Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


Me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razryadlanish



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə34/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razryadlanish. Akkumulatorlarni ishlatish va uzoq saqlash
jarayonida har bir akkumulator unga tashqi iste’molchilar ulanmagan holda ham sekin-asta razryadlanib, o‘z 
sig‘imining bir qismini yo‘qotadi. Bu – akkumulator o‘z-o‘zidan razryadlanish hodisasi bo‘lib, uning
muqarrar ravishda sodir bo‘lishiga aktiv massa va elektrolit tarkibida yot aralashmalar, asosan metallar 
borligi sabab bo‘ladi. Ular plastinadagi moddalar bilan galvanik juftlar hosil qiladi va natijada
akkumulatorda o‘z-o‘zidan razryadlanish jarayoni sodir bo‘la boshlaydi. Xususan, yangi to‘la zaryadlangan 
akkumulator elektrolit temperaturasi +20...25
0
C bo‘lgan holda saqlanganda, birinchi 14 kunda tabiiy 

ravishda o‘z-o‘zidan razryadlanish hisobiga sig‘imining 10% gacha kamayishi Davlat standarti tomonidan


yo‘l qo‘yiladi va normal hol hisoblanadi. 
Agar o‘z-o‘zidan razryadlanish natijasida akkumulator sig‘imi yuqorida keltirilgan qiymatdan kamayib
ketsa, bu akkumulatorda nosozlik borligini, ya’ni me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razryadlanish jarayoni sodir 
bo‘layotganligining belgisidir.
Akkumulator me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razryadlanishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat: 
akkumulator qopqog‘i ustiga to‘kilgan elektrolit va kir, chang orqali qutb quloqlari orasidagi tutashuv;
aktiv massaning to‘kilishi natijasida hosil bo‘lgan cho‘kma orqali har xil qutbli plastinalarning o‘zaro 
tutashuvi; elektrolitning yot aralashmalar, ayniqsa metallarning va ularning turli oksidlari bilan ifloslanishi
ularnining zaryad vaqtida manfiy plastinaga o‘tirib qolib, u yerdagi g‘ovak qo‘rg‘oshin - Pb bilan ko‘p 
sonli mayda galvanik juftlar hosil qilishi va natijada "parazit" tok zanjirlarining paydo bo‘lishi.
Plastinalarning muddatidan avval yemirilishi va qayishib ketishi. To‘la zaryadlanib bo‘lgan
akkumulatorni yana uzoq vaqt davomida zaryadlash toki ostida qoldirish, plastinalarning muddatidan avval 
yemirilishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, o‘ta zaryadlash vaqtida tok, asosan, suvning
elektroliz bo‘lishiga, ya’ni vodorod bilan kislorodga parchalanishiga sarf bo‘ladi. elektroliz natijasida 
ajralib chiqayotgan kislorod musbat plastinalarning qo‘rg‘oshin panjaralarini oksidlab, uni sekin-asta PbO

2
ga aylantiradi va yemirilishga olib keladi. 



34


Plastinalarining yemirilishi yana quyidagi hollarda sodir bo‘lishi mumkin:
- zaryadlash jarayonining oxirida tok qiymatining katta bo‘lishi va elektrolitning qattiq "qaynab" 
ketishi, aktiv massaning mayda g‘ovaklaridan otilib chiqayotgan havo pufakchalari tezligining ortishi va
natijada, plastinadagi aktiv massaning yumshashi va ushalib tushib ketishi; 
- elektrolit temperaturasining me’yoridan oshib ketishi, elektrolit tarkibida azot, xlorid va sirka
kislotalarining bo‘lishi yoki kimyoviy toza bo‘lmagan sulfat kislota ishlatilishi - musbat plastina 
panjaralarining korroziyaga chalinishi;
- elektrolit tarkibidagi suvning muzlab qolishi; 
- akkumulator avtomobilda yaxshi mahkamlanmaganligi.
Akkumulatorlar batareyasini zaruratsiz ketma-ket va katta tok bilan razryad qilinganda, masalan 
startyor ulanganda plastinalar qizib qayishib ketishi mumkin. Ayniqsa bunday hodisa ko‘proq musbat qutbli
plastinalarda uchraydi. Plastinalar qayishishi natijasida separatorlarni teshib o‘tib, o‘zaro qisqa tuta-shishi 
mumkin. Bundan tashqari, plastinalar qayishishi ularni qoplab turgan aktiv massada darzlar hosil bo‘lishiga
va keyinchalik plastina panjarasidan tushib ketishiga olib keladi. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə