Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Avtomobil motorini ishga tushirish sharoitlari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə38/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

4.2. Avtomobil motorini ishga tushirish sharoitlari 
Motorni ishonchli ravishda ishga tushirish uchun zarur bo‘ladigan starterning quvvati asosan ikki 

omilga bog‘liq: dvigatel tirsakli valining aylanishga qarshilik momenti M




va dvigatelning ishga tushirish 
aylanish chastotasi n

it
ga, ya’ni 
9550

it

q

n

M

P


.
Qarshilik momenti. Qarshilik momenti M




q
kattaligi dvigatel qismlari orasidagi ishqalanish kuchi 
(porshenlarni silindrlarda, tirsakli valni podshipniklarda) va silindrlarda havoni siqilishiga bo‘lgan qarshilik
(dizel dvigatellarida) qiymatlari bilan belgilanadi. 
Dvigatelning harakatlanuvchi qismlari orasida suyuqlikli ishqalanish bo‘lganligi va ishqalanuvchi
qismlar orasi yupqa moy qatlami bilan ajralib turganligi sababli, ishqalanish qarshiligining qiymati ko‘p 
darajada motor moyining temperaturasiga (

0

S) va uning qovushqoqligiga (

, sSt ) bog‘liq. Moy harorati 

pasayishi bilan qovushqoqligi keskin ortadi va demak, dvigatelning qarshilik momenti ham oshadi. Dvigatel


tirsakli valining aylanishlar chastotasi oshishi bilan ishqalanuvchi yuzalar orasidagi yupqa moy
qatlamlaridagi tezlik gradientining o‘sishi, silindrdagi bosimning ortishi va podshipniklarga tushayotgan
yuklamaning kuchayishi tufayli qarshilik momenti (ayniqsa past temperaturalarda) sezilarli darajada ortadi . 
Muayyan turdagi dvigatelning qarshilik momentini eksperimental va hisoblash yo‘li bilan aniqlash
mumkin. eksperimental usul uzoq vaqt va mashaqqatli mehnat, bir qator murakkab tajribalar o‘tkazilishini 
talab qiladi. Turli xil dvigatellarning qarshilik momentini aniq-lash bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘p sonli ilmiy
tajribalardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ishlab chiqish natijasida qarshilik momentini analitik 
usul bilan hisoblash uchun bir qator empirik ifodalar olinib, ular umumiy holda quyidagi ko‘rinishga ega.

y

d

x

q

n

A

k

M





. (4.1)





38


Bunda k - doimiy koeffitsient; A - ishqalanish yuzalarini ifodalovchi kattalik;

- moyning 

qovushqoqligi; n



d

- tirsakli valning aylanish chastotasi; x va y - dvigatel turiga bog‘liq bo‘lgan daraja


ko‘rsatkichlari. 
Dvigatelni ishonchli ravishda ishga tushishi uchun tirsakli valni aylantirish chastotasi ma’lum 

belgilangan eng kichik qiymatdan kam bo‘lmasligi kerak. Benzinli dvigatelni 10 s, dizel dvigatelini 15 s


davomida, ikki urinishda (urinishlar oraligidagi vaqt - 1 minut) ishga tushib ketishini ta’minlovchi aylanish 
chastotasi dvigatelning minimal ishga tushish aylanish chastotasi deb ataladi. Uning qiymati dvigatelning
silindrlar soniga, ularning joylashishiga, temperaturaga, moyning qovushqoqligiga, yonilg‘i sifatiga bog‘liq. 
Benzinli dvigatelning tirsakli vali minimal ishga tushish chastotasi bilan aylantirilganda, kiritish
quvurida zarur siyraklanish hosil qilinishi va yonilg‘i-havo aralashmasini kondensatsiya bo‘lmasdan, yetarli 
tezlik bilan yonish kamerasiga kirishi ta’minlanadi. Benzinli dvigatellar uchun ishga tushirish chastotasining
minimal qiymati 40-60 min
-1
ni tashkil qiladi. 

Dizel dvigatellarida ishga tushirish chastotasi yuqoriroq bo‘ladi, chunki silindrga purkaladigan yonilg‘i


o‘z-o‘zidan o‘t olishi uchun siqish taktining oxirida havoning temperaturasi yetarli darajada (600-700
0
S)

katta bo‘lishi zarur. Dvigatelni muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun havoni siqish jarayoni tez sodir bo‘lishi


kerak. Aks holda, havoning siqilishi natijasida ajralgan issiqlikning ko‘p qismi silindr devorlari orqali 
sovitish suyuqligiga (yoki havoga) o‘tib ketadi va siqilish takti oxirida havoning temperaturasi zarur
qiymatga erishmaydi. Bundan tashqari, ishga tushish chastotasi yonilg‘i so‘rg‘ichning (nasosning) me’yorida 
ishlashini ta’minlab, yonilg‘ini purkash uchun zarur bosim hosil qilishi kerak.
YOnilg‘i bevosita yonish kamerasiga purkalanadigan dizel dvigatellarida ishga tushish chastotasining 
minimal qiymati 100-150 min
-1

, ajratilgan yonish kamerasiga (old kamera, uyurmali kamera va hokazo) ega


bo‘lgan dizel dvigatellarida esa 150-250 min
-1
oralig‘ida qabul qilingan. 

Dvigatelni ishonchli ishga tushirish mumkin bo‘lgandagi atrof muhitning eng past harorati, ishonchli


ishga tushirishning chegaraviy temperaturasi deb ataladi. CHegaraviy temperaturaning qiymati benzinli
dvigatellar uchun moyning qovushqoqligiga qarab

20....25

0
S , dizel dvigatellari uchun esa



12....17

0
S ni

tashkil qiladi. Harorat bundan ham pasaysa, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi maxsus moslamalar
qo‘llaniladi. 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə