorlar batareyasining zaryadlanish vaqtidagi iste’mol qilgan toki,



I

br

- akkumulatorlar batareyasining 


razryadsizlanish vaqtida bergan toki,

I

yu

- iste’molchilarga sarf bo‘ladigan yuklama tok. 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə