Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


Ichki reduktorli va doimiy magnitlardan uyg‘atiladigan starterlar



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə43/92
tarix19.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#150364
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transp-hozir.org

Ichki reduktorli va doimiy magnitlardan uyg‘atiladigan starterlar. Ichki yonuv dvigateli va ishga
tushirish sistemasining tavsifnomalarini bir-biriga ratsional moslashtirishda yuritmaning starterdan 
dvigatelga bo‘lgan uzatish soni i katta ahamiyatga ega. Har bir dvigatel va uni ishga tushirish sharoitlari
uchun yuritmaning, elektrostarter quvvatini eng to‘la ishlatilishini ta’minlaydigan uzatish sonlari mavjud. 
Ammo, reduktorsiz yuritma mexanizmlarida, shesternaning mexanik mustahkamlik shartlariga ko‘ra i
ning qiymati 16 dan katta bo‘lmaydi. 
Ikkinchi tomondan, i ning ortishi starter elektrodvigatelining o‘lchamlari va massasini kamaytirish
imkonini beradi. Oxirgi yillarda elektrostarterlarning o‘lchamlari va massasini kamaytirish maqsadida 
elektrodvigatel chulg‘amlarini yengil alyuminiydan tayyorlash, issiqqa chidamli yuqori sifatli izolyatsiya
materiallar ishlatilishi bilan birga, ichki qismiga reduktor o‘rnatilgan o‘lchamlari kichik, aylanish chastotasi 
yuqori bo‘lgan starterlar tobora keng qo‘llanilmoqda.
Reduktorli starterlarda yakor vali bilan starterning chiqish vali orasiga aylanish chastotasini 3-4 marta
pasaytiradigan reduktor o‘rnatilgan. Bunda elektrodvigatelning salt ishlagandagi aylanishlar chastotasi
15000-20000 min
-1
gacha orttiriladi, yakor validagi aylantiruvchi moment qiymati esa sezilarli darajada 

pasayadi.


Tuzilish jihatidan reduktorlar oddiy qatorli ichki (4.6-rasm) va tashqi ilashgan yoki planetar 
mexanizmli bo‘lishi mumkin. Ayniqsa bu maqsadlarda Jems nomi bilan yuritiladigan planetar reduktorlarni
(4.7-rasm) ishlatish maqsadga muvofiq. Bu reduktorlar kuchlanishning simmetrik uzatilishi, ixchamligi va 
foydali ish koeffitsienti (FIK) yuqorililigi bilan ajralib turadi.
Reduktorli starterlar bir qator afzalliklarga ega, xususan, ularning o‘lchamlari va massasi kichik
elektrodvigatellaridagi aylantiruvchi momentining pasayishi hisobiga dvigatelni ishga tushirish jarayonida
akkumulatorlar batareyasiga tushadigan yuklama qiymati ancha kamayadi, past temperaturalarda
dvigatellarning ishonchli ishga tushirish imkoniyati ortadi. Shu bilan birga reduktorli starterlar
kamchiliklardan ham holi emas va ularning eng asosiylari quyidagilar: erkin yurish muftalariga tushadigan 
yuklama ortadi va ularning ishonchli ishlash darajasi pasayadi; reduktor tufayli va elektrodvigatel
yakorining aylanish chastotasi yuqorililigi sababli starter ortiqcha shovqin bilan ishlaydi; yakor aylanish 



44


chastotasining yuqorililigi cho‘tka va kollektorlarning ishlash sharoitini og‘irlashtiradi va ularni eyilishini
tezlashtiradi. 
Reduktorli starterlarning qo‘llanishi ularning ishlab chiqarish texnologiyasini sezilarli darajada
o‘zgarishiga olib keldi. Xususan, tez aylanuvchi qismlarning mexanik mustahkamligi oshirildi, yakor
chulg‘amlarini izolyatsiya qilish uchun pishiqligi yuqoriroq bo‘lgan materiallar qo‘llaniladigan,
elektrodvigatelning asosiy zanjirlaridagi qalaylash yo‘li bilan ulanadigan birikmalar payvandlanadigan, 
aylanuvchi qismlarni aniq muvozanatlashtirish amalga oshiriladigan bo‘ldi.
4.6-rasm. Ichki ilashgan reduktorli starter: 


1–old tomondagi qopqoq; 2– yuritma pishangi; 3– tortish relesining yakori; 4–tortish relesining 

chulg‘ami; 5–kontaktli lappak; 6– uyg‘otish chulg‘ami; 7– cho‘tka; 8– podshipnik; 9– kollektor;10– 

elektrodvigatel yakori; 11– reduktorning yetakchi shesternasi; 12– ichki ilashgan yetaklanuvchi tishli 

g‘ildirak; 13– erkin yurish muftasi; 14– yuritma shesternasi; 15– yuritma vali. 
4.7-rasm. Planetar reduktor va doimiy magnitli starter: 


1– yuritma shesternasi ; 2– yuritma pishangi; 3– tortish relesi; 4– kollektor; 5–cho‘tka; 6–

doimiy magnitlar; 7– yakor; 8– planetar reduktor; 9– erkin yurish muftasi



45


Oxirgi vaqtda quvvati 2 kVt dan katta bo‘lmagan starterlarda doimiy magnitlardan uyg‘otilish usuli
tobora keng tatbiq topmoqda (4.7-rasm, 6). Odatda soni oltita bo‘lgan doimiy magnitlar starter qobig‘ining 
ichki qismiga diametri bo‘ylab mahkamlanadi. Doimiy magnit koersitiv kuchi nisbatan katta bo‘lgan stronsiy
ferritidan tayyorlanadi. Koersitiv kuchi katta bo‘lgan doimiy magnitlar starter ishga tushirilayotgan 
jarayonda yuzaga keladigan “yakor reaktsiyasi” ta’sirida magnitsizlanishga chidamli bo‘ladi va o‘zining
magnit xususiyatlarini uzoq vaqt davomida barqaror saqlaydi. Mamlakatimizda chiqarilayotgan Nexia
avtomobilining starteri elektrodvigateli ham doimiy magnitlardan uyg‘otilish prisipiga asoslangan.
Bu turdagi starterlarning yangi avlodiga temir-neodim-bor qotishmasidan tayyorlangan yuqori 
energiyali doimiy magnitlar o‘rnatilmoqda. Bu magnitlar “Magnakvench” nomi bilan yuritiladi. energiyasi
22-30 kJ/m
3
bo‘lgan strontsiy ferritiga nisbatan “Magnakvench” magnitlarining energiyasi sezilarli darajada 

katta bo‘lib, 100-290 kJ/m


3
doirasida yotadi. Bu magnitlar asosida tayyorlangan starterlar juda ixcham va 

yengilligi bilan ajralib turadi. Temir-neodim-bor qotishmasining ancha qimmatligi, ochiq havoda


oksidlanishga moyilligi va temperaturaga ta’sirchanligi bu magnitlarning jiddiy kamchiligi hisoblanadi. Bu 
kamchiliklarni bartaraf qilish uchun tayyorlash jarayonida magnitga maxsus ishlov berish zarur bo‘ladi

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə