Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Akkumulatorlar batareyasining asosiy nosozliklari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə33/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

3.7. Akkumulatorlar batareyasining asosiy nosozliklari 
Akkumulatorlarning xizmat muddati asosan ularning ishlatish shart-sharoitlariga, ularga ko‘rsatiladigan 

texnik tadbirlarning sifati va o‘z vaqtida o‘tkazilishiga bog‘liq bo‘ladi. Akkumulatorlar ishlatishning


belgilangan hamma qoidalariga rioya qilinganda, ular 4-5 yilgacha xizmat ko‘rsatishi mumkin. 
Akkumulatorlarning ishdan chiqishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
- plastinalarning sulfatlanib qolishi ; 
- me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razryad bo‘lishi ;
- plastinalarning emirilishi va qayishib ketishi. 


Plastinalarning sulfatlanib qolishi. YUqorida ko‘rsatilgandek, akkumulator razryad vaqtida sodir
bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar natijasida plastinalardagi aktiv massa (PbO


2
va Pb) PbSO


4
tuziga aylanadi 
va u tez eruvchan, mikroskopik kristallar ko‘rinishida bo‘ladi. Zaryadlash vaqtida esa PbSO

4
kristallari 
eriydi va elektrolit ionlari bilan reaktsiya kirishib yana PbO

2
va Pb ga aylanadi. 
3.7-rasm. Akkumulator batareyasi-
ning volt-amper
tavsifnomasi.

(I
+


= const, D

r
= 0, t

e
= +40...-40
0
C)




33


Lekin akkumulatorlarni notug‘i ishlatilishi va ularga vaqtida zarur texnik xizmat ko‘rsatilmasligi jiddiy
nosozlik - plastinalarni sulfatlanib qolishini yuzaga keltiradi. Plastinalarni sulfatlanishi deb ularning 
yuzasiga PbSO

4
tuzining yirik va juda ham erishi qiyin bo‘lgan kristallari o‘tirib qolishiga aytiladi. 
Plastinalar sulfatlanib qolishi natijasida PbSO

4
tuzining yirik erimaydigan kristallari plastinalarning 
yuzidagi mayda g‘ovak teshikchalarni qoplab oladi va elektrolitni aktiv massaning ichki qatlamlariga
o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada aktiv massaning bir qismi kimyoviy reaktsiyada ishtirok qilmaydi va 
akkumulatorning sig‘imi kamayadi. Plastinalari sulfatlanib qolgan akkumulatorni zaryadlaganda, uning
kuchlanishi va elektrolit temperaturasi notabiiy ravishda tez ortadi, elektrolit "qaynay" boshlaydi. Lekin, 
elektrolitning zichligi nisbatan kam oshadi. Plastinalari sulfatlanib qolgan akkumulatorlarning sig‘imi
kamayganligi sababli juda tez razryadlanadi. Bu ayniqsa, akkumulator katta tok bilan razryad qilinganda,
ya’ni startyor rejimida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Sulfatlangan plastinalar oqish tusga kiradi va o‘ziga xos
oq dog‘lar bilan qoplanadi. 
Plastinalarning sulfatlanishi asosiy sabablaridan biri akkumulyatorni razradlangan holda ishlatish va
saqlash hisoblanadi. Akkumulyator ma’lum muddatga razryadlangan holda saqlansa, plastinalardagi PbSO
4

elektrolitda eriy boshlaydi va bu jarayon elektrolit PbSO


4
tuziga to‘yinguncha davom etada. Shundan keyin, 


elektrolitning to‘yingan eritmasidan plastina yuzalariga PbSO
4
tuzining yirik va juda ham erishi qiyin 

bo‘lgan kristallari o‘tira boshlaydi


Sulfatlanishning yana bir sababi akkumulatordagi elektrolit sathi belgilangan me’yordan pasayib 
ketishi va plastinalar yuqori qismining ochilib qolishidir. Ochilib qolgan manfiy plastinalardagi g‘ovak
qo‘rg‘oshin havo bilan reaktsiyaga kirishib, unda qo‘rg‘oshin gidrooksidi Pb(OH)


2
hosil bo‘ladi: 


Pb + H

2

SO

4

+ 2H

2

O = Pb(OH)

2

+ H

2

SO

4

+ 2H . 
Manfiy plastinalarda hosil bo‘lgan Pb(OH)


2
, akkumulatordagi elektrolitning chayqalib sachrashi va 
aktiv massadagi kapillyarlar orqali keladigan H
2
SO

4
bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishib, plastinalarning 


ochilib qolgan qismida PbSO
4
tuzining yirik, erishi qiyin bo‘lgan kristallarini hosil qiladi, ya’ni 

plastinalarning ochilib qolgan qismi sulfatlanib qoladi:



Pb(OH)

2

+ H

2

SO

4

= PbSO

4

+ 2H

2


Akkumulatorlarni me’yoridan tashqari katta tok bilan razryad qilish (masalan, o‘rinsiz ravishda 
startyorni ko‘p ishlatish), elektrolit zichligini belgilangan qiymatdan ortiq bo‘lgan holda ishlatish ham
plastinalarni sulfatlanishga olib keladi. 
Akkumulatorlarning sulfatlanib qolgan plastinalarini ish qobiliyatini tiklash uchun qiymati -
sig‘imining 0,05 qismidan katta bo‘lmagan tok bilan, elektrolit zichligi 1,11


10

3

kg/m

3
dan yuqori 
bo‘lmagan holda, kamida 3-4 marta razryad-zaryad amalini bajarish tavsiya qilinadi. Kuchli sulfatlangan
plastinalar qayta tiklanmaydi. 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə