Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə25/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Akkumulatorlarning belgilanishi. MDX davlatlarida akkumulatorlar sobiq ittifoqda tasdiq-langan
ГОСТ 959-91 asosida ishlab chiqariladi. 2003 yil iyul oyidan Rossiyada yangi standart ГОСТ 959-2002 
kiritilib, bu me’yoriy xujjatga ko‘ra akkumulatorlar quyidagicha belgilanadi:
6СT-55AMЗ neobslujivaemaya 
- birinchi raqam (6 yoki 3) batareyada ketma-ket ulangan akkumulatorlar sonini yoki uni nominal 
kuchlanishini (12 yoki 6 V) tavsiflaydi;
- keyingi ikkita harf (СT) batareyani vazifasini tavsiflaydi (ST- avtomobil startyorni tok bilan 
ta’minlash uchun);
3.4-rasm.Akkumulatorning zaryadlan
-
ganlik darajasini ko‘rsatuvchi indikator





27


- uchinchi raqam (55) batareyaning amper-soat dagi nominal sig‘imini ko‘rsatadi;
- keyingi harf yoki raqamlar batareyani tuzilishi, unda ishlatilgan materiallar haqida qo‘shimcha 
ma’lumot beradi. Masalan: A- umumiy qopqoqli, З- elektrolit quyilgan va to‘la zaryadlangan, Э (T)- yaxlit
qobiq ebonitdan (yoki termoplastdan) tayyorlangan, M(P) - separator materiali miplast(yoki mipor), P- 
polietilendan tayyorlangan separator-konvert, «необслуживаемый» so‘zi – «xizmat ko‘rsatilmaydigan»
batareya. 
Bundan tashqari batareyaning belgisi quyidagi ma’lumotlarni ham ko‘rsatishi kerak:
-
ishlab chiqargan korxonaning tovar belgisi; 

-
«+» va «−» qutblarining belgisi


-
tayyorlangan sanasi (ikkita raqam – oy, ikkita raqam – yil); 

-
batareyaning og‘irligi (agar og‘irligi 10 kg va undan ortiq bo‘lsa); 


-
nominal sig‘imi, amper-soat da; 

-
nominal kuchlanishi, V da; 


-
sovuq aylantirish toki, A da. 

Yevropada ishlab chiqarilgan akkumulator batareyalari besh raqamli (DIN bo‘yicha) yoki to‘qqiz 


raqamli (ETN bo‘yicha) kodlar bilan belgilanadi.
DIN va eTN bo‘yicha birinchi uchta raqam batareyaning kuchlanishi va sig‘imi haqida ma’lumot 
beradi.
6 V li batareyalar uchun birinchi uchta raqam (001 dan 499 gacha) akkumulator batareyasini 20 soatlik 
razryadlanishidagi nominal sig‘imiga mos keladi. 12 V li batareyalarda esa sig‘imini aniqlash uchun birinchi
uchta raqamdan (501 dan 799 gacha) 500 sonini ayirish kerak. 
Masalan “55565” (DIN) yoki “555065042” (ETN) belgisiga ega bo‘lgan batareyaning sig‘imi 55

amper-soat ni tashkil qiladi. Agar 68032 yoki 68032100 bo‘lsa, mos ravishda batareyaning nominal sig‘imi
180 amper-soat bo‘ladi va xakozo.
DIN bo‘yicha oxirgi koddagi ikkita raqam, eTN bo‘yicha esa ikkinchi uchta raqam batareyani yasalish
varianti chiqish qisqichlarining holati, mahkamlovchi elementlar yoki qopqoq tuzilishiga oid ma’lumotlarni 
beradi.
ETN bo‘yicha to‘qqiz raqamli kod bilan belgilangan oxirgi uch raqam sovuq aylantirish tokining 0,1 
qiymatini ko‘rsatadi. Masalan, yuqorida keltirilgan to‘qqiz raqamli kodga ega bo‘lgan batareyalarda
(555 065 042, 680 032 100) sovuq aylantirish toki mos ravishda 420 A va 1000A ni tashkil qiladi. “562 103 
064” kodi bilan belgilangan batareyaning nominal sig‘imi 62 amper-soat, sovuq aylantirish toki esa 640A ni
tashkil qiladi. 
Amerika batareya ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining mahsulotlarini SAE standarti talablari asosida
belgilaydilar. Belgi batareyaning tur va o‘lchamlar guruhi va -18


0

 dagi sovuq aylantirish tokini ifodalaydi.
Masalan: A27500: 27- guruh (306x173x225mm), tok 500A



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə