Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə42/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

1 - vkladish; 2-shesterna; 3-segment; 4-yo‘naltiruv-

chi shtift; 5,15-qulflovchi halqalar; 6-yetaklanuvchi 

xrapovik; 7-konusli vtulka; 8-yetaklovchi xrapovik; 

9,13-shaybalar; 10 - prujina; 11 - mufta qobig‘i; 12 

-shlisli yo‘naltiruvchi vtulka; 14 - rezinali yum-

shatish halqasi. 



43


maxovik gardishi tishlari orasidagi botiqlikka to‘g‘ri kelmasdan qadalib qolsa, yuritma pishangining ta’sirida
prujina 10 siqiladi va yetakchi xrapovik 8 vtulka 12 ning ko‘p kirimli tasmasimon tashqi rezbasi bo‘ylab 
harakatni davom ettirib, tishlari bilan yetaklanuvchi xrapovikni va u bilan birga ishlangan shesternani
ilashish uchun zarur bo‘lgan burchakka (30
0
gacha) buradi. Dvigatel ishga tushgandan so‘ng shesterna va 

yetaklanuvchi xrapovikning aylanish chastotasi yakor vali va yo‘naltiruvchi vtulkanikidan ancha yuqori


bo‘ladi. Shuning uchun, yetakchi xrapovik 8 vtulka 12 ning ko‘p kirimli rezbasi bo‘ylab harakatlanib
yetaklanuvchi xrapovikdan ajraladi va yuritma shesternasi salt holda aylana boshlaydi. Konusli vtulka 7
yetakchi xrapovik bilan birgalikda surilib, shtiftlar 4 vositasida tez aylanayotgan yetaklanuvchi xrapovik 
bilan bog‘langan tekstolit segmentlar 3 ni bo‘shatadi. Natijada, markazdan qochma kuch ta’sirida segmentlar
shtiftlar bo‘ylab radial yo‘nalishda harakatlanib, ikkala yarim muftani ajralgan holda qotirib qo‘yadi va 
xrapovik tishlarini shikastlanishdan va yeyilishdan saqlaydi. Starter tor-tish relesining zanjiri uzilgandan
keyingina yuritma shesternasi maxovikning tishli gardishi bilan ilashuvdan chiqadi. Bunda yetakchi xrapovik 
8 prujina 10 ning ta’sirida yetaklanuvchi xrapovik 6 ga taqaladi va konusli vtulka 7 segmentlar 3 ni
dastlabki holatiga qaytaradi. 
Yuqori darajadagi mustahkamligi, ta’mirlashga yaroqliligi va o‘lchamlari kichik bo‘lgan holda, katta
aylantiruvchi momentlarning uzatish imkoniyati borligi, xrapovikli muftalarning rolikli muftalarga nisbatan 
asosiy afzalliklari hisoblanadi.
Hozirgi zamon avtomobillari starterlarining deyarli hammasida shesternani majburiy ravishda 
elektromagnit usulda ilashtirish va ilashuvdan chiqarishni boshqarish uchun uzoqdan turib boshqariladigan
tortish relesi o‘rnatilgan. elektromagnit tortish relelari bir-biridan tuzilishi va starterga mahkamlanish usuli 
bilan farqlanadi. Starterlarning ko‘pchiligi yuritma tomonga joylashtirilgan qopqoqdagi maxsus joyga
o‘rnatilgan ikki chulg‘amli tortish relesiga ega. 
Starterning ikki chulg‘amli relesi jez vtulkaga joylashtirilgan tortuvchi va ushlab turuvchi
chulg‘amlarga ega. Vtulkaning ichki yuzi bo‘ylab po‘lat yakor erkin harakat qiladi. Ushlab turuvchi 
chulg‘am faqat yakorni tortilgan holda saqlab turish vazifasini bajaradi. U kesim yuzi kichik bo‘lgan sim
bilan o‘raladi, nisbatan uzoq vaqt davomida ishlaydi va ko‘proq qiziydi. Tortuvchi chulg‘am relening asosiy 
kontaktlariga parallel ulanadi. Rele tok manbaiga ulanganda tortuvchi va ushlab turuvchi chulg‘amlar
birgalikda zarur tortish kuchini hosil qiladi. Relening asosiy kontaktlari ulanishi bilan tortish chulg‘amining 
zanjiri uziladi. Tortish relesi pishang vositasida yuritma mexanizmi bilan bog‘langan. Pishangning pastki,
ikkiga ayrilgan barmoqlari yetaklash muftasiga mahkamlangan. Quvvati uncha katta bo‘lmagan starterlarda 
bir chulg‘amli tortish relesi ham ishlatilishi mumkin [masalan, Ct221(Rossiya)].

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə