Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlar batareyasining tuzilishi va belgilanishi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə22/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

3.2. Qo‘rg‘oshin-kislotali akkumulatorlar batareyasining tuzilishi va belgilanishi 

Har bir akkumulator bir-biridan ajratilgan va mustaxkam, kislota ta’siriga chidamli idishdagi elektrolit 


eritmasiga botirilgan turli ishorali elektrodlardan (plastinalar) tashkil topgan.
Tuzilishi bo‘yicha batareyalarning quyidagi turlari mavjud: 
- Odatdagi konstruktsiyaga ega bo‘lgan batareyalarda yaxlit qobiqga joylashtirilgan uch yoki olti
ketma-ket ulangan akkumulatorlardan tashkil topgan bo‘lib, ularning usti alohida qopqoqlar bilan yopilgan. 
elementlar aro ulagichlar esa qopqoqning ustidan o‘tgan.
- Umumiy qopqoqga ega bo‘lgan yaxlit qobiqli va elementlar aro ulagichlar qopqoq ostidan 
o‘tkazilgan batareyalar;
- «Xizmat ko‘rsatilmaydigan» batareyalar. Bu akkumulator batareyasi ham umumiy qopqoqga ega 
bo‘lib, unda suyuqlik quyish teshiklari yo‘q va ularni ishlatish jarayonida distillangan suv quyish talab
qilinmaydi.
- Mutlaqo xizmat ko‘rsatilmaydigan, zichlashtirilgan akkumulator batareyalari. Bu akkumulatorlar
«DRYFIT» texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan. Ularda elektrolit quyuqlashtirilgan holatda bo‘lib, bu 
akkumulatorlarni yuqori ishonchli va xavfsiz ishlatilishini kafolatlaydi.
Oddiy tuzilishga ega bo‘lgan batareyalar. Akkumulator batareyasi bitta ko‘p bo‘limli yaxlit
qobiqqa yig‘iladi (3.1-rasm). YAxlit qobiq 12 kislotaga chidamli, mexanik mustaxkamligi va izolyatsiya
xususiyatlari yuqori bo‘lgan materiallardan tayyorlanadi. 
YAxlit qobiq bo‘linmasiga joylashtirilgan va qopqoq bilan yopilgan plastinalar bloki nominal
kuchlanishi 2 V bo‘lgan akkumulator elementini tashkil qiladi. Akkumulator elementlar aro qo‘rg‘oshin 
ulagichlar yordamda batareyaga birlashtiriladi. Qopqoqlar alohida bo‘lgan akkumulatorlarda ulagichlar
tashqaridan, ya’ni qopqoqlarni ustidan o‘tadi. Akkumulatorlarni ketma-ket ulab batareya hosil qilish uchun 
ulagichning bir uchi musbat plastinalar yarim blokining bortiga kavsharlanadi, ikkinchi uchi esa keyingi
bo‘linmada joylashtirilgan manfiy plastina yarim blokining bortiga kavsharlanadi va xakozo. Ikkita eng 
chekkadagi akkumulatorning bornlariga qutb chiqish joylari va kavsharlanadi. Musbat va manfiy chiqish
joylarining diametri har hil qilib ishlangan bo‘lib, bu akkumulatorlarni avtomobilning tok tarmog‘iga to‘g‘ri 
ulanishini ta’minlaydi.
Ko‘p yillar davomida yaxlit qobiq yasash uchun ebonit ishlatildi. ebonit kislotaga chidamli va yaxshi 
izolyator, lekin uning zarur mexanik mustahkamligini ta’minlash uchun devorchalarining qalinligi 9...12 mm
bo‘lishi kerak. Bu batareyaning vaznini ortib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari, atrof muhitning harorati 
pasayishi bilan ebonit juda ham mo‘rt bo‘lib qoladi. Shu sababli hozirgi vaqtda yaxlit qobiqlar termoplast
(to‘ldirilgan polietilen), polipropilen va polistorol kabi materiallardan tayyorlanmoqda. Bu materiallarning 
yuqori mustahkamligi yaxlit qobiq devorchalarining qalinligini 1,5…3,5 mm gacha va batareyaning
og‘irligini esa 5 barobar kamaytirish imkoniyatini beradi. Plastmassadan tayyorlangan yaxli qobiqningyetarli 
darajada tiniqligi batareyadagi elektrolit sathini bemalol tashqaridan nazorat qilish imkonini beradi.




23

YAxlit qobiqning bir-biridan ajratilgan 
bo‘linmalarida bir blokga yig‘ilgan plastinalar
2, 3 va separatorlar 1 joylashtiriladi. Oddiy 
separatorli batareyalarda har bir bo‘linmaning
pastki qismida musbat va manfiy plastinalar 
tayanadigan to‘rtta qovurg‘a 13 o‘rnatilgan
bo‘lib,

ularning


orasida

hosil
bo‘lgan

bo‘shliqda batareyaning ishlash jarayonida
plastinalardagi 
aktiv
massadan 

uqalanib


tushadigan cho‘kma yig‘iladi va plastinalar aro
qisqa tutashuv bo‘lishidan saqlaydi.
Elektrolit sathini yoki zichligini o‘lchash 

jarayonida plastinalar hamda separatorning


yuqori

qisminiyemirilishdan


saqlash

maqsadida ular ustiga kislotaga chidamli


plastmassadan 
tayyorlangan
g‘alvirsimon 
saqlovchi to‘siq 5 o‘rnatiladi.
Ebonit yoki plastmassadan tayyorlangan 

qopqoq
7


akkumulatorlarning 

alohida
bo‘linmalarini yopadigan qilib tayyorlanadi. 


Alohida qopqoqning atrofi kislotaga chidamli
maxsus bitumli mastika bilan zichlashtiriladi. 
Har bir qopqoqning uchta doirasimon tuynugi
bo‘lib, ikkita chekkasidagi plastina yarim bloklarining qutb quloqchalarini chiqarish uchun mo‘ljallangan 
bo‘lsa o‘rtadagi rezbali tuynuk akkumulatorga elektrolit, distillangan suv quyish, elektrolit sathi va
zichligini o‘lchash uchun xizmat qiladi. Plastina yarim bloklarining qutb quloqchalarini kavsharlash va 
tegishli germetik zichligini ta’minlash maqsadida qopqoqning ikki chekkadagi tuynugiga qo‘rg‘oshin
halqalar preslanib joylashtiriladi. 
Akkumulatorlarning rezbali tiqinlari ebonitdan, polietilendan, polistirol yoki fenolitdan tayyorlanadi. 

Ish jarayonida akkumulatorlar ichida hosil bo‘ladigan gazlarni tashqariga chiqishi uchun tiqinlarda maxsus


shamollatish tuynugi qo‘yiladi. Avtomobil harakatlanganda elektrolit chayqalib shamollatish tuynugi orqali 
sachramasligi uchun tiqinning pastki qismida to‘siq o‘rnatiladi. YAngi konstruktsiyaga ega bo‘lgan
tiqinlarda to‘siq gulbarg shaklida ishlangan. Akkumulator qopqoqi bilan tiqin orasidagi zichlik rezina halqa
yoki zichlashtiruvchi quyim yordamida ta’minlanadi.
Akkumulator elementi musbat va manfiy plastinalardan yig‘ilgan. Plastinaning asosini qo‘rg‘oshin 

panjara tashkil qilib, u aktiv massadan tok uzatish (razryad), tok qabul qilish (zaryad) va aktiv massani


mexanik ushlab turish vazifasini bajaradi. Plastina panjarasi (3.2-rasm) ramka 2, vertikal qovurg‘alar 4 va 
gorizontal paychalar 6, quloqchalar 1 va ikkita
oyoqchalari 3 dan tashkil topgan. Qovurg‘alar 
diogonal 5 holatda ham bo‘lishi mumkin.
Gorizontal 
paychalar
odatda

vertikal


qovurg‘alarga nisbatan ingichkaroq bo‘lib, 
shaxmat
tartibda 
joylashtiriladi.
Ramka

qovurg‘a va paychalarga nisbatan ancha


yo‘g‘on qilib ishlanadi.
Plastina panjarasi qo‘rg‘oshindan quyish 

yo‘li bilan tayyorlanadi. Panjaraning mexanik


mustahkamligini, korroziyaga chidamliligini 
oshirish,
quyilish 
xususiyatini
yaxshilash 
maqsadida qo‘rg‘oshinga 4…6% surma va
0,1...0,2% mishyak qo‘shiladi. Masalan, 
qo‘rg‘oshinga 5 % surma qo‘shilishi plastina
panjarasining mustahkamligini ikki marta, 
uzilishga qarshiligini esa 3-4 barobar oshiradi.
To‘rsimon tortilgan panjara (3.2-rasm, e) 

o‘ram ko‘rinishidagi qo‘rg‘oshin tasmasidan


maxsus

qurilmada


tayyorlanadi. 
Bunday
3.1- rasm. Oddiy tuzilishli akkumulator batareyasi


1-separator, 2- musbat plastinalar, 3 - manfiy 

plastinalar, 4 - baretka, 5 - saqlovchi to‘siq, 6 - 

ko‘prikcha, 7 - qopqoq, 8 - elektrolit va distillangan suv 

quyish tuynugi, 9 – elementlar aro ulagich, 10 - tiqin, 

11 - qutb qulog‘i, 12 – yaxlit qobiq, 13 - tayanch 

qovurg‘asi. 
3.2.-rasm. Akkumulator plastinasining panjaralari: 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə