Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


Kuchlanish qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə36/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Kuchlanish qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash. Zaryadlashning
bu usuli avtokorxona va zaryadlash stansiyalarida kam qo‘llanadi va u, asosan, 
avtomobilda o‘rnatilgan akkumulatorni generator yordamida qo‘shimcha
zaryadlab turishda ishlatiladi. Bu usulda, akkumulatorlar o‘zgarmas tok 
manbaiga parallel ravishda ulanadi (3.9- rasm, a).
Tok manbaining kuchlanishi 12 V li akkumulatorlar batareyasi (yoki 6 elementli) uchun 14,4 V 
bo‘lishi, ya’ni har bir elementga 2,4 V to‘g‘ri kelishi kerak. Kuchlanish maxsus moslamalar (avtomobilda-
kuchlanish rostlagichi) yordamida rostlab turiladi va voltmetr orqali nazorat qilinadi. 
Zaryad zanjiridagi tokning maksimal qiymati generator quvvatiga va akkumulatorlar batareyasining
razryadlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘lib quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:


I

z

U g Eb

Rb


.
Bunda U




g
- generatorning rostlangan kuchlanishi, V; e


b
- batareyaning EYUK, V; R


b
- batareyaning 
ichki qarshiligi, Om.
Zaryadlash jarayonining boshlang‘ich davrida, generator kuchlanishi - U


g
bilan razryadlangan 
akkumulatorning EYUK e

b
orasidagi farq katta bo‘lishi hisobiga, zaryad tokining qiymati nisbatan yuqori 
qiymatlarga ega bo‘lishi (3.9-rasm, b) va (1,0-1,5) C
20

gacha yetishi mumkin. Akkumulator zaryadlana


boshlagandan so‘ng uning EYUK E


b
orta boradi, natijada zaryadlash toki keskin kamayadi va zaryadlash 
oxirida qiymati 0 ga yaqinlashadi. Tokning qiymati zaryadlash jarayonining boshlang‘ich qismida katta
bo‘lganligi sababli akkumulatorzaryad vaqtining birinchi 3-4 soatida sig‘imining 80-90% zaryadlanadi. 
Kuchlanish o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlashning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
- zaryadlash toki avtomatik ravishda kamayib borganligi sababli, uni doimo nazorat qilish va rostlab 
turish zarurati yo‘q;
- zaryadlash jarayoni oxirida tok qiymati juda kichik bo‘lganligidan, elektrolitdan gaz ajralib chiqishi 
ham juda sust sodir bo‘ladi va bu plastinalarning aktiv massasini va panjaralarini yemirilishdan saqlaydi;
- zaryadlashga har xil sig‘imga ega bo‘lgan akkumulatorlarni qo‘yish mumkin, zaryadlash tokining 
qiymati har bir akkumulatorning razryadlanganlik darajasiga ko‘ra avtomatik ravishda qaror topadi.
YUqorida keltirilgan afzalliklarga qaramasdan, akkumulatorlarni zaryadlashning bu usuli - yordamchi 
usul hisoblanadi. Chunki, uning yordamida akkumulatorlarni oxirigacha to‘la zaryadlab bo‘lmaydi. Bundan
tashqari, tok qiymatini rostlash imkoniyati bo‘lmaganligi uchun, bu usul bilan plastinalari sulfatlanib qolgan 
akkumulatorlarni tiklab bo‘lmaydi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə