Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Starterlarning tuzilishi va ishlash printsipi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə39/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

4.3. Starterlarning tuzilishi va ishlash printsipi 
Avtomobil elektrostarterlarining uyg‘otish va boshqarish usulini, yuritma mexanizmining turi va atrof 

muhit ta’siridan himoya qilinganlik darajasi bo‘yicha tasniflash mumkin.


Starterlarda uyg‘otish uslubiga qarab ketma-ket va aralash uyg‘otish tizimli elektrodvigatellar 
qo‘llaniladi. Dvigatelni ishga tushirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tortish xususiyatlarining ustunligi
tufayli ketma-ket uyg‘otish tizimli elektrodvigatellar ancha keng tatbiq topgan. Starter salt ishlaganda, uning 
yakori aylanish chastotasini cheklash maqsadida, ba’zan aralash uyg‘otish tizimli elektrodvigatellar ham
ishlatiladi. Oxirgi vaqtda ba’zi starterlarda doimiy magnit yordamida uyg‘otiladigan elektrodvigatellar ham 
ishlatilmoqda. Bu elektrodvigatellarning tuzilishi sodda, uyg‘otish chulg‘ami bo‘lmaganligi tufayli
elektroenergiyani nisbatan kam iste’mol qiladi. Ammo, bu elektrodvigatellar va ichki yonuv dvigatellarning 
mexanik tavsifnomalari bir-biriga yaxshi mos tushmaydi. Shu sababli, doimiy magnitli elektrodvigatellar
kam quvvatli starterlarda qo‘llaniladi. 
Barcha turdagi starterlarning elektrodvigatellari deyarli bir xil tuzilgan bo‘lsa, ulardagi yuritma
mexanizmlari tuzilish va ishlash bo‘yicha bir-biridan ko‘p jihatdan farq qilishi mumkin. 
YUritma mexanizmlarning turi va ishlash printsipi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- yuritma shesternasini mexanik yoki elektromexanik usulda majburiy ravishda harakatlantirish; 
- shesternani elektromexanik usulda majburiy ravishda maxovikning tishli gardishiga ilashtirish va
dvigatel ishga tushgandan keyin shesternani avtomatik ravishda ilashuvdan chiqarish; 
- shesternani inertsiya kuchi ta’sirida harakatlantirish;
- shesternani elektromagnit kuchlar ta’sirida, ya’ni elektrodvigatel yakorining harakatlanishi hisobiga 
ilashuvga kiritish.
Hamdo‘stlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarda, asosan, yuritma shesternasini 
elektromexanik usulda majburiy harakatlantirish hisobiga ilashuvga kiritish printsipida ishlaydigan
starterlar qo‘llanilgan. Bu turdagi starterlarda dvigatel ishga tushgandan keyin teskari burovchi moment 
ta’sirida yakor o‘zaklari va chulg‘amlari sochilib ketmasligi uchun erkin yurish muftasi o‘rnatiladi. erkin
yurish muftasi burovchi momentni bir tomonlama, ya’ni starter yakoridan shesterna va u orqali dvigatel 



39


maxovigiga uzatadi. Dvigatel ishga tushib, shesterna maxovik tomonidan aylantirilganda, erkin yurish
muftasi sirg‘aladi va teskari tomonga, ya’ni shesternadan yakor valiga harakatni uzatmaydi. 
Starterlarning quvvati ortishi bilan erkin yurish muftalarining ishonchlilik darajasi kamayadi. Shuning
uchun, quvvati katta bo‘lgan va asosan dizel dvigatellariga o‘rnatiladigan starterlarda shesternani ilashtirish 
majburiy, dvigatel ishga tushgandan keyin ilashishdan chiqarish avtomatik ravishda amalga oshriladigan
yuritma mexanizmlari qo‘llaniladi. 
SHesternasi inertsiya kuchlari ta’sirida ilashuvga kiradigan va undan chiqadigan yuritma mexanizmlar
tuzilishining soddaligi, o‘lchamlari kichikligi va tannarxining pastligi bilan tavsiflanadi. Ammo, bu turdagi
yuritma mexanizmlarda ilashuv jarayoni shesternani maxovikning tishli gardishiga kuchli urilish hollari
bilan bog‘liq. Shuning uchun, bu turdagi yuritma mexanizmlarning qo‘llash doirasi quvvati 1 kVt gacha 
bo‘lgan starterlar bilan cheklangan.
Elektrodvigatel qutblarining magnityuritish kuchlari ta’sirida yakorni harakatga keltirib, shesternani
ilashtirish printsipiga asoslangan starterlar, asosan, xorijiy mamlakat avtomobillarida tatbiq etilgan. Bu
yuritma mexanizmi quvvati 3-5 kVt bo‘lgan starterlarga o‘rnatiladi. Bunday yuritma mexanizmi 
o‘rnatilgan starterlarning tuzilishi ixcham, dvigatelga mahkamlash qulay bo‘ladi, ammo ularda qimmatbaho
mis nisbatan ko‘p ishlatilishi va avtomobillar qiyalikda turganda yuritma mexanizmining ishonchlilik 
darajasini pasayishi (yakorning og‘irlik kuchi ta’sirida) ularning asosiy kamchiliklari hisoblanadi.
Starterlar tuzilishini avtomobillarda ancha keng tatbiq topgan St130-A3 (Rossiya) belgili starter 
misolida ko‘rish mumkin. Starter (4.2-rasm) quyidagi detallardan tashkil topgan: qutb boshmoqlari 22 va
uyg‘otish chulg‘amining g‘altaklari 21 o‘rnatilgan qobiq 15; asosiy chulg‘am 20 va kollektor 18 
joylashtirilgan yakor 16; erkin yurish muftasi 12, shesterna 11 va bufer prujinasi 13 ni o‘z ichiga olgan
yuritma mexanizmi; elektromagnit tortish relesi; yuritma va kollektor tomonidagi qopqoqlar 9, 19; 
cho‘tkalar o‘rnatilgan cho‘tkatutqichlar.
Starter qobig‘i yaxlit tortilgan quvurdan yoki po‘lat tilimni kavsharlash yo‘li bilan tayyorlanib, 
elektrodvigatel magnit sistemasining bir qismini tashkil qilishi bilan birga starter qopqoqlari
4.2-rasm. Ст130-A3 (Rossiya) belgili starter: 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə